04.01.1992 yildagi 498-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 30-sentabrdagi “SSSR Oliy Kengashi palatalari tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasidan vakil qilinayotgan SSSR xalq deputatlari va Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlarining nomzodlari toʻgʻrisida”gi qarorini bekor qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasidan saylangan SSSR xalq deputatlarining vakolatlarini toʻxtatish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi tuzilishi, Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqining amal qilishi toʻxtatilishi munosabati bilan hamda “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3 va 5-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 30-sentabrdagi SSSR Oliy Kengashi palatalari tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasidan SSSR xalq deputatlari va Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlarini vakil qilish toʻgʻrisidagi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining milliy-hududiy va hududiy okruglaridan hamda jamoat tashkilotlaridan saylangan 108 nafar SSSR xalq deputatining vakolatlari toʻxtatilgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
498-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 3-son, 148-modda)