OʻZBYeKISTON RYeSPUBLIKASI OLIY MAJLISINING
Qarori
FARGʻONA ShAHRINING ChYeGARALARINI KYeNGAYTIRISh VA TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Fargʻona viloyati hokimining Oxunboboyev tumani hududining 351,5 gektar va Fargʻona tumani hududining 28 gektardan iborat qismini Fargʻona shahri hududiga qoʻshish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi qondirilsin:
2. Fargʻona shahrining chegarasi grafik chizmasiga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Fargʻona shahri tarkibiga qoʻshilayotgan 88,5 gektar maydondan iborat qishloq xoʻjalik ahamiyatidagi erlar tegishli xoʻjaliklarining ixtiyorida qoldiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998 yil 1 may,
640-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y., 5-6-son, 121-modda)