21.01.1993 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Savdo munosabatlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Belarus Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataladi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi oʻrtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari toʻgʻrisida 1991-yil 6-noyabrda imzolangan Shartnoma qoidalariga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni tenglik va oʻzaro foydalilik asosida rivojlantirishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir davlatning mustaqil tashqi iqtisodiy siyosat oʻtkazish hamda tegishli xalqaro majburiyatlarni bajarishni va eʼlon qilingan maqsadlarni roʻyobga chiqarishni taʼminlashdan iborat suveren huquqidan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi oʻrtasidagi savdo munosabatlari erkin savdo tartibida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining boj olish hududidan chiquvchi va ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning boj olish hududi uchun moʻljallanuvchi bir xil harakatga ega boʻlgan tovarlarning eksporti yoki importiga boj toʻlovlarini, soliqlar, shuningdek, har qanday yigʻimlarni joriy qilmaydilar. Tovarlarning kelishilgan nomenklaturasi boʻyicha savdo tartibiga kiritilishi mumkin boʻlgan istisnolar ushbu Bitimning ajralmas qismi boʻlgan har yilgi ikki tomonlama hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimning tarkibiy qismi boʻluvchi alohida hujjatda tovarlarning kelib chiqishini aniqlashning batafsil qoidalarini ishlab chiqishga kelishdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Bitimning kuchi amal qiladigan tovarlarni import yoki eksport qilishga nisbatan shunday vaziyatda aynan shunday ichki ishlab chiqarilgan tovarlarga yoki uchinchi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga qoʻllanilmaydigan qandaydir maxsus cheklashlarni yoki talablarni joriy qilmaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning biriga tegishli boʻlgan tovarlarni omborlarga joylash, yuklash-tushirish, saqlash, tashish, shuningdek, toʻlovlar va toʻlovlarni koʻchirishga nisbatan shunday vaziyatlarda oʻz tovarlariga yoki uchinchi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan boshqacha qoidalarni qoʻllamaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar miqdoriy cheklashlarni qoʻllash munosabati bilan paydo boʻluvchi barcha masalalarni maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal qilishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri tovarlarni qayta eksport qilishga yoʻl qoʻymaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday tovarlarni uchinchi mamlakatlarga qayta eksport qilish faqat mazkur tovarlarni ishlab chiqaruvchi mamlakat hisoblanuvchi davlat vakolatli organining yozma roziligi bilan va u belgilaydigan shartlarda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur moddaning maqsadlari uchun qayta eksport deganda ishlab chiqarilgan tovarni Ahdlashuvchi Tomonlardan birining boj olish hududidan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning uchinchi mamlakatga eksport qilish maqsadida oʻz boj olish hududidan olib chiqib ketishi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar muntazam asosda boj masalalari, shu jumladan, boj statistikasi yuzasidan toʻla hajmda axborot almashib turadilar. Ahdlashuvchi Tomonlarning tegishli vakolatli organlari bunday axborotni almashlash tartibini kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar uchinchi mamlakatlar bilan savdo-sotiqda qoʻllaniladigan boj toʻlovlari stavkalari darajalarini yaqinlashtirish choralarini koʻradilar va shu maqsadda muntazam maslahatlashuvlar oʻtkazib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar insofsizlik bilan qilingan, jumladan, quyidagilarda namoyon boʻluvchi amaliy ishni mazkur Bitim maqsadlariga mos emas deb hisoblaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, ularning Ahdlashuvchi Tomonlarning hududida raqobatga xalaqit berish yoki cheklashni yoxud uning uchun shart-sharoitni barbod etishni maqsad qilib qoʻygan birlashmalari oʻrtasida shartnomalar tuzishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yoki bir necha korxonaning oʻz ustunlik mavqeyidan foydalanib, Ahdlashuvchi Tomonlar hududining barcha yoki katta qismida raqobatni cheklab qoʻyadigan xatti-harakatlarni qilishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar tranzit erkinligi qoidasiga rioya qilish mazkur Bitim maqsadlariga erishishning muhim sharti ekanligiga hamda ularning xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi tizimiga qoʻshilishi jarayonining asosiy elementi hisoblanishiga rozidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan har bir Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning yoki uchinchi mamlakatning boj olish hududida ishlab chiqarilgan hamda boshqa Ahdlashuvchi Tomonning yoki istalgan uchinchi tomonning boj olish hududi uchun moʻljallangan tovarlarni oʻz hududi orqali toʻsiqsiz olib oʻtishni taʼminlaydi, eksportchilarga, importchilarga yoki tashuvchilarga tranzitni taʼminlash uchun barcha mavjud boʻlgan va zarur vositalar va xizmatlarni oʻz eksportchilariga, importchilariga yoki tashuvchilariga yoxud istalgan uchinchi mamlakatning eksportchilariga, importchilariga yoki tashuvchilariga aynan shu vositalar va xizmatlarni beradiganidan yomon boʻlmagan shartlarda beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transportning istalgan turidagi tranzit uchun tariflar, shu jumladan, tushirish-yuklash ishlari uchun tariflar iqtisodiy asoslangan boʻladi va Ahdlashuvchi tomonlar tovarlarni omborlarga joylash, yuklash-tushirish, saqlash va tashish xizmatlari haqini istalgan uchinchi davlatning valyutasida toʻlashni talab qilmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida ilgari tuzilgan bitimlar qoidalarini keyingi qoidalar birinchilariga qanchalik nomosligi yoki ular bilan aynanligi darajasiga qarab oʻzgartiradi. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz vakolatli organlariga mazkur masala boʻyicha tegishli protokol tayyorlashni topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimdagi hech bir narsa Ahdlashuvchi Tomonlarning uchinchi davlatlar bilan, shuningdek, ularning birlashmalari va xalqaro tashkilotlar bilan boʻlgan mazkur Bitimning maqsadlari va shartlariga zid kelmaydigan munosabatlarini amalga oshirishga monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllanishga doir bahslar muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar shunga kelishdilarki, ular oʻz savdo vakolatxonalari bilan almashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday davlat, mazkur Bitimga, qoʻshiladigan davlat bilan Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida kelishib olinadigan shartlarda, qoʻshilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Tomonlarning buning uchun zarur boʻlgan davlat ichidagi aʼmollarni bajarganliklari toʻgʻrisidagi xabarnomalarni almashishgan paytdan boshlab kuchga kiradi hamda uning muddati Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga Bitimning amal qilishini toʻxtatish maqsadi haqida yozma xabarnoma yuborgan paytdan boshlab olti oy oʻtgunga qadar har yili avtomatik ravishda uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim 1993-yil 21-yanvarda Minsk shahrida har biri oʻzbek, belarus va rus tillarida boʻlgan ikkita nusxada tuzildi, bunda uchala matn bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning biror bir moddasini talqin qilishda kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda rus tilidagi matn maʼlumot matni hisoblanadi.

(imzolar)