Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2022 13.02.2015 yildagi 26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2022
Hujjat 23.02.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq majburiyatlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasidan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qarorini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2015-yil 1-yanvardan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun, shuningdek fermer xoʻjaliklari uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foizdan 15 foizgacha pasaytirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, mikrofirmalar va kichik korxonalar, fermer xoʻjaliklari bundan mustasno, 2015-yil 1-yanvardan boshlab yagona ijtimoiy toʻlovni belgilangan stavka boʻyicha, biroq har bir xodimga eng kam oylik ish haqining 65 foizidan kam boʻlmagan miqdorda hisoblaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklari uchun yagona ijtimoiy toʻlovni belgilangan stavka boʻyicha, biroq har bir xodimga eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda hisoblash tartibi saqlanib qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 13-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 7-son, 79-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/840/2079-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)