03.03.2015 yildagi 41-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida sportning milliy kurash turini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida sportning milliy kurash turini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni milliy kurash bilan muntazam shugʻullanishga faol jalb etish, ularning sport mahoratini oshirish hamda shu asosda mamlakatimiz terma jamoalari uchun ishonchli zaxirani shakllantirish borasida zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining 2015/2016 oʻquv yilidan boshlab Boysun tumanida sobiq 20-son umumtaʼlim maktabi negizida Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat (keyingi oʻrinlarda maktab-internat deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar maktab-internatning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurashchilarni milliy kurash sohasidagi eng yangi ilmiy-metodik tavsiyanomalar asosida tayyorlash boʻyicha oʻquv-mashq jarayonini yuqori darajada tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning nazariy tayyorgarligi va texnik-taktik koʻnikmalarini takomillashtirish, ularda sportchilarga xos professional fazilatlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni tarbiyalash, madaniy-maʼrifiy va sport-sogʻlomlashtirish faoliyatini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internat yuridik shaxs hisoblanadi, muassis — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan davlat taʼlim muassasasi sifatida tashkil etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internat qobiliyatli yosh kurashchilarni tanlab oluvchi va tayyorlovchi maktabdan tashqari taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internatning umumiy kontingenti 140 nafar 5 — 11-sinf oʻquvchilarini tashkil etadi. Maktab-internat jismoniy jihatdan tayyorlangan, sport maktablarida dastlabki tayyorgarlikdan oʻtgan, milliy kurash bilan shugʻullanishda zarur sport koʻnikmasiga ega boʻlgan, umumtaʼlim maktabining 4-sinfini tugatgan (10-11 yosh) va tanlov imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilardan toʻldiriladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internatga har yili tanlov asosida 20 nafar qobiliyatli oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internatga qabul qilingan oʻquvchilarning umumtaʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olishi yaqin atrofdagi umumtaʼlim maktabida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internat oʻquvchilarining ovqatlanishi uchun ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari oʻquvchilarining sutkalik oziq-ovqat normasi tatbiq etiladi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/410/1304-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internatning ustavi tasdiqlanishini, shuningdek uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda oʻquv-mashgʻulotlar rejasi, oʻquvchilarni maktab-internatga tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda maktab-internat oʻquvchilarining yashab turishi uchun jihozlar, sport anjomlari va jihozlari, shuningdek sport kiyim-boshi bilan taʼminlash normativlari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internat yuqori malakali mutaxassislar bilan butlanishini, zarur oʻquv-metodik adabiyotlar va oʻquv-mashgʻulot xonalari sport inventarlari bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Surxondaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda 2015-yil 1-aprelga qadar maktab-internat binosida oʻquvchilarning yashashi va ovqatlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida tegishli rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish manbalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, ota-onalar toʻlovlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar maktab-internat faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Taʼlim” sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida 2015-yilda maktab-internatning taʼminoti uchun zarur mablagʻlarni ajratsin, 2016-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ularni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 3-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 9-son, 101-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/410/1304-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son; 26.06.2024-y., 09/24/353/0448-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)