Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 04.02.2015 yildagi PF-4702-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 20.02.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini, “elektron hukumat” tizimi hamda axborot tizimlarini jadal tatbiq etish, telekommunikatsiya infratuzilmasini va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining barcha majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 06/18/5349/0792-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, kompaniyalar va uyushmalarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlarning oʻz vaqtida va toʻla-toʻkis amalga oshirilishi, “elektron hukumat” xizmatlari va axborot tizimlari joriy etilishi uchun shaxsan javobgar boʻladilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda interaktiv davlat xizmatlari tatbiq etilishi darajasi, samaradorligi va sifatiga baho berish natijalari vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar, yirik korxonalar va birlashmalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining egallab turgan lavozimlariga munosib ekanliklarini koʻrib chiqish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi qarori loyihasini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 16-oktabrdagi PF-4475-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin, 4, 5 va 8-bandlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 4-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4702-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 5-son, 52-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 06/18/5349/0792-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)