OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISH, SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
Magistral neft mahsulotlari quvurlari qurishda ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 10-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2655]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Magistral neft mahsulotlari quvurlari qurishda ishlar xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 22-yanvar,
8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 22-yanvardagi 8-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Magistral neft mahsulotlari quvurlari qurishda ishlar xavfsizligi
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq magistral neft mahsulotlari quvurlarini qurishda ishlar xavfsizligi qoidalarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar magistral neft mahsulotlari quvurlarini loyihalovchi, quruvchi hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
2. Mazkur Qoidalar talablari magistral neft mahsulotlari quvurlarini loyihalash va qurishda hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
2-bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, xodimlar soni 50 nafar va undan ortiq boʻlgan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega boʻlgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʻz maqomiga koʻra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga boʻysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
10. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
11. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar Mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
13. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
14. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak.
15. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
16. Tashkilotlar oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim.
17. Lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan rezervuarlar, elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni va tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar oʻta xavfli kasblar roʻyxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar oʻta xavfli ishlar roʻyxatiga kiritilishi zarur.
18. Oʻta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
19. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.
20. Oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibda himoyalanish vositalarini qoʻllash
21. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga taʼsir qilgan taqdirda qoʻllanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi shart.
23. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratda himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
24. Xodimlar Neft va gaz ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 2132, 2010-yil 13-avgust) muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
25. Yakka tartibda himoyalanish vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi zarur:
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi;
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash va ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qoʻllaniladigan vositalar bundan mustasno.
27. Zaharli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur.
6-§. Kasbiy tanlov
28. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
29. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq zarur maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
30. Bosim ostida va boshqa oʻta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi shart.
31. Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxatiga (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud boʻlgan ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Ayollar mehnatidan foydalanish toʻliq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay boʻlgan ishlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) muvofiq, ayollar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud boʻlgan ishlarga qabul qilinmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
7-§. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish shart-sharoitlari
33. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:
ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi;
xodimning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish, unga yoʻl-yoʻriq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;
texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi;
jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi.
8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
35. Tashkilot rahbariyati tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi shart boʻlgan xodimlarning lavozim kontingentidan kelib chiqib hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi va tashkilotning kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzadi va tibbiy koʻrikni oʻtkazuvchi davolash-profilaktika muassasasiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart boʻlgan xodimlarning roʻyxatida tashkilot nomi, xodimning kasbi, u ishlayotgan sex yoki boshqa boʻlinma nomi, ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari hamda xodimning ushbu omillar taʼsiridagi ish staji koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiyot xizmati koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Tibbiy koʻrikdan oʻtishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan boʻyin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qoʻymaslikka haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Tashkilot rahbariyati oʻz xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladilar.
39. Xodimlarni sogʻligʻining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qoʻyish taqiqlanadi.
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
40. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
41. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim:
havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”ga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
Keyingi tahrirga qarang.
yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
42. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar tegishli normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
10-§. Tashkilot maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II 89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani” talablariga mos boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining koʻrinarli qismiga osib qoʻyilishi zarur.
46. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Maydonlardagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
47. Yozgi mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan boʻlishi lozim.
48. Qishki mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa tozalab turilishi zarur.
49. Yoʻlovchilar uchun moʻljallangan yoʻlaklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m boʻlib, yon tomonlari devorcha va toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
50. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
51. Tashkilotning hududi chegara boʻylab toʻsilgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
11-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
52. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga, yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
53. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda yordamchi binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
54. Muntazam ishlashga moʻljallangan xonalarning pollariga yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi, mazkur pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi zarur.
55. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
56. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan boʻlishi kerak.
57. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq boʻlishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq boʻlishi zarur.
58. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
59. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari koʻrsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.
60. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ish jarayoni halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi va u yerdagi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
61. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
62. Kirish va chiqish yoʻllari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi zarur.
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
63. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Mehnat muhofazasini standartlash tizimi. Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-2004 “Mehnat muhofazasini standartlash tizimi. Tebranish xavfsizligi. Umumiy talablar”ga muvofiq boʻlishi kerak.
64. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;
tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatish.
65. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.
13-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
66. Shamollatish va isitish tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
67. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
68. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari oʻtish yoʻlaklarining kengligiga qoʻyilgan talablarni buzmasligi zarur.
69. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 21 °C, oʻrtacha ogʻir ishda 17 °C va ogʻir ishda 16 °C dan past boʻlmasligi kerak.
70. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalardagi havo harorati 22 °C dan kam boʻlmasligi zarur.
71. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalargacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi lozim.
14-§. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimiga qoʻyiladigan talablar
Keyingi tahrirga qarang.
72. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
73. Ichimlik suvi OʻzDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq boʻlishi, uning harorati 8 °C dan 20 °C gacha boʻlishi kerak.
74. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar oʻrnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
15-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
75. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
76. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi zarur. Yorugʻlik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi kerak.
77. Yorugʻlik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan toʻsib qoʻyilmasligi lozim.
78. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
79. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarida yoritish vositalarining koʻzni qamashtirishidan saqlash choralari koʻrilgan boʻlishi kerak.
80. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi boʻlgan gaz va chang konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli mavjud boʻlsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida oʻrnatilishi kerak.
81. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
82. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi zarur.
83. Evakuvatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi kerak.
84. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
85. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
16-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
86. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.04-09 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
87. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlar, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.
88. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
89. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorongʻi paytida yoritilgan boʻlishi kerak.
17-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar
90. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
91. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
92. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan taʼminlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilardan boʻshatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
18-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
93. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
94. Ish boshlanishidan oldin, ishlarning xavfsiz bajarilishini taʼminlash maqsadida trassaning togʻli uchastkalarini koʻzdan kechirish, shuningdek qulab tushishi mumkin boʻlgan daraxtlarni, qulab tushishga xavf soluvchi yirik xarsang toshlarni va boʻrtib, ilinib turgan qoyalarni olib tashlash zarur.
95. Trassaning togʻli uchastkalarini koʻzdan kechirishdan tashqari, meteorologik stansiya maʼlumotlari asosida sel oqimlari, oʻpirilish, qulash, qor koʻchkilari, tosh uyumlari yoki toʻsatdan suv toshqinlari paydo boʻlishi mumkin boʻlgan joylar aniqlanishi kerak. Tabiiy ofatlar tahdid solganda qurilish ishlarini xavfsiz bajarish choralari koʻrilishi lozim.
96. Ishlarni bajarish vaqtida kuzatish va xabar berish xizmatini tashkil qilish kerak. Ushbu xizmat kelayotgan tabiiy ofatlar haqida oʻz vaqtida xabar berishi uchun mahalliy meteorologik stansiyalar bilan aloqa oʻrnatishi zarur.
97. Agar qurilish uchastkasiga tabiiy ofatlar tahdid solayotgan boʻlsa, ishlarni toʻxtatish hamda xodimlarni xavfsiz joyga olib chiqish lozim.
98. Quduqda yoki ishlab turgan quvur yaqinidagi transheyada ish boshlashdan oldin, ish joyida gaz yoʻqligiga ishonch hosil qilingandan soʻng xodimlarni uning ichiga tushishiga ruxsat beriladi. Gaz aniqlangan taqdirda ish joyi zudlik bilan shamollatilishi va shundan keyin qayta tekshirilishi zarur. Gaz paydo boʻlish ehtimoli bor boʻlgan joylarda ishlar uch nafar xodim bilan bajarilishi, ulardan ikkitasi tashqarida turib chuqurda ishlayotgan xodimni kuzatishi va zarur hollarda unga yordam berishi lozim. Chuqurda ishlayotgan xodim saqlagich belbogʻidan va shlangli gazniqobdan foydalanishi zarur. Shlangning bir uchi gazlashgan joydan tashqarida, kuzatuvchilardan birining qoʻlida boʻlishi kerak.
2-§. Vaqtinchalik yoʻllarni qurishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
99. Obyektga materiallarni yetkazib berishda mavjud yoʻllardan foydalanish, aks holda, vaqtinchalik yoʻllarni qurish zarur.
100. Transport vositalari va qurilish texnikalarining harakatlanishi uchun yaroqsiz koʻprik va yoʻllardan, shuningdek mashinalarning yuk koʻtarish qobiliyati va gabaritlariga mos boʻlmagan koʻpriklardan foydalanish taqiqlanadi.
101. Yoʻllar tegishli yoʻl belgilari bilan jihozlanishi zarur.
102. Yoʻllarning boʻylama nishabligi 90 dan oshmasligi, yuza oqova suvlarning oqib ketishini taʼminlash uchun yoʻlning koʻndalang nishabligi ikki tomon chetlariga yoʻnalgan boʻlishi kerak. Keskin burilishlarda yoʻl profilining bir tomonlama nishabligini aylana ichiga qarab qurish kerak.
103. Togʻli hududlarda trassa boʻylab vaqtinchalik yoʻl va ularga kirish yoʻlaklari qurilishi lozim. Buning uchun qulab tushish xavfi boʻlgan qoya toshlarni oldindan olib tashlash, koʻchish va oʻpirilishga qarshi tadbirlarni amalga oshirish zarur.
104. Har qanday transport vositasi haydovchilariga sinalmagan yoʻllardan, kechuv joylaridan, koʻpriklardan, shuningdek daryo va boshqa havzalarning muz qoplamasidan oʻtish taqiqlanadi.
3-§. Tuproq ishlarini bajarishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
105. Tuproq ishlarini bajarish loyihalarida ishlarni xavfsiz bajarish va sanitariya-gigiyenik xizmat koʻrsatishga oid texnik yechimlar va tadbirlar mujassamlangan boʻlishi kerak.
106. Tuproq ishlarini bajarishdan oldin quyidagilarni amalga oshirish zarur:
ishchi chizmalarga mos ravishda joylarda trassani boʻlib chiqish;
yer osti kommunikatsiyalari joylashgan joylarni koʻrsatuvchi belgilarni oʻrnatish;
loyihada nazarda tutilgan doimiy yoki vaqtinchalik suv chetlatgichlarni qurish boʻyicha ishlarni bajarish.
107. Ishlab turgan yer osti kommunikatsiyalari zonasida tuproq ishlari naryad-ruxsatnoma rasmiylashtirilgandan soʻng, ish rahbari kuzatuvi ostida bajarilishi lozim.
Gaz oʻtkazgichning va kuchlanish ostida turgan kabelning bevosita yaqinida tuproq ishlarini olib borish jarayonini kommunikatsiyalardan foydalanuvchi tashkilotlarning vakillari ham kuzatishlari kerak.
108. Ishchi chizmalarda koʻrsatilmagan yer osti kommunikatsiyalari aniqlanganda, tuproq ishlarini darhol toʻxtatish va ushbu kommunikatsiyalardan foydalanuvchi tashkilot vakilini chaqirish zarur. Bir vaqtning oʻzida, aniqlangan kommunikatsiyalarni shikastlanishdan himoya qilish choralarini qoʻllash, ularning joylashgan joyini esa tegishli belgi va yozuvlar bilan belgilash lozim.
109. Yer osti kommunikatsiyalariga 2 m dan yaqin masofada tuproqqa mexanizmlar bilan ishlov berish taqiqlanadi. Bunda tuproqqa faqat qoʻlda ishlov berishga ruxsat beriladi.
110. Koʻchalarda, avtomobil yoʻllarida, aholi punktlarida hamda odamlar va transport vositalari harakatlanadigan joylarda qazilayotgan transheya va kotlovanlar tirgaklar yoki chidamli konstruksiyalarga mahkamlangan himoya toʻsiqlari bilan toʻsilgan boʻlishi kerak. Toʻsiqda ogohlantiruvchi yozuv va belgilar oʻrnatilishi, belgilar orasidagi masofa 6 m dan ortiq boʻlmasligi kerak. Qorongʻi vaqtlarda signalli yoritqichlar oʻrnatilishi zarur.
Transheya orqali odamlar oʻtish joylari koʻpriklar bilan jihozlanishi va qorongʻi vaqtlarda yoritilishi lozim.
111. Transheyadan chiqarib olingan tuproqni chuqurlik chetidan kamida 0,5 m masofada joylashtirish kerak.
112. Kotlovanda tuproqni tagidan qazib yumshatish mumkin emas. Tuproqning xarsang toshlardan iborat qismi va devorlaridan boʻrtib chiqqan joylari olib tashlanishi kerak.
113. Transheya ostidagi boʻshliqning kengligi diametri 700 mm gacha boʻlgan quvurlar uchun kamida D+300 mm (bu yerda D — quvuroʻtkazgichning shartli diametri) boʻlishi, diametri 700 mm va undan ortiq boʻlgan quvurlar uchun quvur diametriga nisbatan kamida 1,5 barobar katta boʻlishi kerak. Diametri 1200 va 1400 mm li quvurlar uchun va yon bagʻri 1 : 0,5 dan keskin boʻlmagan transheyalarda, transheyalar tubi kengligining diametrini D+500 mm gacha kichraytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Yer qazish mashinalari bilan tuproqqa ishlov berishda transheyaning kengligi, qurilish tashkiloti loyihasida qabul qilingan mashina ishchi organining kesgichi qirrasiga teng oʻlchamda qabul qilinishi kerak, lekin yuqorida koʻrsatilgan oʻlchamlardan kam boʻlmasligi lozim.
Majburan bukilgan tarmoqlarning qiyshiq uchastkalarida transheyaning tubi boʻyicha kengligi toʻgʻri chiziqli uchastkalardagi kenglikka nisbatan ikki barobar katta boʻlishi kerak.
Ogʻirlashtiruvchi yuklar yoki ankerli qurilmalar bilan mahkamlangan quvurlarni ballastlaganda transheyaning tubi quvur diametriga nisbatan kamida 2,2 barobar keng boʻlishi, issiq qoplamali quvurlar uchun esa, loyihaga koʻra aniqlanishi lozim.
114. Ishlab turgan quvurlarga parallel ikkinchi va keyingi quvurlar uchun transheyalarni qazishda va tuproq toʻkib toʻldirishda quyidagilarni bajarish zarur:
barcha xodimlarga xavfsizlik texnikasi boʻyicha maxsus yoʻl-yoʻriq berish;
ish boshlanishiga qadar mahsulot sizib chiqish ehtimolini aniqlash yoki yotqizilgan quvurning chuqurligi yuzasigacha kamida 0,8 m boʻlgan joyini belgilash uchun ishlab turgan quvurni tekshirib chiqish;
ishlab turgan quvur ustidagi tuproq uyumida transport vositalarining harakatini taqiqlash. Zarur hollarda, ishlab turgan quvur ustidagi tuproq uyumi orqali mashinalar harakatlanishi uchun maxsus oʻtish joylari qurilishi kerak.
115. Yoʻlning koʻndalang nishabligi 80 dan yuqori joylarda yer qazish mexanizmlarining ishlashi taqiqlanadi.
116. Yer osti kommunikatsiyalari bilan kesishgan joyda transheyani 0,1 m qatlamli tuproq toʻkib zichlash kerak.
117. Ishdagi tanaffus vaqtlarida (ularning sabablari va davomiyligidan qatʼi nazar) bitta choʻmichli ekskavator yoyini transheya tubidan boshqa tomonga burib qoʻyish, choʻmichni esa tuproqqa tushirib qoʻyish zarur. Ekskavator choʻmichini yerga tushirgandan keyingina uni tozalashga ruxsat beriladi.
4-§. Transheya va kotlovanlarni mustahkamlamasdan qazishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
118. Tabiiy namlikdagi tuproqlarda tik devorli transheya va kotlovanlarni mustahkamlamasdan qazish quyidagi chuqurlikkacha bajarilishi mumkin:
sochiluvchan, qumli va shagʻaltoshli tuproqlarda — 1 m gacha;
supeslarda — 1,25 m gacha;
qumoqli, loyli yerlarda — 1,5 m gacha;
alohida zich qoyasiz tuproqlarda — 2,0 m gacha.
119. Teskari kurakli bir choʻmichli ekskavator bilan transheyalarni qazishda transheya tubini qoʻl bilan tozalash taqiqlanadi, bu ish ekskavatorni zarur oraliqqa joylashtirib, choʻmichni transheya tubi boʻyicha sudrash yoʻli bilan bajariladi. Tuproqni ruxsat etilgan oʻlchamdan 5 sm ortiqcha qazishga ruxsat beriladi, oʻlchamdan kam miqdorda qazishga ruxsat berilmaydi.
120. Yumshoq tuproqdan uyumlar yasash, ularni tekislash va transheyadagi boshqa ishlar mexanizatsiyalashgan usulda bajarilishi kerak. Xodimlarning transheyaga tushishi taqiqlanadi, zarurat boʻlganda bu ishlar quyidagi xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda qoʻlda bajarilishiga ruxsat beriladi:
ishlar ish yurituvchi yoki ustaning bevosita rahbarligi ostida bajarilishi kerak;
ishchilarni transheyaga tushirishdan oldin nishabni sozlash, agar transheya chetida quvuroʻtkazgich oʻrnatilgan boʻlsa, uni mahkamlash lozim;
ishchilarni transheyaga tushib-chiqishi uchun tirab qoʻyiladigan narvonlarni oʻrnatish zarur.
121. Tuproq buzilishi ehtimoli boʻlgan joylarda materiallarning joylashtirilishi, qurilish mashinalari va transportlarning harakatlanishi, shuningdek aloqa tarmoqlari ustunlari oʻrnatilishi taqiqlanadi.
122. Suv bilan toʻyingan tuproqlarda transheya va kotlovanlarni qazish yakka tartibdagi loyihalar asosida bajarilishi lozim.
123. Toʻliq yoki qisman namlangan transheya va kotlovanlarda ishlarni bajarish uchun tuproqning oʻpirilishiga qarshi quyidagi ehtiyot choralarini koʻrish zarur:
ish bajaruvchi yoki usta tomonidan har bir smenada ishlarni boshlashdan oldin qirra holatini sinchkovlik bilan koʻzdan kechirish;
qiyalik va chetlarda osilib qolgan hamda yoriqlar aniqlangan joylarda tuproqni buzib tushirib yuborish;
tuproq qurigunga qadar ishlarni vaqtincha toʻxtatish;
kechiktirib boʻlmaydigan ishlar bajarilayotgan uchastkada burilish qirralarini kamaytirish.
5-§. Transheya va kotlovanlarni mustahkamlab qazishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
124. Chuqurligi 3 m gacha boʻlgan transheya va kotlovanlar inventar va namunali detallar bilan mustahkamlanishi lozim.
125. Inventar va namunali detallar boʻlmaganda quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak:
nam tuproqlarni (qumlilardan tashqari) mustahkamlash uchun qalinligi kamida 4 sm boʻlgan taxtalarni qoʻllash, qumli va namligi yuqori boʻlgan tuproqlarni mustahkamlash uchun qalinligi kamida 5 sm boʻlgan taxtalarni tik ustunlar orqasiga tuproqqacha zich qilib tirgaklar bilan mahkamlash;
har birining oraligʻi kamida 1,5 m boʻlgan masofada mustahkamlash ustunlarini oʻrnatish;
mustahkamlash tirgaklarini tik holda bir-biridan 1 m dan uzoq boʻlmagan masofada joylashtirish;
tirgak uchlarining yuqori va pastidan boʻrtmalar qoqish;
mustahkamlashda taxtani transheya chetidan kamida 15 sm yuqoriga chiqarish.
126. Transheya va kotlovanlarga xodimlarning tushishi va chiqishi uchun narvon oʻrnatish kerak. Ushbu maqsadlar uchun mahkamlovchi vositalardan foydalanish taqiqlanadi.
127. Transheya va kotlovanlarning mahkamlovchi taxtalarini ajratib olish pastdan yuqoriga qarab bajarilishi kerak. Balandligi boʻyicha bir vaqtda ajratib olinadigan taxtalar soni uchtadan, sochiluvchan yoki mustahkam boʻlmagan tuproqlarda esa bittadan oshmasligi kerak.
Mahkamlovchi taxtalarni ajratib olish ishlari ish boshqaruvchi yoki usta rahbarligi ostida amalga oshirilishi kerak.
6-§. Gruntovka va bitum mastikasini tayyorlashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
128. Gruntovkani tayyorlash vaqtida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur. Gruntovkani tayyorlash joylaridan 50 m radius atrofida ochiq olov boʻlmasligi kerak.
129. Etillangan benzin va benzol zaharli boʻlganligi sababli, ulardan gruntovkani tayyorlashda erituvchi vosita sifatida foydalanish taqiqlanadi.
130. Gruntovka va benzin qopqoqlar va tiqinlar bilan zich berkitiladigan sigʻimlarda saqlanishi va tashilishi lozim. Gruntovkali yoki benzinli, shuningdek ushbu materiallardan boʻshatilgan bochkalar avtomobil kuzoviga ishonchli mahkamlanishi kerak.
131. Gruntovka va benzin toʻldirilgan bochkalarni ehtiyotkorlik bilan tushirish, pastga tashlamaslik, shuningdek urilishlarga yoʻl qoʻymaslik uchun traplardan yoki dumalatib tushirish lozim.
132. Gruntovka yoki benzin toʻldirilgan bochkalar tiqinlarini, shuningdek ushbu mahsulotlardan boʻshatilgan bochkalarning tiqinlarini bolgʻa bilan zubilani urib ochish mumkin emas. Buning uchun faqat maxsus kalitlardan foydalanish kerak.
133. Gruntovka yoki benzin toʻkilgan joylarga tuproq yoki qum sepish lozim.
134. Bitum mastikasini faqat maxsus ajratilgan joylarda tayyorlashga ruxsat etiladi. Bitum erituvchi qurilmalar bir-biridan 5 m dan kam boʻlmagan masofada joylashtirilishi kerak.
135. Bitum erituvchi qurilmaga keluvchi elektr kabel 0,7 m dan kam boʻlmagan chuqurlikka koʻmilgan yoki metall quvur ichidan oʻtkazilgan boʻlishi kerak. Bitum erituvchi qozondan 5 m masofadagi xas-xashaklar olib tashlanishi zarur.
136. Izolyatsiya materiallari, mastikani tayyorlash joyidan 25 m dan yaqin boʻlmagan masofada ayvon ostida taxlanishi, ushbu materiallar va yonilgʻining navbatdagi yuklash hajmiga teng miqdordagi zaxirasi esa qozondan 5 m dan yaqin boʻlmagan masofada joylashtirilishi kerak.
137. Mastikani tayyorlash joylari yongʻinni oʻchirish vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
138. Qozonni uning 3/4 hajmidan ortiq miqdorda toʻldirish mumkin emas.
139. Qozonga nam bitumni solish mumkin emas, chunki qizigan bitumga tekkan suv kuchli bugʻ hosil qilishi va bitum mastikasining sachrashiga olib kelishi mumkin. Bundan saqlanish uchun qozonlar va sigʻimlarni dastali metall qopqoqlar bilan jihozlash zarur. Sirkulyatsiya tizimi ishlayotganda qozonga bitum solish taqiqlanadi.
140. Bitum tashuvchi transport vositasi nazorat asboblari, jumladan termometr va sisternadagi mastika sathini koʻrsatuvchi moslamalar bilan taʼminlanishi zarur.
141. Bitumni haydashdan oldin shlang va bitum oʻtkazgichda tiqinlar yoʻqligiga ishonch hosil qilish kerak. Bitum oʻtkazgich shlang bitum erituvchi qurilmaga ishonchli mahkamlanishi kerak. Shlangning ulangan joyiga 3 m yaqin turish, shlang uchini qoʻlda ushlab turish yoki toʻlish sathini kuzatish maqsadida bitum toʻldirilayotgan sisternaning lyukidan qarash taqiqlanadi.
142. Issiq mastikaning otilishiga va toʻkilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun shlang uchini sisterna lyukiga maxsus tutqichlar bilan mahkamlash zarur.
143. Bitum eritish qurilmasining qozonini uning harorati 50o C gacha sovugandan keyin tozalashga ruxsat etiladi. Bunda maxsus kiyim, himoya koʻzoynaklari va respiratorlardan foydalanish lozim. Qozonni tozalashdan chiqqan chiqindilarni olib tashlash va maxsus ajratilgan joylarga koʻmish kerak.
144. Ehtiyoj uncha katta boʻlmagan bitum mastikasini oddiy pishirish qozonlarida tayyorlashga quyidagi xavfsizlik talablari bajarilganda ruxsat etiladi:
qozonning yuqori qismi yer yuzasidan 1,0 — 1,2 m balandda boʻlishi;
qozonning zich yopiladigan dastakli qopqoqlar bilan jihozlanishi;
qozonga tushib ketmaslik uchun uning devorlari ustida turilmasligi;
bitumni aralashtirayotgan xodim shamol esayotgan tomonda turishi;
qozondagi bitumning harorati 200o C dan oshmasligi uchun u past olovda qizdirilishi;
aralashtirish uchun chidamsiz tagliklardan foydalanilmasligi;
qozonda darz ketish yuzaga kelganda oʻchoqdagi olovni oʻchirish;
qozondagi mastika alangalansa, uni oʻchirish uchun qopqoq bilan zich berkitish va yonilgʻi kelishini toʻxtatish, bunda alangalangan bitum mastikasiga suv yoki qor sepmaslik.
7-§. Quvurlarning tashqi yuzasini tozalash va gruntovka qilishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
145. Quvurlarni tozalash mashinasi harakatlanadigan trassa uchastkasi tekis boʻlishi va begona predmetlardan tozalanishi zarur.
146. Tozalash mashinasini quvurning uchiga oʻrnatishda xavfsizlik maqsadida maxsus konusni kiydirish lozim.
Tozalash mashinasini quvurga kiydirish quvur yotqizgich bilan amalga oshirilishi kerak. Bunda changga qarshi respirator va himoya koʻzaynaklaridan foydalanish zarur.
147. Quvurni tozalash va gruntlashda tozalash mashinalari va quvuryotqizgichning oʻzaro joylashishi texnologik sxemaga muvofiq boʻlishi lozim. Ushbu ishlar bajarilayotgan paytda quvur va transheya orasida odamlar boʻlmasligi kerak.
148. Quvurning ostki yuzasini koʻzdan kechirish va tozalash sifatini aniqlash uchun dastagi qayrilgan metall gardishli oynadan foydalanish zarur.
149. Gruntovkani surtishda olov yoqish yoki tozalash mashinasidan 10 m dan yaqin masofada chekish mumkin emas.
150. Gruntovkani qoʻlda surtishda bugʻlardan zaharlanib qolmaslik uchun, xodim shamol esayotgan tomonda turishi kerak. Kotlovanda quvurni gruntovkalashni uch nafar xodim navbatma-navbat bajarishi lozim.
151. Jarlik yoki chuqurlik ustidan quvur boʻylab tozalash mashinasini oʻtkazishda, agʻdarilib ketishdan saqlash uchun uni poʻlat arqon bilan tortib bogʻlab qoʻyish kerak, poʻlat arqonning uchlarini esa jarlik yoki chuqurlikning ikkala tomonlari boʻyicha joylashgan quvur yotqizgichga mahkamlash kerak.
152. Ishdagi qisqa tanaffuslar vaqtida texnologik karta koʻrsatmalariga muvofiq qoʻyib chiqilgan barcha quvuryotqizgichlar kolonnasi bilan quvurni ushlab turish kerak. Ish yakunida quvurni xodalardan yasalgan taglikka tushirib qoʻyish zarur.
8-§. Quvurlar ustiga himoya qoplamasini qoplashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
153. Quvur ustiga himoya qoplamasini surtish mexanizatsiyalashgan usulda bajarilishi kerak. Shikastlangan himoya qoplamasini taʼmirlashda yoki uncha katta boʻlmagan hajmdagi himoya qoplamasini qoʻl bilan surtishga ruxsat beriladi.
154. Himoya qoplamasini surtuvchi mashina quvur boʻylab harakatlanganda agʻdarilib ketmasligi uchun uni maxsus qurilma vositasida ushlab turish lozim.
155. Mashinada ish boshlashdan oldin uning sozligiga ishonch hosil qilish zarur.
156. Bitum himoya qoplamasini qoʻlda surtganda quyidagilarni bajarish kerak:
ish boshlashdan oldin choʻmich, bochkalar va boshqa zarur jihozlarning holatini tekshirish;
qaynoq himoya qoplamasi mastikasini tashish uchun kesilgan konus shaklidagi, keng qismi pastga qaragan, qopqoqlari zich yopiladigan maxsus metall bochkalardan foydalanish;
bochka toʻsatdan tushib ketganda ochilib ketishining oldini olish uchun uning qopqoqlarida berkitish vositalarining boʻlishi;
bitum mastikasini bitum erituvchi qozondan bochkaga faqat toʻkuvchi joʻmrak orqali quyish;
bochkalarni bevosita transheya chetiga qoʻymaslik;
qaynoq mastikani transheyaga karabinli mustahkam arqondagi bochkada uzatish.
157. Shisha tolali matolar bilan ishlaganda quyidagi xavfsizlik choralariga amal qilish lozim:
shisha tolali mato oʻramini buzmaslik uchun ehtiyotlik bilan yuklash, tushirish va tashish;
transport vositalaridan shisha tolali mato oʻramlarini tashlamaslik;
shisha tolali matoni tashishda transport vositasi kuzovida odamlar boʻlmasligi;
shisha tolali mato oʻramlarini taxta polli quruq xonada saqlash;
shisha tolali matoni quvurga faqat izolyatsiya mashinasi bilan oʻrash;
shisha tolali mato oʻramlarini ochgandan soʻng, uni quvurga oʻrash jarayonida chang hosil boʻlishini kamaytirish uchun uning uchlarini kaolinli suv eritmasi bilan qoplab chiqish;
shisha changlaridan himoyalanish uchun zich tekis moleskindan tikilgan kombinezon va qoʻlga qoʻnjli qoʻlqop, qoʻlqop ustidan esa qoʻnjli brezent qoʻlqop kiyish;
nafas olish aʼzolarini himoyalash uchun koʻp qavatli doka bogʻichidan yoki changga qarshi respiratordan foydalanish;
koʻzlarni himoyalash uchun elastikli yarim maskali koʻzoynaklarni taqish;
har smenadan keyin maxsus kiyimni changdan tozalash va har haftada issiq suvda yuvish.
9-§. Quvurlarni transheyaga tushirishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
158. Quvurlarni transheyaga tushirishdan oldin quvuryotqizgichlarning poʻlat arqonlari, bloki va tormoz qurilmalari hamda poʻlat sochiqlarning (yumshoq changallovchilarning) holati tekshirilishi zarur.
Poʻlat sochiqlar ishga yaroqli boʻlishi, olti karrali mustahkamlik zaxirasiga ega boʻlishi, ishlab chiqargan zavod tomonidan sinalganligi toʻgʻrisidagi hujjati mavjud boʻlishi, bunday hujjat boʻlmaganda tashkilot tomonidan sinalishi kerak. Poʻlat sochiqlar har olti oy ishlagandan keyin meʼyoridan 1,25-marta ortiq yuklanish bilan sinalishi lozim.
159. Transheyaning tubini qulab tushgan tuproqlardan tozalash ishlari quvurlarni transheyaga tushirishdan oldin amalga oshirilishi kerak.
Qulab tushgan tuproqlarni chiqarib tashlash yoki tozalash va transheya tubini tekislash uchun xodimlarni transheyaga tushirishdan oldin, ish yurituvchi yoki usta transheyani koʻzdan kechirishi va devorlarining holatini tekshirishi zarur.
160. Agar quvurlarni transheyaga tushirish vaqtida tuproq qulab tushsa, quvurlar seksiyasi ostiga xodalardan yasalgan maxsus tagliklar transheyaga koʻndalang ravishda qoʻyilgandan soʻng, tuproq uyumlarini chiqarib tashlashga ruxsat beriladi. Bunday ishlar faqat ish yurituvchi yoki ustaning bevosita rahbarligi ostida bajarilishi lozim.
161. Quvurlarni transheyaga tushirishda quyidagi xavfsizlik talablariga rioya qilinishi kerak:
quvuryotqizgich mashinistlari kelishib ishlashlari, quvuryotqizgichlardan bittasi ishdan chiqqan taqdirda quvurlarni darhol yerga tushirish zarur;
quvurlarni tushirish hududida, transheya ichida yoki transheya bilan quvur orasida hech kim boʻlmasligi kerak;
quvurlarni transheyaga tushirishda oʻz-oʻzidan surilib ketmasligi uchun oldindagi quvuryotqizgich quvurlarni transheya tomonga surmasdan, yuqoriga koʻtarishi lozim;
quvurlarni transheyaga tushirish ishlari bevosita ish rahbarining signali bilan amalga oshirilishi kerak;
poʻlat sochiqlarning holati kuzatilishi zarur;
poʻlat sochiqlarni quvurga qoʻyishda quvuryotqizgichning mashinisti yuklovchining signalini bajarishi va mashinist poʻlat arqonlarni muddatidan oldin tortmasligi kerak;
poʻlat sochiq quvuryotqizgichning ilgagiga ishonchli ilintirilgandan soʻng, yuklovchi quvuryotqizgichning koʻtarish strelasi hududidan chetga chiqishi va quvuryotqizgich mashinistlariga quvurlarni koʻtarish yoki tushirish haqida signal berishi kerak. Agar ikkita yuklovchi bir vaqtda ishlayotgan boʻlsa, ulardan biri katta etib tayinlanishi va faqat ushbu shaxs mashinistlarga signal berishi kerak;
poʻlat sochiqni transheya tubi bilan quvur orasida qisilib qolmasidan ilgakdan olish uchun kolonnadagi oxirgi quvuryotqizgich uni biroz boʻshatishi kerak. Yuklovchi poʻlat sochiqning bir uchini ilgakdan olishi, xavfsiz masofaga chiqib turishi va mashinistga ilgakni koʻtarish haqida signal berishi kerak.
162. Boʻylama nishabi 15o dan katta qiyaliklarda quvurni tozalash, izolyatsiya qilish va tushirishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
koʻtarilishda ishlaganda quvuryotqizgich oldidan shataklovchi-traktor, qiyalik ostida ishlaganda esa bir vaqtning oʻzida oxirgi quvuryotqizgich orqasidan buldozer-yakor harakatlanishi kerak. Barcha quvuryotqizgichlar oʻzaro va traktor-yuk tirkamalari yoki buldozer-yakorlar bilan poʻlat arqon bilan ulangan boʻlishi kerak;
shataklovchi-traktorlar yoki buldozer-yakorlarning soni va poʻlat arqon kesimi joyning qiyaligiga, tuproqning holatiga koʻra hisob-kitoblar boʻyicha belgilanadi;
alohida hollarda yakorlash uchun qoʻzgʻalmas qilib oʻrnatilgan chigʻirli traktorlardan foydalanish mumkin;
tozalash va izolyatsiyalovchi mashinani eng yaqin quvuryotqizgichga poʻlat arqon bilan mahkamlanadi (yuqoriga harakatlanishda oldidagiga, qiyalik ostiga harakatlanishda orqasidagiga).
163. Qishki mavsumda izolyatsiya-yotqizish ishlari bilan tuproq ishlarini, alohida jarayonlar orasida uzilishlarga yoʻl qoʻyilmasdan, uzluksiz bir yoʻla olib borish usuli tavsiya etiladi. Quvurlar seksiyasi ostiga tagliklar joylashtirishda choʻkish va sirpanishning oldini olish maqsadida ushbu joylar muz va qordan tozalanishi zarur.
164. Izolyatsiyalovchi mashinaning vannasini bitum mastikasi bilan toʻldirishdan oldin uni suvdan boʻshatish, muz va qordan tozalash kerak.
10-§. Quvurlarning ichini tozalash va sinashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
165. Qurilish-montaj ishlari tugagandan soʻng quvurlarning ichi iflosliklar, metall kuyindisi, favqulodda tushib qolgan predmet va suvlardan tozalanishi kerak.
166. Quvurlarning ichi tozalangandan soʻng unga ajratuvchi tarmoq armaturasi oʻrnatilishi hamda quvur mustahkamlikka sinalishi va zichlikka tekshirilishi zarur.
167. Quvurlarning ichini tozalash, ularni mustahkamlikka sinash va zichlikka tekshirish ishlari bosh pudratchi, buyurtmachi va qurilish-montaj tashkiloti vakillaridan iborat sinov komissiyasi rahbarligida amalga oshirilishi lozim. Mazkur ishlar amalga oshirilishidan oldin xavfli hududlar aniqlanishi va belgilab chiqilishi kerak.
168. Sinov komissiyasining tarkibi bosh pudratchi, buyurtmachi va qurilish-montaj tashkilotining rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Sinov komissiyasining barcha aʼzolari va muhandis-texnik xodimlar, shuningdek ishlarni bevosita bajarayotgan xodimlar mazkur ishlarni xavfsiz olib borishga oid yoʻriqnomalar bilan tanishib chiqishlari, texnika va yongʻin xavfsizligi talablarini bilishlari va maxsus jurnalga imzo chekishlari lozim. Ular kerakli asbob-uskunalar, jihozlar va yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan taʼminlanishi zarur.
169. Quvurlarni yer usti boʻylab oʻtkazishda xavfli hudud chegarasi ikki marta oshirilishi kerak.
170. Quvurlarning ichini tozalash, ularni mustahkamlikka sinash va zichlikka tekshirish vaqtida xavfli hududlar qoʻriqlanishi zarur.
171. Xavfli hududlarni qoʻriqlash sinov komissiyasi raisining koʻrsatmasi bilan bekor qilinishi kerak.
172. Post navbatchilari va quvurlarni yurib tekshiruvchilar tomonidan quyidagi ishlar bajarilishi lozim:
quvurlarning maʼlum qismi yoki uchastkasini kuzatish;
quvurlarni sinash ishlariga toʻsqinlik qilayotgan holatlar va xavf-xatarlar haqida sinov komissiyasiga xabar berish;
quvurlarni gaz bilan sinash jarayonida gaz sizib chiqish joylarini va xavfli gazlashgan hududlarni belgilab chiqish, bu haqda sinov komissiyasiga xabar berish.
173. Sinov komissiyasi post navbatchilarini va quvurlarni yurib tekshiruvchilarni quyidagi jihozlar bilan taʼminlashi zarur:
gaz sizib chiqqan joylarni belgilash uchun bir tomoni oʻtkirlangan ishora qozigʻi, xavfli hududlarni belgilash uchun esa “Xavfli — gaz!” yozuvli qoziqchalar;
qoziqchalarni qoqish uchun bolgʻalar;
qizil bayroqchalar;
akkumulyatordan taʼminlanadigan qizil va koʻk shishali portlashdan xavfsiz fonarlar;
uyali aloqa vositasi yoki ratsiya.
174. Mustahkamlikka sinovchi agregatlar va kompressor qurilmalarini ulash uchun keltirilgan vaqtinchalik quvurlar 1,25 ishchi bosimida oldindan gidravlik sinalgan boʻlishi kerak.
175. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari bilan kesishadigan yoki ularning yaqinidan oʻtgan quvurlarning ichini tozalash va sinashdan oldin sinov komissiyasi tegishli tashkilotlarga (temir yoʻl boshqarmasi, yoʻl boʻlimi va boshqalarga) ishlarning oʻtkazilishi haqida xabar berishi va ular bilan kelishuv asosida xavfsizlik choralarini koʻrishi lozim.
176. Quvurlarning ichini tozalash va tabiiy gaz bilan sinash ishlari quvurdan havo chiqarib yuborilgandan keyin amalga oshirilishi lozim. Quvurdan chiqayotgan gaz-havo aralashmasidagi kislorod miqdori 2 % dan ortiq boʻlmasligi kerak.
177. Quvurlarning ichini tozalash va tabiiy gaz bilan sinash ishlaridan soʻng gazni faqat puflash svechalari orqali chiqarib yuborishga ruxsat beriladi. Gazni flanetslar, joʻmraklar yoki zulfinlar orqali chiqarib yuborish taqiqlanadi.
178. Quvurlarning ichini tozalash va tabiiy gaz bilan sinash jarayonida gaz sizib chiqqanda ishlar darhol toʻxtatilishi va sizib chiqish bartaraf qilinishi lozim.
179. Quvurlarning ichini tozalash va tabiiy gaz bilan sinash jarayonida quvurlarning buzilishi yuz bersa, avariyani bartaraf qilish choralarini qoʻllash zarur.
180. Avariyali taʼmirlash-qayta tiklash brigadalari barcha sharoitlarda yura oladigan avtomobillar, elektr payvandlash agregati, gaz payvandlash apparati, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari, gazniqoblar, saqlovchi belbogʻlar, portlashdan xavfsiz fonarlar, dorilar qutichasi, misdan yasalgan asbob-uskunalar va ish xususiyatiga koʻra boshqa jihozlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
4-bob. Texnologik uskunalarga qoʻyiladigan talablar
1-§. Koʻchma kompressorlarga qoʻyiladigan talablar
181. Koʻchma kompressorlar bilan alohida turgan mashinalar orasidan oʻtish uchun 1,5 m dan kam boʻlmagan masofa qoldirilishi kerak.
182. Kompressor yaqinida uning ishlatish yoʻriqnomasi ilingan boʻlishi, xizmat koʻrsatuvchi xodim uni yaxshi bilishi kerak.
183. Ishlab turgan kompressor yaqiniga begona shaxslarning kelishi taqiqlanadi.
184. Kompressorning ichidagi (siqish kamerasi, klapan chuqurliklari, chiqaruvchi quvur) moyli aralashmalarda chang va zanglatuvchi mahsulotlarning yigʻilishi elektr statik razryadlarning hosil boʻlishiga yoki oʻz-oʻzidan alangalanish va portlashga sabab boʻlishi mumkin. Mazkur xavflarning oldini olish uchun quyidagi xavfsizlik choralari koʻrilishi zarur:
kompressor korpusini yerga tutashtirish;
kompressor qismlarini qoldiq va choʻkindilardan davriy ravishda kerosin bilan yuvib tozalash, bunda benzin yoki gazolindan foydalanmaslik;
havo uzatkichlarning ichki yuzalarini zanglardan tozalash;
toʻr va filtrlar oʻrnatib, havo soʻrgichlarni begona narsalar, hasharotlar va chang tushishidan himoyalash;
kompressor silindrlari devorlarini 140 °C dan yuqori haroratgacha qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik.
185. Gidravlik zarbalardan saqlanish uchun havo uzatkichlaridan kompressorga tushgan kondensat va moylar joʻmraklar orqali muntazam ravishda chiqarib turilishi zarur.
186. Kompressordagi bosim ishchi bosimidan 10 % ortganda, ortiqcha bosimni chiqarib tashlash uchun saqlovchi plastina oʻrnatilishi kerak.
187. Moylash tizimi va sovutish rejimi buzilganda, shuningdek podshipniklar yoki boshqa detallar qizishi natijasida va kompressor qurilmasi yoki quvur oʻtkazgichlar kommunikatsiyalarida kuchli titrashlar paydo boʻlganda kompressorni toʻxtatish zarur.
188. Aniqlangan nosozliklar bartaraf etilgandan keyingina kompressorni qaytadan ishga tushirish mumkin.
2-§. Dala avtopayvandlash qurilmasiga qoʻyiladigan talablar
189. Qurilma oʻrnatiladigan maydon qurilmaning oʻqi boʻylab 0,5° dan ortiq boʻlmagan nishablikda rejalashtirilishi kerak.
190. Qurilmani montaj qilishda quyidagi talablar bajarilishi zarur:
rolikli aylantiruvchi stend, keskich ramasi, taxlash va yechib olish mexanizmlarining seksiyani dumalatish tomoniga nishabligi 1,5o ga teng boʻlishi kerak;
rels yoʻllarining boʻylama nishabligi 1 0 dan ortiq boʻlmasligi kerak;
budkalarni sovuq oʻtmaydigan qilib oʻrash va toʻrt tomonidan oynavand qilish kerak. Ular oʻrtasidan yorugʻlik va tovushli signalizatsiyalar oʻrnatilishi zarur;
budkalar harakatlanganda relsli yoʻllarining tayanchlari 10 — 20 mm dan ortiqroq botishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Budkalarning yuruvchi aravalari budkalarni chetga chiqish holatlarida harakatlarini chegaralovchi tayanchlarga ega boʻlishi kerak;
kabellarni ildirish arqoni unda osilish yoyi 1 m dan oshmasligini taʼminlagan holda tortilishi kerak.
191. Payvandlash kallagi koʻtargichining ishi, yorugʻlik va tovushli signalizatsiya ishlaganda avariyali toʻxtatishlar, barcha uzel va mexanizmlarning oʻzaro harakati va ishonchliligi, shuningdek qurilmaning ishlatishga tayyorligini aniqlash maqsadida dala avtopayvandlash qurilmasi montaj qilingandan keyin yurgizib koʻrilishi zarur.
192. Stend yurgizilishidan oldin tashqi koʻrikdan oʻtkazilishi, mahkamlash moslamalarining yaxshi qotirilganligi, shtekerli ajratmalar bogʻlamalarining toʻgʻriligi, reduktordagi moy sathi va yemiriladigan detallarda moylash materiallarining mavjudligi tekshirilishi kerak.
193. Smena boshida mexanizmlarni ishga tushirishdan oldin elektr uskunalarini tashqi koʻrikdan oʻtkazish lozim.
194. Ish vaqtida elektr dvigatellarining qizishini muntazam ravishda tekshirib turish zarur.
195. Taxlash va yechib olish mexanizmlari arqonlarining sozligini har kuni tekshirib turish lozim.
196. Arqonlar uzatmasining kojuxlari yechib olinganda ular bilan ishlash taqiqlanadi.
3-§. Yarimturgʻun quvur payvandlash kontaktli qurilmasiga qoʻyiladigan talablar
197. Quvur payvandlash kontaktli qurilmasi yerga tutashtirilgan nolli sim bilan ulangan boʻlishi kerak. Kuchlanish ostida boʻlishi mumkin boʻlgan barcha qismlar yertutashtirish moslamasi bilan metalli bogʻlanishga ega boʻlishi zarur.
198. Har chorakda kamida bir marta elektr uskunalari izolyatsiyasining qarshiligi oʻlchab turilishi kerak.
199. Saqlagichlarni almashtirish, boshmoqlarni tozalash va boshqa ishlar tarmoq elektr manbaidan uzilgandan keyin amalga oshirilishi, bunda “Qoʻshilmasin — odamlar ishlayapti!” degan soʻzlar yozilgan plakatlar osib qoʻyilishi lozim.
200. Quvurlarni montaj qiladigan belbogʻchalarni tozalash uchun moʻljallangan tozalash mashinalarining aylantiruvchi qismlari (ishchi organlari) himoyalovchi metall kojuxga ega boʻlishi kerak. Kontaktli belbogʻchalarni tozalovchi ishchi himoya koʻzoynaklarida ishlashi va qoʻlqoplardan foydalanishi zarur.
Ishlash jarayonida tozalash mashinasi dumalab ketmasligi uchun uning asosi saqlovchi qisqichlar bilan staninaga mahkamlanishi kerak.
201. Ichki grat yechuvchining uzellarida sozlash va taʼmirlash ishlari kuchlanish uzilgandan va pnevmatik tizim oʻchirilgandan keyin amalga oshirilishi lozim. Gidravlik tizimni nosoz manometrlarda ishga tushirish taqiqlanadi.
202. Tashqi gratning grat yechuvchi aylanma rotori kojux bilan berkitilishi kerak.
203. Elektr stansiyalar ishlayotganda bochka va quvuroʻtkazgichlar ulanmalaridan yonilgʻi va moylar tomchilamasligi kerak. Yonilgʻi va moylarni quyishda ochiq olovdan foydalanmaslik va chekmaslik lozim. Saqlagichlarni almashtirish, shtepselli ajratgichlarni uzish va ulash ishlari elektr stansiyalar generatori toʻxtatilgandan keyin amalga oshirilishi zarur.
204. Tutashmalarni payvandlash jarayonida payvandlovchini erigan metall zarrachalarining sachrashidan himoyalash uchun poʻlat qalqonchalardan foydalanish kerak.
4-§. Asboblarga qoʻyiladigan talablar
205. Suyab qoʻyiladigan narvonlar ustida mexanizatsiyalashtirilgan asboblardan foydalanish taqiqlanadi.
206. Ish vaqtidagi tanaffuslarda va boshqa joyga koʻchirishda mexanizatsiyalashtirilgan asboblar tarmoqdan uzilgan boʻlishi kerak.
207. Elektr charxlash yoki sayqallash mashinalarida ishlaganda saqlovchi koʻzoynaklardan foydalanish zarur. Aylana charxlarni himoya kojuxlari bilan jihozlash, bunda ochiqlik burchagi 900 dan ortiq boʻlmasligi kerak.
208. Xavfliligi yuqori boʻlmagan xonalarda kuchlanishi 220 V gacha boʻlgan, xavfliligi yuqori, oʻta xavfli xonalar va xonalardan tashqarida 36 V gacha boʻlgan qoʻl elektr asboblari qoʻllanilishi lozim.
209. 36 V dan yuqori kuchlanishda ishlovchi elektr asboblarining korpuslari nollangan simga ulash yoʻli bilan yerga tutashtirilishi kerak. Yertutashtiruvchi simni quvur oʻtkazgichga ulashga ruxsat etilmaydi.
210. Elektr tarmogʻiga ulangan har qanday elektr asbobini taʼmirlash taqiqlanadi.
211. Elektr asboblarining korpusi haddan tashqari qizib ketganda uni tarmoqdan uzish va ular bilan bajariladigan ishlarni toʻxtatish lozim.
212. Shlanglarni pnevmatik asboblarning shtutser va nippellariga mahkamlash uchun tortiladigan standart qisqichlardan (xomutlar) foydalanish zarur.
213. Pnevmatik asboblarni ulashdan oldin shlanglar bosimi ostida havo bilan toʻldirilgan boʻlishi kerak. Asboblar ishchi holatga keltirilgandan keyingina ulardan havo uzatilishiga ruxsat etilishi lozim.
214. Pnevmatik zubila bilan ishlaganda quyidagi shartlarga rioya etish lozim:
ish boshlashdan oldin asosiy eʼtiborni barcha pnevmatik tizim va teskari klapanning sozligiga, pnevmatik zubilaga keltirilgan shlangning ishonchli mahkamlanganligiga qaratish zarur;
gratni kesishni parchalanmaydigan shaffof himoya koʻzoynaklari va qoʻlqoplarda amalga oshirish kerak;
gratni kesishda boshqa shaxslarning 3 m gacha yaqin kelishiga yoʻl qoʻymaslik zarur.
215. Pnevmatik tizimdan uzilmagan pnevmatik asboblarni taʼmirlash taqiqlanadi.
216. Qoʻl asboblarining dastalarini qattiq va qovushqoq navli yogʻochlardan yasash lozim, ular ishonchli kiydirilgan va yaxshi yoʻnilgan boʻlishi kerak.
217. Metalni kesishda foydalaniladigan kreysmesellar, zubila va boshqa qoʻl asboblari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
kesadigan qismlarida buzilishlar boʻlmasligi;
yon tomonlaridagi tutish joylarida oʻtkir qirralarga ega boʻlmasligi;
orqa tomonlari silliq boʻlib darzliklar, burma kertiklar, yoriqlarga ega boʻlmasligi;
asbobning uzunligi 150 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
218. Qoʻl asboblari bilan metalni kesishda ishchilar saqlovchi koʻzoynaklar taqishi lozim. Tor joydagi qoʻshilgan ish joylarini himoya toʻsiqlari bilan ajratish zarur.
219. Gayka kalitlari gayka oʻlchamlariga mos kelishi kerak. Kalitlarning ishchi yuzalari urilmagan, dastalari esa burma kertiklarga ega boʻlmasligi zarur. Gayka va kalit orasiga metall plastinkalarni qoʻyib burab ochish va qotirish, shuningdek boshqa kalit va quvur boʻlagi bilan dastasini uzaytirish taqiqlanadi.
220. Montaj jarayonida teshiklarni moʻljalga keltirishda qoʻllaniladigan qoʻl asboblarining uchlari urilmagan yoki egilmagan boʻlishi kerak.
5-bob. Yuklarni ortish va tushirish hamda tashish ishlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
221. Yuklarni ortish va tushirish hamda tashish ishlari Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalariga (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
222. Yuklarni ortish va tushirish maydonchalari toza va tartibli saqlanishi, toʻsib qoʻyilmasligi va narsalar bilan tirband qilinmasligi kerak.
223. Yuklarni ortish va tushirish maydonchalarida koʻtarma transport vositalarining harakatlanishi korxona maʼmuriyati tasdiqlagan sxema boʻyicha tashkil qilinishi lozim. Maydonchaning tegishli joylarida “Kirish yoʻli”, “Chiqish yoʻli” va “Qayrilib olish” belgilari hamda transport vositalarining harakatlanish tezligini chegaralovchi belgilar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
224. Qishki mavsumda yuk ortish va tushirish maydonchalari qor va muzlardan muntazam tozalanishi, odamlar koʻp qatnaydigan joylarga esa qum sepilishi zarur.
225. Maydonchada relsli yoʻllarning avtomobil yoʻllari bilan kesishish soni kam boʻlishi kerak. Kesib oʻtish joylaridagi yoʻlning kengligi kamida 4,5 m boʻlishi lozim.
226. Tarali yuklarni ortish va tushirish maydonchalarida balandligi avtomobil platformasi balandligiga teng estakadalar oʻrnatish tavsiya etiladi.
227. Uzun oʻlchamli yuklarni (quvurlar, yogʻochlar, toʻsinlar va boshqa) tashishda qisqich tarzidagi maxsus qisish moslamalarini qoʻllash tavsiya etiladi. Bunda lom va belkurak dastaklarini qoʻllash taqiqlanadi.
228. Uzun oʻlchamli yuklarni yelkada tashiganda, ishchilar yukni bir xil yelkalariga (oʻng yoki chap) qoʻyishlari va bir xil qadam tashlashlari kerak. Yukni koʻtarish va tushirish ish rahbarining koʻrsatmasi bilan amalga oshiriladi.
229. Ish boshlanishidan oldin ish rahbari qoʻllanilayotgan moslamalarning (taxta zina, koʻprikchalar, xodachalar, richaglar, tayanchlar va boshqa) sozligini tekshirishi lozim.
230. Yuklarni ortish va tushirish ishlari katta hajmdagi yuklarda mexanizatsiyalashgan usullar bilan (kranlar, yuklovchilar va boshqa), uncha katta boʻlmagan hajmdagi yuklarda kichik mexanizatsiya vositalari bilan (blok, tal, yuk koʻtarish mexanizmi va boshqa) amalga oshirilishi lozim. 50 kg dan ogʻir yuklarni 3 m dan yuqoriga koʻtarishda yuk ortish va tushirish ishlarini mexanizatsiyalashgan usulda bajarish majburiy hisoblanadi.
231. Yuk koʻtarish mexanizmi bilan yuklarni koʻchirishga, yukning ogʻirligi yuk koʻtarish mexanizmining yuk koʻtarish qobiliyatidan oshmagandagina ruxsat berilishi mumkin. Strelali kranlarda strelaning qulochi, tayanchlar va posangi hisobga olinishi kerak.
232. Yuk koʻtarish mexanizmlarini ishlatishda uning pasportida va ishlatish yoʻriqnomasida bayon qilingan talablar buzilmasligi kerak.
233. Yuklarni ortish va tushirish ishlarida qoʻllaniladigan yuk koʻtarish mexanizmlari, changak va arqonlar ishga yaroqli, texnik shahodatlashdan oʻtgan boʻlishi lozim. Ishlab turgan yuk koʻtarish mexanizmlarida aniq belgilangan roʻyxat (inventar) raqami, yuk koʻtarish qobiliyati va keyingi texnik shahodatlanish sanasi yozilgan boʻlishi kerak.
234. Yuklarni ortish va tushirish maydonchasida transport vositalarining harakatlanish xavfsizligi taʼminlangan boʻlishi lozim.
235. Ogʻir va qoʻpol yuklarni ortish va tushirish hamda tashish ishlari maʼmuriy-texnik xodimlar ichidan maxsus tayinlangan xodimning bevosita rahbarligi ostida amalga oshirilishi zarur.
236. Ish rahbari ish boshlanishidan oldin yuk koʻtarish mexanizmlari va takelaj moslamalarining holatini tekshirishi lozim. Nosoz mexanizmlar va takelaj moslamalari bilan ishlash taqiqlanadi.
237. Balandligi 1,5 m dan yuqori boʻlgan shtabellarda ishlaganda, bir shtabeldan ikkinchisiga oʻtish uchun koʻchma maydonchalar va qoʻshoyoqli narvonlarni qoʻllash zarur.
238. Avtomobillarda, traktor tirkamalarida, vagonlarda va boshqa transport vositalarida tashiladigan yuklarning siljishi, agʻdarilishi va tushib ketishining oldini olish uchun yuklar ishonchli mahkamlangan boʻlishi kerak.
2-§. Avtomobil transporti vositalariga yuklarni ortish va tushirish ishlari
239. Agar tashilayotgan yuklarni yuklovchi kuzatishi zarur boʻlsa, u holda uning xavfsizligi taʼminlanishi kerak. Kuzatuvchining kuzovda, zinada turishi va bortda oʻtirishi taqiqlanadi.
240. Kuzovga joylashtirilgan yukning yuqori chegarasi koʻprik osti chegarasi va tonnellardan oʻtish joylari balandligidan oshmasligi kerak.
Oʻralmaydigan yuklarni avtomobilga yuklashda u kuzov bortidan oshib ketmasligi va kuzovning barcha maydoni boʻyicha bir tekisda joylashtirilishi kerak. Kuzov bortidan chiqib ketgan donali yuklarni kanat yoki arqonlar bilan mustahkam bogʻlash zarur. Bunda metall arqon va simlardan foydalanish taqiqlanadi.
241. Qutili, bochkali va boshqa donali yuklar zich, oraliqlarsiz joylashtirilishi, mahkamlanishi yoki harakatlanganda (keskin tormoz berilganda, joydan koʻzgʻalganda va keskin burilishlarda) yuk kuzov poli boʻyicha siljimaydigan qilib bogʻlanishi kerak. Yuklar orasida boʻsh joy mavjud boʻlsa, ular orasiga mustahkam yogʻoch qistirmalari yoki tirgaklar tiqib qoʻyish lozim.
242. Chang chiqaradigan yuklarni chodir va zichlagichlar bilan jihozlangan transport vositalarida tashishga ruxsat beriladi. Yogʻoch kuzovlarda issiq yuklarni tashish taqiqlanadi.
243. Gabariti 2 m va undan uzun yuklar tirkamali avtomobillarda tashiladi. Turli uzunlikdagi yuklarni bir vaqtda tashiganda kalta oʻlchamli yuklarni eng ustiga joylashtirish kerak.
244. Uzun oʻlchamli yuklarni (quvur, rels, xoda va hokazo) tirkamali avtomobillarga yuklaganda, burilish va orqaga qayrilishda yuklar avtomobil kabinasi orqasida oʻrnatilgan shchitga tegmasligi uchun, shchit bilan yuklarning uchlari orasida boʻshliq qoldirish zarur. Tormoz berilganda va qiyalikda yurganda, yuklarni siljishining oldini olish uchun yuklar ishonchli mahkamlangan boʻlishi lozim.
245. Transport vositasining oldi yoki orqa tomonidan 1 m, gabarit chiroqlarining tashqi qirralaridan 0,4 m chiqib turgan yuklar, kunduz kuni transport vositasining oldi yoki orqa tomonidan ogohlantiruvchi bayroqchalar bilan belgilanishi lozim. Sutkaning qorongʻi paytida yoki koʻrinish masofasi yetarli boʻlmagan sharoitda yorugʻlik qaytaruvchi moslamalar va old tomonida oq, orqa tomonida qizil rangli chiroqlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
246. Balandligi yoʻl sathidan 4,5 m va undan baland yuklarni tashish vaqtida yukli transport vositasining oldida harakatlanayotgan kuzatuvchi transport vositasiga bitta yoki ikkita ogohlantiruvchi sariq rangli chiroqcha oʻrnatilishi lozim, bu chiroqlar tunda yoki koʻrinish yetarli boʻlmagan sharoitlarda yoqiladi. Chiroqchalar tashilayotgan yuk hajmining yuqori chegarasidan 5 — 10 sm baland qilib oʻrnatilishi va ular asosiy transport vositasi haydovchisiga koʻrinib turishi kerak.
247. Avtopoyezdning uzunligi 20 m dan ortiq boʻlsa, transport vositasining orqa tomoniga maxsus taxtacha oʻrnatiladi. Unda avtopoyezdning haqiqiy uzunligini koʻrsatuvchi yozuv boʻlishi zarur.
248. Yarim tirkamalarga yuklarni yuklash tirkamalarning old tomonidan (agʻdarilib ketmasligi uchun), yuklarni tushirish esa orqa tomonidan boshlanishi kerak.
249. Yuk ortish va tushirish maydonchalarida yuklarni ortish va tushirish uchun: transport vositalari kolonnasida transport vositalarining ketma-ketligi orasidagi masofa — kamida 10 m, yuk ortish va tushirish maydonchasidagi transport vositalari orasidagi masofa — kamida 1,5 m, ombor devori bilan transport vositalari orasidagi masofa — kamida 0,5 m, yuk shtabeli bilan transport vositalari orasidagi masofa — kamida 1 m boʻlishi lozim.
Yuklarni estakada, platforma, balandligi kuzov poli yuzasiga teng rampalardan ortish va tushirishda, avtomobil ularga juda yaqin kelishi kerak. Avtomobil kuzovi va platforma estakada, rampa balandligi bilan bir xil boʻlmagan hollarda traplar, xodacha va shunga oʻxshash jihozlardan foydalanish zarur.
250. Yuk koʻtarish mexanizmlari yordamida materiallarni transport vositalariga yuklashda xodimlar transport vositasining kuzovida yoki koʻtarilgan yuk ostida, haydovchi transport vositasining kabinasida boʻlishi taqiqlanadi. Bunda yuk uzun dastakli changaklar bilan yoʻnaltirilishi lozim.
251. Payvandlash bazalarida quvurlar seksiyasini yuklash va ularni trassada tushirish kranlar yoki universal ilgakli quvuryotqizgichlar bilan bajarilishi kerak.
252. Quvurlar seksiyasini transport vositasiga yuklashdan oldin, tirkamaning gʻildiraklari ostiga uning yurib ketishiga qarshi tayanch (boshmoqlar) qoʻyilishi zarur.
253. Quvurlar seksiyasini ikki bosqichda yuklashda dastlab seksiyaning oldingi uchini transport vositasining egariga, orqa uchini esa tirkama egariga joylashtirish lozim.
254. Avtopoyezdlarni ulash haydovchi, ulovchi xodim va ularning ishini muvofiqlashtiruvchi shaxs bilan bajariladi.
255. Quvur va quvurlar seksiyasini avtopoyezdlarda tashishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
quvur va quvurlar seksiyasini ishonchli mahkamlab joylash, ularning old va orqa uchlarini avtomobil yoki shatak egariga mahkamlab bogʻlash;
kabinaning orqa devoridan 0,5 m masofada qalinligi 8 — 10 mm poʻlat shchit oʻrnatish;
avtopoyezdning tirkamasi va shataklagichini poʻlat arqon bilan ishonchli ulash;
quvurlar va seksiyalarni orqa tomondan qizil bayroqchalar, sutkaning qorongʻi paytida va koʻrinishi 20 m dan kam boʻlgan kunduzgi paytlarda qizil chiroqlar bilan belgilash.
256. Quvurlar seksiyasini avtopoyezddan traktor yoki boshqa transport vositalari bilan sudrab tushirish taqiqlanadi.
3-§. Temir yoʻl transportiga yuklarni ortish va tushirish ishlari
257. Vagonlarda yuklarni oʻz-oʻzidan siljishining oldini olish uchun ular mahkamlangan boʻlishi kerak.
258. Yuklarni ortish va tushirish maydonchasi boʻylab vagonlarni lokomotivlar bilan siljitish kerak. Vagonlarni qoʻlda siljitish, shuningdek ularni yoʻnalishga qarshi harakatlantirish va relssiz transport (traktor, avtomobil, kran va boshqa) vositalari yordamida siljitish taqiqlanadi.
259. Yuklarni ortish va tushirishga qoʻyilgan vagonlar maxsus boshmoqlar bilan toʻxtatib qoʻyilishi kerak. Vagonlarning gʻildiragi ostiga taxta, gʻisht va boshqa predmetlar qoʻyib, toʻxtatib qoʻyish taqiqlanadi.
260. Yopiq vagonlarning eshiklarini yopishda qoʻlni qisib olmaslik uchun maxsus richaglardan foydalanish zarur.
261. Elektrlashtirilgan yoʻllarda kuchlanishni uzib tashlamaguncha vagonlarga strelali kranlar bilan yuk ortish yoki tushirish taqiqlanadi. Elektrlashtirilgan qoʻshni temir yoʻllarda turgan vagonlardan yuklarni kranlar bilan tushirish, qoʻshni yoʻlda kuchlanish ostida turgan simlarga kran yoki yuk qismlarini 2,0 m dan kam masofada yaqinlashishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Aks hollarda qoʻshni temir yoʻl elektr tarmogʻidan uzilgan boʻlishi lozim.
262. Quvurlar va boshqa uzun oʻlchamli yuklarni ikki qatorda turgan platforma va yarimvagonlardan bir vaqtning oʻzida tushirish mumkin emas.
263. Yarimvagonlardan quvurlarni tushirishni kranlar ishini xavfsiz bajarishga javobgar kran mashinisti va toʻrt nafar ilgakchilar bajarishi, ulardan ikki nafari yarimvagonda quvurlarni ilgaklash bilan band boʻlishi kerak.
264. Vagonga chiqish uchun yoniga qoʻyiladigan yoki maydonchali narvonlardan foydalanish zarur.
265. Brigadaning barcha aʼzolari xavfsiz joyga ketganlaridan keyin quvurlarni koʻtarish haqida avtokran mashinistiga signal berish kerak. Quvurlarni koʻtarishda va siljitishda ilgakchilarning yarimvagonda turishlari taqiqlanadi.
266. Diametri 300 mm dan yuqori boʻlgan poʻlat quvurlarni avtomatik changallab, shtabel egariga taxlash kerak. Bunda quvurlar xodimlarning xavfsizligini taʼminlovchi maxsus moslama bilan mahkamlanishi kerak. Avtomatik changallash moslamasi boʻlmaganda, quvurlarni balandligi 3 m dan ortiq boʻlmagan shtabellarda jihozlangan tayanch boshmoqlari bilan mahkamlash lozim. Faqat zavodda ishlab chiqarilgan jihozlardan foydalanish zarur.
267. Quvur shtabellari toʻgʻri qatorda joylashtirilishi kerak. Shtabellar orasida transport vositalari hamda yuk ortish va tushirish mexanizmlarining oʻtishi uchun joy qoldirilishi, uning kengligi koʻrsatilgan vositalarning gabaritlariga mos boʻlishi, bunda ikkala tomondan 1 m dan kam boʻlmagan erkin oʻtish yoʻllari qoldirilishi lozim.
268. Temir yoʻllar yaqinida quvurlarni taxlashda shtabelning cheti bilan eng yaqin turgan rels orasidagi masofa 2,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
4-§. Choʻl hududlarida odamlar va yuklarni tashish
269. Transport vositalari haydovchilari choʻl hududlaridagi aholi punktlarining joylashish sxemasi, oʻtiladigan yoʻllar, suv taʼminoti manbalari va boshqa inshootlar, shuningdek yuklarni tashishning oʻziga xos sharoitlari bilan tanishtirilgan boʻlishi kerak.
270. Choʻl hududlaridagi avtomobil yoʻllarida harakatlanish tartibi va toʻxtash punktlarigacha boʻlgan masofalarni koʻrsatuvchi belgilar oʻrnatilishi zarur.
271. Transport vositalarini yoʻlga chiqarishdan oldin zarur jihozlar va oʻtuvchanligi yuqori vositalar (shataklar, taxtalar, brusslar, matlar, oʻzi chiqaruvchi-yakorlar, botib qolishga qarshi vositalar va boshqalar) bilan taʼminlash kerak.
272. Choʻl yoʻllarida bitta avtomobil va boshqa transport vositalarida yurish taqiqlanadi. Guruhda ikkitadan kam boʻlmagan transport vositalari boʻlishi, ular bilan doimiy aloqa oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
273. Qumloq va chang yoʻllar boʻylab kolonnalarda harakatlanganda, transport vositalari orasidagi masofa oldinda ketayotgan transport vositasidan chiqayotgan changli toʻzon chegarasidan yaqin boʻlmasligi kerak.
Haydovchi va mashinistlar chang hududiga tushib qolsalar, transport vositasi harakati tezligini kamaytirishlari zarur.
274. Transport vositalarining qiyaligi 200 dan yuqori qum uyumlari boʻylab harakatlanishi taqiqlanadi.
6-bob. Payvandlash-montaj ishlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
275. Quvurlarni payvandlashga maxsus oʻquv kurslarida oʻqigan, payvandlovchi guvohnomasini olgan, kirish yoʻl-yoʻriqlaridan va ish joyidagi yoʻl-yoʻriqdan oʻtgan, shuningdek mehnat muhofazasi boʻyicha bilimlari tekshirilgan va quvurlarni payvandlashga doir imtihon topshirgan shaxslar qoʻyiladi.
276. Payvandlash ishlarini oʻtkazish joylari yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari (yongʻin oʻchirgichlar, belkurak, qumli qutilar va boshqalar) bilan taʼminlanishi kerak. Payvandlash ishlari bilan mashgʻul barcha xodimlar yongʻinni oʻchirish vositalarini ishlatish boʻyicha oʻqitilgan boʻlishlari lozim.
277. Payvandlovchilar erigan metall zarralarining sachrashi va payvandlash yoyi (ultrabinafsha va infraqizil) nurlanishlaridan saqlanish uchun belgilangan normalar boʻyicha yongʻinga qarshi vositalar bilan shimdirilgan kiyimlar, maxsus poyabzal, boʻyin va yelkani yopib turuvchi maxsus bosh kiyimlarni kiyishlari va yuz, koʻzlarni himoyalovchi maskalar yoki yorugʻlik filtrli koʻzoynaklarni taqishlari zarur.
278. Payvandlovchining ish joyi quyosh nurlaridan, atmosfera yogʻingarchiliklaridan va kuchli shamoldan himoyalangan boʻlishi kerak.
279. Shamolning tezligi 10 m/sek dan yuqori boʻlganda, shuningdek yogʻingarchilik paytlarida ochiq maydonlarda payvandlash ishlarini oʻtkazish taqiqlanadi.
280. Kuchlanish ostida boʻlgan payvandlash agregatlari, payvandlash transformatorlari va boshqa apparatlarning korpuslari yerga tutashtirilgan boʻlishi zarur.
281. Bir necha agregatlarni yerga tutashtirish uchun bitta yertutashtirgich moslamasidan foydalanish taqiqlanadi.
282. Tutashmalarni montaj va payvandlash ishlari bajariladigan hududda begona shaxslar yoki ushbu ishlarga bevosita aloqasi boʻlmagan shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
283. Quvur uchidagi ezilgan joylar maxsus moslama va koʻtargichlar yordamida toʻgʻrilanishi kerak. Bunda yigʻish va payvandlashga tayyorlanayotgan quvurlar, quvurlar seksiyasi, payvandlangan hamda ortishga tayyorlab qoʻyilgan quvurlar tayanch boshmoqlar bilan mahkamlanishi lozim.
284. Bogʻlanuvchi uchlarning quvur tarmogʻiga ulanish joylarida quvur uchlarini har qaysi tomoniga transheyani 1,5 m ga kengaytirib kotlovan qazilishi zarur. Kotlovanning chuqurligi transheya chuqurligiga teng boʻlishi, uzunligi esa 2,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Kotlovanda quvurlarning oʻzaro payvandlanish joylarida 0,5 m li chuqurcha qazilishi lozim.
285. Kotlovanda bogʻlamalar uchlarini markazlashtirishda quvur uchlarini koʻtarish va tushirishga oid barcha jarayonlar bevosita usta yoki brigadir rahbarligi ostida amalga oshirilishi kerak. Ishlash uchun kerakli asboblarni transheya yoki kotlovan chetidan kamida 0,5 m masofada joylashtirish lozim.
Barcha materiallar va asboblarni transheya yoki kotlovan tomondagi tuproq uyumiga taxlash taqiqlanadi.
286. Gazda kesuvchi ishchi bilan elektr payvandlovchining bir vaqtning oʻzida kotlovanda ishlashi taqiqlanadi.
287. Egik tutashmalarni payvandlashga payvandlanadigan quvurlarning uchlari ishonchli mahkamlangandan soʻng ruxsat etiladi.
288. Payvandlash agregatini qoʻshish va ajratish dizelchi, elektr qismini taʼmirlash esa elektr montyor tomonidan amalga oshirilishi lozim.
289. Ish toʻxtatilganda payvandlash agregati tarmoqdan uzilishi, tanaffus vaqtlarida esa kabellar oʻrab qoʻyilishi va maxsus ajratilgan joyda saqlanishi zarur.
2-§. Buralmaydigan tutashmalarni payvandlash
290. Buralmaydigan tutashmalarni payvandlashda xavfsiz va qulaylik uchun himoyalovchi tayanch jihozlari payvandlash tutashmalarining ikkala tomonidan shunday oʻrnatilishi kerakki, unda tuproq yuzasi va qoʻyilayotgan quvur orasidagi masofa 500 mm dan kam boʻlmasligi kerak. Payvandlash ishlarida tuproqli va qorli tirgaklardan foydalanish taqiqlanadi.
291. Boʻylama nishabligi 100 dan ortiq ichki markazlashtirgichlar bilan ishlaganda, markazlashtirgichni quvur bilan ildirilishini oshirishda qoʻshimcha tormoz vositalarini ishlatish kerak.
292. Tashqi markazlashtirgichni oʻrnatgandan keyin buralmaydigan tutashmalarni payvandlashga faqat uni vintli qisqich bilan mahkamlangandan keyingina ruxsat etiladi.
293. Payvandlangan quvur tarmogʻini transheya chetidan 1,5 m masofada joylashtirish, koʻndalang nishabligi 70 dan ortiq joylarda esa dumalashga qarshi anker moslamalari bilan mahkamlash kerak.
294. Uzunligi 30 m dan kam boʻlmagan quvuroʻtkazgich tarmoqlarining transheyaga tushirilgan uchlarini tuproq bilan koʻmish mumkin emas. Berkitish armaturalarini ulash va ilintirish joylarida payvandlash tutashmalaridan barcha yoʻnalishlarga 2 m oʻlchamdagi kotlovan qazilishi kerak. Kotlovanda tutashmani payvandlash joyida 0,7 m li chuqurcha qazilgan boʻlishi kerak.
295. Qiyshiq qoʻyiladiganlar, katushkalar, berkitish armaturalari va ilintirgichlarni montaj qilish va payvandlashda barcha ishlar bevosita ish yurituvchi yoki usta rahbarligida oʻtkazilishi lozim.
296. Buralmaydigan tutashmalarni ostidan payvandlashda payvandlovchi namlik va sovuqdan saqlanishi uchun himoyalovchi gilamchalardan foydalanishi kerak.
297. Quvur ichki chokini qoʻlda elektr yoyli payvandlashga, oxirgi quvurning ichki diametri 1020 mm dan kam boʻlmaganda, quyidagi xavfsizlik talablariga rioya etilgan holda ruxsat etiladi:
payvandlash uchun elektr kabeli toksizlantirilgan holatdagina maxsus telejkalarda quvur ichida 36 m masofagacha harakatlanish mumkin;
quvur ichida yoki shlem-niqob ostida havoning zararli gazlar bilan ifloslanishi GOST 12.1.005-88 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Ishchi hudud havosiga qoʻyiladigan umumiy sanitariya-gigiyenik talablar”ga muvofiq ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshmasligi kerak;
maʼmuriyat havo muhitidagi zararli gazlar konsentratsiyalarini muntazam ravishda oʻlchashni tashkil etishi zarur;
quvur ichidagi havoning harakatlanish tezligi 0,3 — 1,5 m/sek atrofida boʻlishi kerak;
quvur tashqarisida doimo ikki nafar ishchi kislorodli himoyalovchi gazniqob bilan boʻlishlari lozim;
kuzatuvchilar va quvur ichida ishlayotgan ishchi oʻrtasida signalli aloqa oʻrnatilishi kerak;
agar quvur ichida ishlayotgan ishchiga yordam koʻrsatish zarur boʻlsa, kuzatuvchi kislorodli himoyalovchi gazniqobni kiyib quvur ichidagi ish joyiga borishi lozim;
quvur ichini 12 V kuchlanishli yoritqichlar yordamida yoritish kerak;
elektr payvandlovchi rezina gilamchada, dielektrik kalish va qoʻlqoplarda, shuningdek, arqonli saqlovchi kamarlarda ishlashi kerak;
issiq kunlarda quvur ichidagi havoning harorati tashqi havo haroratidan oshmasligi lozim.
3-§. Payvandlash-montaj bazasida quvurlar seksiyasini tayyorlash
298. Quvurlarni payvandlash bazalarida har smenada kranlar bilan ishlarni xavfsiz bajarishga javobgar shaxs tayinlanishi kerak. Javobgar shaxs etib, tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan, muhandis-texnik xodimlardan biri tayinlanadi.
299. Quvurlarni payvandlash bazasini joylashtirish uchun kirish yoʻli qulay boʻlgan tekis maydon tanlanishi kerak. Maydonda yuza oqova suvlarning oqib ketishi uchun suv chetlatgichlar nazarda tutilishi zarur. Maydonning nishabligi 20 dan yuqori boʻlmasligi kerak.
300. Qurilma va boshqa uskunalarni maʼlum bir ketma-ketlikda, quvurlarni payvandlash bazalarini montaj qilish va foydalanish boʻyicha talablarga muvofiq montaj qilish kerak.
Payvandlash stendlaridan:
quvur taxlamlarigacha 30 m dan kam boʻlmasligi;
yonilgʻi-moylash materiallari omborigacha 80 m dan kam boʻlmasligi;
xodimlarning isinish xonalarigacha 40 m dan kam boʻlmasligi;
ampulalar saqlanadigan joylargacha 70 m dan kam boʻlmasligi;
payvandlangan birikmalarning sifatini nazorat qilish stendlarigacha 50 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Qurilmalar, agregatlar va uskunalar orasidagi oʻtish joylari 5 m dan kam boʻlmasligi lozim.
301. Gazli ballonlarni saqlash uchun vaqtinchalik omborlar ish bajariladigan joylar va olov manbalaridan (payvandlash ishlari, chekish joylari va boshqalar) 50 m dan kam boʻlmagan masofalarda qurilishi kerak.
302. Quvurlarni payvandlash bazalari ichida transport va qurilish mashinalarining xavfsiz harakatlanishi uchun bir tomonlama harakatlanishda eni kamida 4,5 m, ikki tomonlama harakatlanishda kamida 6,2 m boʻlgan yurish joylari qurilishi kerak.
Yurish joylaridagi burilish maydonchasining radiusi 15 m dan kam boʻlmasligi, transport vositalarining harakatlanish tezligi 5 km/soat dan oshmasligi va bu haqda yoʻl belgilarida koʻrsatilishi zarur.
Ariq va suv oqish yoʻllari ustidan oʻtish joylariga eni 0,8 m, ikkala tomonidan balandligi 1 m dan kam boʻlmagan toʻsqichli koʻprikchalar oʻrnatilishi kerak.
303. Payvandlash stellajlari qattiq payvandlangan metall konstruksiyalardan tayyorlanishi lozim.
Payvandlash stellajlarining ishchi yuzalari gorizontal nivelirlangan boʻlishi, uning gorizontalligi har uch oyda tekshirib turilishi zarur.
Stellajlardagi xodimlar uchun oʻtish joylari narvon va toʻsqichli zinalar bilan jihozlanishi lozim.
304. Sutkaning qorongʻi paytida ishlarni bajarishda oʻtish, yurish yoʻllari va taxlash joylarining yoritilganligi 10 lk dan kam boʻlmasligi, payvandlash-montaj ishlari bajarilganda esa 20 lk dan kam boʻlmasligi kerak.
305. Odamlar uchun xavfli boʻlgan payvandlash-montaj bazasida joylashgan hududlar maxsus xavfsizlik belgilari, ogohlantiruvchi yozuvlar va signalli toʻsiqlar bilan belgilanishi lozim. Bunday hududlarga quyidagilar kiradi:
isteʼmol manbalarining (transformator podstansiyalari, payvandlashning isteʼmol manbalari, tok uzatish simlari, kabellar va boshqalar) himoyalanmagan tok yurituvchi qismlari yaqinidagi hududlar;
quvur, mashina va uskunalarni koʻchirish, siljitish;
yuklarni ortish va tushirish ishlarini bajarish;
quvurlarni taxlash;
quvurlar seksiyasini dumalatib tushirish;
gamma-rentgen-defektoskoplar yordamida quvur tutashmalarini tekshirish.
306. Payvandlash uskunalariga kirish yoʻllari xavfsiz va qulay boʻlishi kerak.
307. Payvandlash bazasidagi barcha elektr uskunalari yerga tutashtirilgan boʻlishi zarur. Yerga tutashtirilmagan elektr uskunalari bilan ishlash taqiqlanadi.
308. Quvurlarni payvandlash bazalaridagi elektr uskunalarning taqsimlash qurilmalari, elektr shchitlar va rubilnik shkaflarining eshiklari doimo qulflangan boʻlishi, kaliti esa elektr montyor (yoki elektr chilangari)da saqlanishi kerak.
309. Quvurlarni payvandlash bazasining elektr montyori (elektr chilangari) ish boshlanishidan oldin tashqi koʻrik yoʻli bilan kabel qoplamalari, simlar, elektr uskunalari va yertutashtirgichlarning holatini tekshirishi zarur.
Agar tekshirish davomida nosozliklar aniqlansa, ularni ish boshlanmasdan oldin bartaraf etish, bartaraf etishning imkoniyati boʻlmaganda esa ish yurituvchi yoki ustaga xabar berish kerak.
310. Uskunadan foydalanganda quyidagilar taqiqlanadi:
kuchlanish ostida profilaktik koʻriklar va taʼmirlash ishlarini oʻtkazish;
klemma qutilarining qopqoqlari yechilganda ishlash, shuningdek kuchlanishni uzmasdan turib shtekerli ajratgichlarni ajratish.
Koʻrsatilgan ishlar elektr uskunalari kuchlanishdan uzilgandan keyin bajarilishi zarur.
311. Quvurlarni payvandlash bazasidagi yongʻinga qarshi shchitlar yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari (oʻt oʻchirgichlar, kigiz, belkurak, bolta, ilgaklar, qumli qutilar va boshqalar) bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
312. Quvurlarni payvandlash bazasining elektr uskunalariga xizmat koʻrsatuvchi elektr montyori (elektr chilangari) elektr asboblar jamlanmasi, elektr uskunalarning sxemalari va yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishlari lozim.
313. Momaqaldiroq yaqinlashishi bilan payvandlash bazalarida ishlarni toʻxtatish va xodimlarni xavfsiz joylarga chiqarish zarur.
Momaqaldiroq vaqtida baland daraxtlar ostida, pichan gʻaramlari, yashin qaytargichlar, simyogʻochlar tagida yoki ochiq tekis joylarda qurilgan minoralar va boshqa baland predmetlar oldida turish taqiqlanadi.
Momaqaldiroq vaqtida odamlar turishi kerak boʻlgan joylar oldindan belgilanishi va xodimlar bu haqda ogohlantirilgan boʻlishlari kerak.
314. Elektr tokidan jabrlanishdan saqlanish uchun quyidagi xavfsizlik talablarini bilish va bajarish zarur:
elektr lampochkalarini faqat elektr tarmogʻidan uzilganda burab yechish va burab qotirish;
uzilgan elektr simlar va elektr dvigatellarning korpuslari yertutashtirgich moslamalarining nosozligi tufayli kuchlanish ostida boʻlishi mumkinligi sababli, ularga tegmaslik;
elektr tarmogʻi yoki elektr uskunalaridagi tuzatish ishlarini elektr montyor tomonidan bajarish, bunda rezinali dielektrik qoʻlqoplar ishlash va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini qoʻllash;
faqat zavodda ishlab chiqarilgan metall himoya toʻrli koʻchma qoʻl yoritqichlardan foydalanish. Bunda quvurlarni payvandlash bazalarida bunday yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan yuqori boʻlmasligi, yoritqichlarning shlangli simlari esa maxsus vilkalar bilan taʼminlangan boʻlishi, ular kuchlanishi 12 V dan yuqori boʻlgan tarmoqlarga ulanmasligi kerak;
elektr uskunalaridan ajratilgan simlarning ochiq uchlarini ishonchli izolyatsiya qilish;
izolyatsiyalangan elektr simlarini 2,5 m dan baland joylarga ildirish zarur boʻlsa, ularning kuchlanishi 42 V dan yuqori boʻlmaganligiga ishonch hosil qilib, quvurlar yoki qutilar ichiga joylashtirish.
315. Quvurlarni payvandlash bazalarida quyidagi xavfsizlik talablariga rioya etilgandagina qoʻl elektr asboblari bilan ishlashga ruxsat etiladi:
elektr asbobining kuchlanishi 42 V dan yuqori boʻlmasligi;
42 V dan yuqori kuchlanishda ishlayotgan elektr asbobining korpusi yerga tutashtirilgan boʻlishi;
yomgʻir yoki qor yoqqanda elektr asboblari bilan faqat ayvon ostida va dielektrik qoʻlqoplarda ishlash.
316. Quvurlarni payvandlash bazalari hududida quyidagi xavfsizlik talablariga rioya etish zarur:
maydonning faqat oʻtish uchun ajratilgan qismidan yurish;
harakatlanayotgan transport vositalari, ishlayotgan yuk koʻtarish kranlari va mexanizmlarining signallariga diqqatli boʻlish;
koʻtarilayotgan yoki koʻchirilayotgan yuklarning ostida turmaslik;
transport vositalarini yonilgʻi bilan nasoslar yordamida va yonilgʻi quyish uchun maxsus ajratilgan joylarda toʻldirish, bu joylar yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi;
yonilgʻi-moylash materiallarini suv bilan oʻchirmaslik, ushbu maqsadlarda oʻt oʻchirgichlar, tuproq, kigiz, brezentlardan foydalanish;
transport vositalarining yonilgʻi-moylash materiallari bilan ifloslangan qismlarini quritib artish;
yonilgʻi-moylash materiallari bilan toʻldirilgan idishlarni faqat maxsus kalitlar bilan ochish, ularni ochishda uchqun chiqaruvchi moslamalardan foydalanmaslik.
317. Quvurlarni payvandlash bazalaridagi har bir xodim ish boshlanishidan oldin quyidagilarga amal qilishi zarur:
maxsus kiyimlarni kiyish va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalariga ega boʻlish;
ish va oʻtish joylarini tartibga keltirish, ish joyini chiqindi va begona predmetlardan tozalash;
uskunalar, jihozlar va boshqa moslamalarning holatini tekshirish, oʻz kuchi bilan bartaraf etish imkoniyati boʻlmagan kamchiliklar aniqlanganda, ustaga (ish yurituvchi, uchastka boshligʻi) xabar berish va ular bartaraf etilmaguncha ishni boshlamaslik.
318. Bazaning alohida uzellari, agregatlari va oʻzaro harakatdagi tizimlar ishini tekshirish uchun undan foydalanishdan oldin chiniqtirish kerak.
319. Chiniqtirishdan oldin baza tashqi koʻrikdan oʻtkazilishi va quyidagilar tekshirilishi zarur:
mahkamlagichlarning yaxshi burab qotirilganligi;
shtekerli ajratgichlarning toʻgʻri ulanganligi;
reduktorlardagi moy sathi;
ishqalanadigan detallar va gidravlik tizimdagi moylanishlar.
Agar gidravlik tizimdagi moy begona aralashmalar bilan ifloslangan boʻlsa, uni toʻldirish taqiqlanadi.
320. Quvurlarni payvandlash bazasi salt yurishda chiniqtirilgandan keyin, ishchi yuklanish ostida sinalishi kerak.
7-bob. Quvurlarni korroziyadan himoyalashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
321. Elektr kimyoviy himoya vositalarini tanlash inshootlarning joylashish sharoitlarini va ularning metallariga nisbatan muhitning korroziyali faolligi haqidagi maʼlumotlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
322. Quvur va aloqa kabellarini birgalikda himoya qilishda quvurlardan kabel qobigʻiga tok oʻtishining oldini olish uchun ventil qurilmasi potensial tekislovchi elektr tutashtirgichlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
323. Anodli yertutashtirgich va protektorlarni oʻrnatish, solishtirma qarshiligi eng kam boʻlgan, tuproqning muzlash chuqurligidan pastda koʻzda tutilishi kerak. Drenaj kabelining anodli yertutashtirgich joyi tanituvchi belgi bilan koʻrsatilishi lozim.
324. Katod va drenaj himoya stansiyasining atrofi toʻsilgan boʻlishi kerak.
325. Momaqaldiroq vaqtida katod himoyasi stansiyasida ishlash taqiqlanadi.
326. Magistral neft mahsulotlari quvurlarini qurishda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan ichki korroziyani toʻxtatish va oldini olish choralari koʻrilishi zarur.
8-bob. Qoidalarning buzilishiga javobgarlik
330. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
331. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-bob. Yakuniy qoida
332. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston maxsus va montaj qurilish ishlari aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “Oʻzbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2015-yil 20-yanvar
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
2015-yil 20-yanvar
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 20-yanvar
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
2015-yil 20-yanvar
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
2015-yil 20-yanvar
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
2015-yil 20-yanvar
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi v. b. I. TURAMURATOV
2015-yil 20-yanvar
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. KURBANOV
2015-yil 20-yanvar
“Oʻzgidromet” markazi bosh direktori V. CHUB
2015-yil 20-yanvar
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi boshligʻi R. IKRAMOV
2015-yil 20-yanvar
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2015-yil 20-yanvar
“Oʻzmaxsusmontajqurilish” AK boshqaruvi raisi A. SHODIYEV
2015-yil 20-yanvar
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2015-yil 20-yanvar
“Oʻzbekneftegaz” MXK boshqaruv raisi Sh. FAYZULLAYEV
2015-yil 20-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 6-son, 74-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 14.12.2021-y., 10/21/2655-1/1161-son; 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son; 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)