OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1803-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 15-yanvardagi 01-02/15-3-sonli “Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1803-2, 29.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 376-son “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 21-apreldagi 01-02/19-34-son qarori (roʻyxat raqami 1803, 2008-yil 5-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 19-son, 166-modda) bilan tasdiqlangan Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-fevral,
01-02/19-09-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 7-fevraldagi 01-02/19-09-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“BQD BYuDning shakliga muvofiq elektron yoki qogʻoz shaklida taqdim qilinadi. BQD qogʻoz shaklida taqdim qilingan taqdirda u bilan birga uning elektron nusxasi ham taqdim qilinadi.
BQDning elektron shakli (elektron nusxasi) bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.”.
2. 4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“BQDning qogʻoz shakli olti nusxada rasmiylashtiriladi. Bunda:”.
3. 11-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“BQDning elektron shaklida (elektron nusxasida) bunday havola qilinmaydi va barcha maʼlumotlar BQDning tegishli ustunlarida toʻliq koʻrsatiladi.”.
4. 20-band “muhri va imzosi” degan soʻzlardan keyin “(BQDning elektron shaklini elektron raqamli imzosi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 21-band “shaxsiy raqamli muhri” degan soʻzlardan keyin “(BQDning elektron shakli elektron raqamli imzosi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6. 22-band “shaxsiy raqamli muhri” degan soʻzlardan keyin “(BQDning elektron shakli elektron raqamli imzosi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7. 23-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“BQDning elektron shaklida (elektron nusxasida) “varaq orqasida” yozuvi koʻrsatilmaydi va barcha maʼlumotlar BQDning tegishli ustunlarida toʻliq koʻrsatiladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 7-son, 83-modda)