O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2015-yil 2-yanvar kunini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Yangi yil bayrami munosabati bilan aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2015-yil 2-yanvar juma kuni dam olish kuni deb e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 132-moddasiga asosan, texnik ishlab chiqarish va boshqa sharoitlarga ko‘ra ishni to‘xtatib turish mumkin bo‘lmagan joylarda, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatish zarurati bo‘lgan holatlarda ishlashga yo‘l qo‘yilsin.
Bajarilgan ishlar uchun kompensatsiya va haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq amalga oshirilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 26-dekabr,
PQ-2277-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 12-son, 347-modda)