OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 6-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2405-1]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2015-yil 6-martdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-sonli “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-sonli “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
1. Magistratura toʻgʻrisidagi nizomni (roʻyxat raqami 2405, 2012-yil 18-dekabr) qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga kiritilgan 2015-yil 22-yanvardagi 1-6/33-115/8-sonli taqdimnoma talablari bajarilmaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi 418-sonli “Magistratura toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻini (roʻyxat raqami 2405, 2012-yil 18-dekabr) davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Ibragimova) ushbu buyruqning “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 6-mart,
68-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 9-son, 109-modda)