OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 9-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1850-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2021-yil 10-martdagi 28/19-sonli ““Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1850-3, 03.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-iyuldagi 16/2-son qarori (roʻyxat raqami 1850, 2008-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 359-modda) bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalari orqali hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) muvofiq amalga oshiriladi.”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 31-yanvar,
2/5-son
Kelishilgan:
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2015-yil 31-yanvar
Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori S. ABDULLAYEV
2015-yil 31-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 6-son, 69-modda)