Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 11-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1986-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 10-martdagi 28/17-sonli va Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 1-martdagi 2021-08-sonli ““Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1986-4, 03.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 20-iyundagi 18/1, 2009-20-son qarori (roʻyxat raqami 1986, 2009-yil 27-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 351-modda) bilan tasdiqlangan Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 6-fevral,
310-V-3-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 6-fevral,
2015-6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 6-fevraldagi 310-V-3, 2015-6-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 3-band “yozma” degan soʻzdan keyin “yoki elektron shaklda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 4-banddagi “Yozma murojaatlar” va “amalga oshirilishi” degan soʻzlar tegishlicha “Murojaatlar” va “yuborilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “yozma ravishda” degan soʻzlar “yozma yoki elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2015-yil 6-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 6-son, 76-modda)