Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
XORAZM VILOYaTIDAGI DRUJBA ShAHRINING NOMINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
«Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obʼektlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Xorazm viloyati hokimining iltimosi qondirilib, Drujba shahrining nomi Pitnak shahri deb oʻzgartirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998 yil 1 may,
639-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y., 5-6-son, 120-modda)