Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi oʻrtasida fuqarolik, oilaviy, mehnat hamda jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy munosabatlar va huquqiy yordam toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi oʻrtasida fuqarolik, oilaviy, mehnat hamda jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy munosabatlar va huquqiy yordam toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-dekabr,
358-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 57-modda)