Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 271-sonli qaroriga tuzatish kiritish haqida
Plenum, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi oʻrinbosari Sh. Saidovning Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 271-sonli qaroriga tuzatish kiritish haqidagi axborotini tinglab va muhokama qilib, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47, 53-moddalariga asosan qaror qiladi:
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 271-sonli qaroriga quyidagicha tuzatish kiritilsin:
Qarorning VIII bandi 8)-kichik bandi 40.4-bandidagi “Soliq kodeksi 119-moddasining uchunchi qismi” degan soʻzlari “Soliq kodeksi 119-moddasining birinchi qismida” deb oʻqilsin.
Oliy xoʻjalik sudi rais K. KAMILOV
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi, sudya K. DAVLETOVA
Toshkent sh.,
2015-yil 11-fevral,
276-son