Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga ichimlik suv taʼminotini va oqova suv xizmatini yaxshilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Aholini sifatli ichimlik suv va oqova suv xizmatlari bilan taʼminlash loyihalarini amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan davlat kapital qoʻyilmalari mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ularni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, manfaatdor vazirliklar, idoralar va hududiy ichimlik suv taʼminoti tashkilotlarining aholini sifatli ichimlik suv va oqova suv xizmati bilan taʼminlash loyihalarining amalga oshirilishida ularning pirovard natijalari yuzasidan masʼuliyatini tubdan oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2015-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi toʻgʻrisida” 2014-yil 17-noyabrdagi PQ-2264-son qaroriga muvofiq aholi punktlarini ichimlik suv va oqova suv xizmatlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga 174,6 mlrd soʻm miqdorida davlat kapital qoʻyilmalari limitlari koʻzda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi dasturlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Maxsus respublika komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tuzilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
davlat kapital qoʻyilmalari mablagʻlari va xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan kreditlari hisobiga amalga oshiriladigan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalar boʻyicha moliyalashtirishni ochish uchun asos hisoblanadigan ichimlik suv manbalari tasdigʻini hisobga olgan holda xulosalar berish;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha yakuniy roʻyxatlarni tasdiqlash;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishi monitoringini ularning loyihadagi parametrlariga va koʻrsatkichlariga erishilishini hisobga olgan holda yuritish;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda loyiha parametrlari va koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlamaganlik sabablarini aniqlash va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish;
tasdiqlangan tarmoq jadvallariga va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini amal oshirishga yoʻnaltirilgan tezkor chora-tadbirlar koʻrish.
3. Quyidagilar:
Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Maxsus respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq;
Aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi aholi punktlarining ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning loyiha-smeta hujjatlari hamda dastlabki manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish boʻyicha doimiy ishlaydigan hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi 4-ilovaga* muvofiq;
Davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga 2015-yilda aholi punktlarining ichimlik suv taʼminoti obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha asosiy parametrlar 5 va 5a-ilovalarga* muvofiq;
2015-yilda aholi punktlarining ichimlik suv taʼminoti obyektlarini ulash manbalari 5b-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari zimmasiga ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun davlat kapital qoʻyilmalari hisobidan ajratilayotgan mablagʻlarni oʻz vaqtida, sifatli va ulardan samarali foydalanilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda aholi punktlarida ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining sifatli ishlab chiqilishini taʼminlasinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Oʻzkommunxizmat” agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
respublika hududidagi ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini amaldagi texnik holatini va taʼminlanganlik darajasini aniqlagan holda yalpi xatlovdan oʻtkazsin;
aholi punktlarining Bosh rejalari bilan bogʻlagan holda viloyatlarning va umuman respublikaning ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati tizimlarini rivojlantirish sxemasini ishlab chiqsin;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati tizimlarini rivojlantirish sxemalari asosida ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli roʻyxatlarini sifatli shakllantirish hamda aholini ichimlik suv bilan taʼminlashni istiqbolli prognozlashtirish maqsadida ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli roʻyxatlari bajarilishi, aholining ichimlik suv va oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinishi monitoringini yuritish uchun doimiy yangilab boriladigan elektron bazani yaratsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi ikki oy muddatda ichimlik suv yer osti manbalarining mavjudligini va moʻljallangan hajmlarini mufassal xatlovdan oʻtkazsin, keyinchalik uning natijalarini ushbu qarorda belgilangan tartibda ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Maxsus respublika komissiyasiga va hududiy komissiyalarga taqdim etsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasining asoslangan takliflariga binoan, 2015-yilda va keyingi yillarda Geologiya-qidiruv ishlari dasturi doirasida yer osti suvlari zaxiralarini baholash va qayta baholash boʻyicha zarur gidrogeologiya tadqiqotlarining moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 3-fevral,
19-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-fevraldagi 19-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Maxsus respublika komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Maxsus respublika komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
3. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
4. Komissiya shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadigan kollegial organ hisoblanadi.
II. Komissiyaning vazifalari
5. Quyidagilar Komissiyaning vazifalari hisoblanadi:
davlat kapital qoʻyilmalari mablagʻlari va xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan kreditlari hisobiga amalga oshiriladigan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalar boʻyicha moliyalashtirishni ochish uchun asos hisoblanadigan ichimlik suv manbalari tasdigʻini hisobga olgan holda xulosalar berish;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha yakuniy roʻyxatlarni tasdiqlash;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishi monitoringini ularning loyihadagi parametrlariga va koʻrsatkichlariga erishilishini hisobga olgan holda yuritish;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda loyiha parametrlari va koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlamaganlik sabablarini aniqlash va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish;
tasdiqlangan tarmoq jadvallariga va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini amal oshirishga yoʻnaltirilgan tezkor chora-tadbirlar koʻrish.
III. Komissiyaning huquqlari va majburiyatlari
6. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
davlat, xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va boshqa tashkilotlardan hamda Komissiya aʼzolaridan zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrab olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari vakillarini, loyihalash, pudrat tashkilotlari, ekspert organlari rahbarlarini, buyurtmachi vakillarini, shuningdek komissiya aʼzolarini uning vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hisobotlarini majlislarida eshitib borish;
qurish va rekonstruksiya qilishning ilgari tasdiqlangan qiymati oʻzgargan taqdirda, tegishli xulosalar mavjud boʻlganda ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarining loyiha va qiymat parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning izchil amalga oshirilishini nazorat qilish.
7. Komissiya quyidagilarga majbur:
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi davlat kapital qoʻyilmalari mablagʻlari va xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan kreditlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha ichimlik suv manbalarining amalda mavjudligi toʻgʻrisidagi materiallar va axborotlarni koʻrib chiqish, shuningdek ular yuzasidan xulosalar bergan holda ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning yakuniy roʻyxatlarini oʻz qarori bilan tasdiqlash, protokol qaror nusxasini Iqtisodiyot vazirligiga yuborish;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishida ularning loyihadagi parametrlari va koʻrsatkichlariga erishilishi asosida monitoring yuritish;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning loyihadagi parametrlari va koʻrsatkichlariga erishilishini doimiy oʻrganish, ularga erishishni taʼminlamaganlik sabablarini aniqlash va bartaraf etish hamda mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
tasdiqlangan tarmoq jadvallariga va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini amal oshirishga yoʻnaltirilgan tezkor chora-tadbirlar koʻrish.
IV. Komissiya faoliyatini tashkil etish
8. Komissiyaga rais boshchilik qiladi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Komissiya majlislarining kun tartibini belgilash va majlislarni chaqirish;
Komissiya qabul qilgan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etish;
Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida Komissiya aʼzolarining ishlarini muvofiqlashtirish;
Komissiyaning samarali ishlashini taʼminlash yuzasidan boshqa harakatlarni bajarish.
9. Komissiya majlislari tasdiqlangan ish rejalariga va jadvalga muvofiq har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Komissiya raisi tomonidan navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin. Komissiya tomonidan, zarurat boʻlganda, vazirliklar, idoralar va Komissiyaga aʼzo boʻlgan boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzilishi mumkin.
10. Komissiya majlisini uning raisi boshqaradi. Komissiya raisi boʻlmagan taqdirda majlisni uning oʻrinbosari boshqaradi. Komissiya majlisi unda aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
11. Komissiya raisi bilan kelishuvga koʻra, obyektiv sabablar bilan majlisda qatnashmayotgan Komissiya aʼzolari ularning majlisda ovoz berish huquqisiz qatnashadigan vakolatli vakillari bilan almashtirilishi mumkin.
12. Komissiya majlisiga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillari va boshqa manfaatdor shaxslar zarur boʻlganda taklif etilishi mumkin.
13. Komissiyaning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat bildirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
14. Komissiya har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
V. Komissiyaning ishchi organi va kotibi
Oldingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
16. Komissiyaning ishchi organi:
navbatdagi davr uchun Komissiyaning ish rejasi loyihasini tayyorlaydi;
Komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi hamda davlat, xoʻjalik boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa tashkilotlardan va Komissiya aʼzolaridan zarur materiallarni va ekspert xulosalarini olish huquqiga ega;
tahliliy materiallarni tayyorlashni va kun tartibidagi masalalar boʻyicha Komissiya majlislarini oʻtkazishni tashkil qiladi;
Komissiyaga koʻrib chiqish uchun axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek uning qarorlariga muvofiq boshqa zarur materiallarni taqdim etadi.
17. Komissiya kotibi:
Komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
ishchi organning Komissiya majlisiga materiallarni tayyorlash boʻyicha ishlarini tashkil qiladi;
majlislarni oʻtkazish muddatlari va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar kontingentini Komissiya raisi bilan kelishadi;
Komissiya aʼzolariga va taklif etiladigan shaxslarga majlisning oʻtkazilish sanasi, vaqti, joyi toʻgʻrisida xabar qiladi;
kun tartibidagi masalalar boʻyicha Komissiya majlislarining oʻtkazilishini tashkil qiladi;
Komissiya protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni Komissiya aʼzolariga, manfaatdor vazirliklarga, idoralarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga hamda boshqa tashkilotlarga yuboradi;
Komissiya qarorlarining bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi va uning natijalarini Komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.
VI. Komissiya majlisiga materiallarni tayyorlash tartibi
18. Taqdim etilgan materiallar ishchi organ tomonidan koʻrib chiqiladi, ishchi organ ularni Komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun rasmiylashtiradi, Komissiya majlisining kun tartibini tayyorlaydi va hujjatlar paketini Komissiya kotibiga taqdim etadi.
19. Komissiya majlisi kun tartibidagi har bir masala boʻyicha hujjatlar paketida barcha zarur materiallar va Komissiya qarori loyihasi mavjud boʻlishi kerak.
20. Komissiya kotibi taqdim etilgan materiallar haqida Komissiya raisiga axborot beradi, Komissiya raisi kun tartibi va taqdim etilgan materiallarni, ular maʼqullangan taqdirda, Komissiya majlisi oʻtkaziladigan vaqt va sanani, shuningdek Komissiya majlisiga taklif etiladigan shaxslarni belgilaydi.
21. Komissiya kotibi ishchi organ bilan birgalikda majlis materiallarining Komissiya aʼzolariga, zarurat boʻlganda esa, majlisga taklif etilgan shaxslarga yuborilishini taʼminlaydi.
VII. Komissiya tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etish
22. Komissiya qarori majlisda qatnashayotgan Komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiyaning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirishga haqlidir.
23. Komissiya raisi qarorlarni tezkorlik bilan qabul qilish maqsadida, Komissiya aʼzolari bilan kelishilgan ayrim masalalar boʻyicha Komissiya qarorini soʻrov yoʻli bilan tasdiqlashi mumkin.
24. Komissiya protokollari Komissiya majlisining protokoli bilan rasmiylashtiriladi. Majlis protokoli uning barcha aʼzolari tomonidan kelishilib, kotib tomonidan imzolanib, rais tomonidan tasdiqlanadi hamda bir hafta muddatda Komissiya aʼzolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Komissiya protokollarining asl nusxasi va uning materiallari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentida saqlanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
26. Komissiya qarorlarining bajarilishini nazorat qilish Komissiyaning ishchi organi va kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
27. Ishchi organ Komissiya qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zarurat boʻlganda, Komissiya raisiga tegishli takliflar kiritadi.
VIII. Ichimlik suv va oqova suv obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha yakuniy roʻyxatlarni Komissiya tomonidan koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibi
28. Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli roʻyxatlariga kiritish uchun tavsiya etilayotgan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish boʻyicha yakuniy roʻyxat yuzasidan qarorni koʻrib chiqish, tayyorlash, dastlabki manzilli roʻyxatlarini kompleks koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha ishchi organ tomonidan Komissiyaga kiritilgandan keyin, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritishni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Komissiya har yili 1-iyulgacha materiallarni navbatdagi majlisda koʻrib chiqadi va kelgusi yillarda ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya qarori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlarini kelgusi yilga shakllantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga taqdim etiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Qurish va rekonstruksiya qilish obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlarining kiritish uchun yakuniy manzilli roʻyxatni tasdiqlash boʻyicha protokol qaror loyihasida quyidagi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak:
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
mintaqa boʻyicha qurish va rekonstruksiya qilishning umumiy yigʻma parametrlari;
qurish va rekonstruksiya qilish obyektlarining nomi;
ishga tushiriladigan, quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektning quvvati;
quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektning foydalanishga topshirish muddatlari;
ichimlik suv taʼminoti manbalari;
ichimlik suv va oqova suv xizmatlari bilan taʼminlanadigan jismoniy va yuridik shaxslarning soni.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-fevraldagi 19-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari, aholi punktlarida boshqa manbalar hisobiga ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlari quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan taqdirda, tavsiya xususiyatiga egadir.
2. Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasida loyihalarni amalga oshirish mexanizmi ushbu Nizomning ilovasiga* muvofiq aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish sxemasiga binoan loyihalarni amalga oshirishning pirovard natijalari uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar va hududiy ichimlik suv taʼminoti tashkilotlarining masʼuliyatini oshirishni nazarda tutadi.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
3. Davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish va moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarorida va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
4. Quyidagilarga:
qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini moliyaviy resurslar manbalari (toʻliq yoki qisman) tegishli hujjatlar (tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari, ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli roʻyxati) bilan tasdiqlanmagan taqdirda bajarishga;
agar qonun hujjatlarida oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatining bitta obyektini (xalqaro moliyaviy institutlar ishtirokida birgalikda moliyalashtirish hollari bundan mustasno) turli manbalardan qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
buyurtmachi — Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish boʻyicha injiniring kompaniyasi DUK (keyingi oʻrinlarda Injiniring kompaniyasi deb ataladi);
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
foydalanuvchi tashkilot — qurish va rekonstruksiya qilish ishlari tugallangandan keyin ishga tushiriladigan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektini foydalanishga qabul qilinishini taʼminlaydigan hamda ushbu obyektni qabul qilib oladigan hududiy suv taʼminoti tashkiloti;
Oldingi tahrirga qarang.
pudrat tashkiloti — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida tanlab olingan qurilish tashkiloti;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy komissiyalar — loyiha-smeta hujjatlarini hamda aholi punktlarining ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning dastlabki manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqishga tayyorlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi doimiy ishlovchi hududiy komissiyalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
suvda quduqlarni burgʻulashga ruxsatnoma — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi 430-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 592-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli roʻyxati — ajratilgan limitlar doirasida hududiy komissiyalar va Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining tegishli qarori asosida har yili buyurtmachi tomonidan tuziladigan, ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlari roʻyxatini, shuningdek ulardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha ishlar va xarajatlar hajmini oʻz ichiga oluvchi moliyaviy hujjat.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
II. Aholi punktlarida qurish va rekonstruksiya qilish uchun ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini tanlash hamda manzilli roʻyxatlarini shakllantirish tartibi va mezonlari
6. Qurish va rekonstruksiya qilish obyektlarini tanlash loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash boʻyicha quyidagi materiallar va mezonlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi:
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlari sxemalarining Aholi punkti bosh rejasiga muvofiqligi;
qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun tashqi ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish;
aholi punktlarda ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlari qurishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va ustuvorligi;
rejalashtirilgan qurilishga ichimlik suv tarmoqlariga ulanish nuqtasida ichimlik suv hajmi va bosimining yetarliligi boʻyicha hududiy ichimlik suv taʼminoti tashkilotlarining xulosasi, shu jumladan uzoq muddatli istiqbolga zarur boʻlgan ichimlik suvning hajmlarining tasdiqlanishi;
aholi punktining muqobil suv taʼminoti manbalari va markazlashtirilgan ichimlik suvi taʼminotining mavjud emasligi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan hududiy ichimlik suv taʼminoti tashkilotlari bilan birgalikda ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati tizimlarining mavjud holatini, shuningdek jismoniy yoki yuridik shaxslarning koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash zarurligi toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida tizimli texnik tekshiruv natijalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati hududiy markazlarining (Sanitariya-epidemiologiya nazorati hududiy xizmatining) belgilangan talablarga (O'zDST 950:2011 “Ichimlik suv”) muvofiq suv taʼminotining mavjud tizimlarida ichimlik suvi sifatini yaxshilashning zarurligi toʻgʻrisidagi xulosalari natijalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy xizmatlari gidrogeologik qidiruvlari natijalari;
loyiha parametrlari boʻyicha suvga quduqni burgʻulashga ruxsatnoma mavjudligi (suv taʼminotining yer osti manbai boʻlgan suv taʼminoti obyekti qurishda);
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan maxsus suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoliga ruxsatnoma hamda ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish uchun yer uchastkasini tanlashda atrof muhitga taʼsir arizasi loyihasiga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi;
(6-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda berilgan sunʼiy suv obyektlaridan maxsus suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoliga ruxsatnoma mavjudligi.
(6-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Hududiy komissiyalar ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan mezonlar (loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash boʻyicha materiallar) asosida 1-aprelgacha keyingi 3 yil uchun respublika hududlari boʻyicha ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatini rivojlantirish sxemasiga kiritilgan birinchi navbatdagi va ustuvor ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning dastlabki manzilli roʻyxatlarini tuzadilar (keyingi oʻrinlarda dastlabki manzilli roʻyxatlar deb ataladi) va dastlabki manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqish uchun Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga taqdim etadilar.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi 3 yil uchun respublika hududlari boʻyicha dastlabki manzilli roʻyxatlar ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq vaqti-vaqti bilan yangilanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi har yili hududiy komissiyalar tomonidan tasdiqlangan dastlabki manzilli roʻyxatlarni ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati tizimlarini rivojlantirish sxemasiga bogʻliqligi boʻyicha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritgan holda kompleks koʻrib chiqilishini va hamda ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati tizimi obyektlari qurishning yakuniy manzilli roʻyxatlari 1-iyungacha tasdiqlash uchun Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Maxsus respublika komissiyasiga kiritilishini taʼminlaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Respublika komissiyasi 1-iyulgacha navbatdagi majlisda Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan kiritilgan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurishning yakuniy manzilli roʻyxatlarini koʻrib chiqadi hamda ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasida loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Injiniring kompaniyasi bilan birgalikda Respublika komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar natijalari boʻyicha har yili:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
1-avgustgacha — belgilangan tartibda foydalanuvchi tashkilot bilan kelishilgan holda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlarning tayyorlanishini;
Oldingi tahrirga qarang.
1-sentabrgacha — loyiha-smeta hujjatlari parametrlarining texnik topshiriqlarga qatʼiy muvofiq ravishda ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy organlari, suv taʼminoti tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishilishini;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Keyingi tahrirga qarang.
1-oktabrgacha — yakuniy roʻyxatga kiritilgan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish obyektlari boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishini, pudrat shartnomalarining belgilangan tartibda tuzilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
1-noyabrgacha — yakuniy manzilli roʻyxatlarning vakolatli organlarda moliyalashtirishni boshlash uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga kiritilishini taʼminlaydilar.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish tartibi, ularning tarkibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaharsozlik meʼyorlari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Loyiha-smeta hujjatlaridagi loyiha yechimlarini mufassallashtirish darajasi ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasida loyihaning qabul qilinayotgan texnik yechimlari, hajmlari va qiymatini asoslash uchun yetarli boʻlishi hamda zarur sifatga ega boʻlgan qurilish ishlari toʻliq bajarilishini taʼminlashi kerak.
13. Xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar ekspertiza organlari tomonidan Respublika komissiyasining ijobiy qarori mavjud boʻlgan taqdirda ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladigan loyihalarning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi (texnik-iqtisodiy asoslash), dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitob (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) ishlab chiqilgan holda kompleks koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Xalqaro moliyaviy institutlar ishtirokida ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalarni koʻrib chiqish muddatlari ushbu loyihalarning tashabbuskorlarining murojaatlariga va asoslangan takliflariga muvofiq Respublika komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Pudrat tashkilotini tanlash boʻyicha tanlov savdolari komissiyasi tarkibida hududiy ichimlik suv taʼminoti tashkiloti vakilining ishtirok etishi majburiy hisoblanadi.
III. Aholi punktlarida ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiyalashni nazorat qilish va tekshirish
16. Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektini qurish va rekonstruksiyalash tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga va ishlarni bajarishning kalendar jadvaliga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarini bajarishning sifati va toʻliqligini nazorat qilishni buyurtmachining texnik nazoratchisi — Injiniring kompaniyasi amalga oshiradi, shuningdek loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchi muallif — loyiha tashkiloti tomonidan mualliflik nazorati yuritiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisida Namunaviy nizomda belgilangan vakolatlar doirasida obyektda qurilish-montaj ishlari bajarilishining sifati va toʻliqligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Keyingi tahrirga qarang.
19. Buyurtmachi ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarida har bir obyekt boʻyicha bajariladigan qurilish-montaj ishlarining sifati va toʻliqligi yuzasidan texnik nazoratni birgalikda amalga oshirishga hududiy ichimlik suv taʼminoti tashkilotlarini majburiy tartibda jalb etadi.
IV. Qurilishi va rekonstruksiya qilinishi tugallangan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektini foydalanishga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
20. Loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlari tugallangandan keyin va pudrat tashkilotining taqdimnomasi boʻyicha Injiniring kompaniyasi SHNQ 3.01.04-04 shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq Davlat qabul komissiyasining ishini tashkil etadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
21. Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektini davlat tomonidan foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi belgilangan shakl boʻyicha quyidagi asoslarning ijobiy natijalari mavjud boʻlgan taqdirda rasmiylashtiriladi:
tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy nazorat-taftish boshqarmasining vakili ishtirokida nazorat oʻlchovi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (Sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy xizmati) tomonidan oʻtkaziladigan ichimlik suv sifatining belgilangan talablarga (O'zDST 950:2000 “Ichimlik suv”) muvofiqligi yuzasidan laboratoriya tahlili.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Obyektni davlat tomonidan qabul qilib olish dalolatnomasi faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi.
23. Obyektni foydalanishga qabul qilib olish dalolatnomalari rasmiylashtirilgandan keyin ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyekti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilib foydalanishga topshirilayotgan obyektlarning muhandislik tarmoqlari va inshootlarini xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar balansiga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 26-oktabrdagi 502-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq tegishli ichimlik suvi taʼminoti tashkilotiga berilishi kerak.
Tegishli ichimlik suvi taʼminoti tashkilotiga berilgan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlari boʻyicha kafolatli summani (obyekt qiymatining 5 foizi) moliyalashtirish ushbu obyektlardan foydalanuvchi ichimlik suv taʼminoti tashkilotining xulosasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tekshiruvi natijalari asosida foydalanishning kafolatli muddati tamom boʻlgandan keyin amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Bajarilgan ishlar sifatini hamda aholi punktlarining ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan pul mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
24. Texnik topshiriqni, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlashning toʻgʻriligi va sifati, tanlov savdolari oʻtkazilishi, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bajariladigan qurilish-montaj ishlarining hajmi va sifatini nazorat qilish buyurtmachi, foydalanuvchi tashkilot, Qurilish vazirligining hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Keyingi tahrirga qarang.
25. Aholi punktlarining ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan davlat kapital qoʻyilmalaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Pudrat tashkiloti tomonidan ortiqcha olingan mablagʻlarni undirish uchun asos boʻladigan, nazorat oʻlchovlari va hisob-kitob hujjatlarini tekshirish natijasida bajarilgan ishlarning qiymati va hajmlari oshirib yuborilganligi aniqlangan taqdirda ortiqcha olingan summa pudrat tashkilotlaridan undirib olinadi, aniqlangan oshirib koʻrsatishlar uchun javobgarlik esa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tomonlarning majburiyati va javobgarligi
27. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi:
ichimlik suv taʼminotining yer osti manbalari, ularning mavjudligi va hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tahlili hamda xatlovlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi;
tahlil asosida yer osti suvlari zaxirasini baholash va qayta baholash boʻyicha zarur gidrogeologik tadqiqotlarning taʼminlanishi;
loyiha parametrlari boʻyicha suvga quduqni burgʻulashga ruxsatnoma oʻz vaqtida kelishilishi, burgʻulangan quduqning joylashgan joyi va konstruksiyasiga rioya qilish sharti bilan suvga quduqni burgʻulashga ruxsatnomasida koʻrsatilgan quduqlarning loyiha parametrlarining xolisligi va ishonchliligi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
maxsus suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoliga ruxsatnoma berish;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish uchun yer uchastkasi tanlanishida loyihaning atrof muhitga taʼsiri ariza loyihasiga davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining oʻz vaqtida va asosli taqdim etilishi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Sunʼiy suv obyektlaridan maxsus suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoliga ruxsatnomaning oʻz vaqtida va asosli taqdim etilishi uchun javob beradi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
30. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari mavjud va ishga tushiriladigan suv taʼminoti tizimlaridagi ichimlik suv sifatining belgilangan talablarga (O'zDST 950:2011 “Ichimlik suv”) muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosaning asosli va oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Loyiha tashkilotlari vakolatli organlar tomonidan berilgan texnik shartlarga muvofiq boʻlgan loyiha boʻyicha texnik yechimlarning toʻgʻri qabul qilinishi va loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi uchun javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi:
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
viloyatlar (tuman, koʻcha, mahalla) boʻyicha ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarining (inshootlar va tarmoqlarning) oʻz vaqtida yalpi xatlovdan oʻtkazilishi;
viloyatlar va respublika ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati tizimini rivojlantirish sxemalarining umuman Aholi punktlarining bosh rejalariga uzviy bogʻliq ravishda ishlab chiqilishi;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurishning dastlabki manzilli roʻyxatlarining oʻz vaqtida va asosli kelishilishi;
yalpi xatlov asosida ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini, shu jumladan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli roʻyxatlari tasdiqlangan paytdan boshlab, ichimlik suv taʼminoti tashkilotlariga foydalanishga topshirilgan va besh yil mobaynida foydalanilishini oʻz ichiga oluvchi maʼlumotlarning yagona elektron bazasini hududiy komissiyalar bilan birgalikda tashkil etish yoʻli bilan ichimlik suv va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli roʻyxatlari bajarilishi boʻyicha monitoringi olib borilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
maʼlumotlarning yagona elektron bazasining vaqti-vaqti bilan yangilanishi, unga Respublika komissiyasining qarorlariga muvofiq yangilik va qoʻshimchalar kiritilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy komissiyalar va ichimlik suv taʼminoti tashkilotlarining maʼlumotlari asosida qurilib foydalanishga topshirilgan paytdan boshlab 5 yil mobaynida ichimlik suv va oqova suv xizmati obyektlari faoliyatini doimiy ravishda tahlil qilishning tashkil etilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Aholi punktlarining bosh rejalarini hisobga olgan holda aholining ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati bilan taʼminlanishini istiqbolli prognoz qilish uchun obyektlarining mavjud texnik parametrlari samaradorligi oʻrganib chiqilishi;
aholi punktlarining ichimlik suv taʼminotiga va oqova suv xizmatiga mavjud ehtiyojlarini aniqlash uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari, Injirining kompaniyalari rahbarlari:
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning hududiy boʻlinmalari mutaxassislaridan iborat tarkibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari va viloyatlar hokimlarining oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan hududiy komissiyalar faoliyatining tashkil etilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
ishda keyinchalik foydalanish uchun ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi axborotning asosiy manbai sifatida doimiy yangilanib turiladigan maʼlumotlarning elektron bazasi shakllantirilishi;
aholi punktlarini ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati bilan taʼminlanishi boʻyicha tizimli monitoring olib borilishi;
hududiy ichimlik suv taʼminoti tashkilotlari bilan kelishgan holda loyiha-smeta hujjatlarini loyihalashtirishga, ishlab chiqishga buyurtma joylashtirilishiga, sifatli texnik topshiriq tayyorlanishi, texnik topshiriqqa muvofiq loyiha tashkiloti bilan birgalikda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi uchun javob beradi.
34. Hududiy komissiyalar buyurtmachi va foydalanuvchi tashkilot tomonidan arxitektura-rejalashtirish topshirigʻining sifatli tayyorlanishi, shu jumladan:
Keyingi tahrirga qarang.
ishga tushiriladigan obyektning Aholi punkti bosh rejasiga muvofiqligi;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasi tegishli tashkilotlari tomonidan beriladigan texnik shartlarning mavjudligi;
rejalashtirilgan qurilishga, ichimlik suv tarmoqlariga ulanish nuqtasida ichimlik suv hajmi va bosimining yetarliligi boʻyicha gidrogeologiya xizmatlari xulosasi, shu jumladan uzoq muddatli istiqbol uchun zarur boʻlgan ichimlik suv hajmlarining tasdiqlanishi;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati tizimlarining mavjud holati boʻyicha texnik tekshiruvining toʻlaqonli natijalari, suv olish va suv taqsimlash obyektlari (quduqlar, suv olish inshootlari, ichimlik suv minoralari, oqova suvni tozalash inshootlari, suv taqsimlash inshootlari, magistral va suv taqsimlovchi quvur va kanalizatsiya tarmoqlari, suvni dezinfeksiyalash va xlorlash qurilmalari, toʻsiqlar va shu kabilar)ning texnik yaroqliligini baholash;
belgilangan talablarga (O'zDST 950:2011 “Ichimlik suv”) muvofiq suv taʼminotining mavjud tizimlarida ichimlik suv sifatini yaxshilashning zarurligi toʻgʻrisidagi xulosalarning natijalari;
loyiha parametrlari boʻyicha suvga quduqni burgʻulashga ruxsatnomaning mavjudligi;
suv quvuri va kanalizatsiya tarmoqlari va inshootlarini yangidan qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilishning talab etiladigan hajmlari aniqlanishi uchun javob beradilar.
35. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining hududiy boʻlinmalari “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilarga tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qaroriga muvofiq hududiy ichimlik suv taʼminoti tashkilotlariga majburiy xizmat koʻrsatilishini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar hokimliklarining moliya boshqarmalariga ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish yuzasidan tizimli monitoring olib borish, shuningdek davlat kapital qoʻyilmalarining tasdiqlangan limitlari doirasida toʻgʻri va oʻz vaqtida moliyalashtirishni taʼminlash yuklanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 5-son, 55-modda; 2016-y., 18-son, 197-modda; 2017-y., 26-son, 592-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son; 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)