OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI DIREKTORINING
buyrugʻi
Chet tillar oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 28-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2520-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Taʼlim muassasalarining qoʻshimcha toʻlovlar belgilangan pedagog xodimlari lavozimlari roʻyxati, mazkur toʻlovlarning turlari va miqdorlarining 3-bandiga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2013-yil 10-oktabrdagi 01-339-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520, 2013-yil 31-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 44-son, 582-modda) bilan tasdiqlangan Chet tillar oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2015-yil 19-yanvar,
01-15-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Chet tillar oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Test sinovlarida ishtirok etish ixtiyoriy boʻlib, oʻqituvchining istagiga koʻra amalga oshiriladi.
Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi malaka sertifikati boʻyicha S1 darajasiga, IELTS (International English Language Testing System) sertifikati boʻyicha 7,0 ball va undan yuqori ballga, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) (IBT) sertifikati boʻyicha 110 ball va undan yuqori ballga, Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplôme approfondi de langue française), DELE (Diplomas de Español como Lengua Extranjera) sertifikatlari boʻyicha S1 darajasiga ega boʻlgan oʻqituvchilar mazkur hujjatlarning amal qilish muddati davomida test sinovidan oʻtishlari talab etilmaydi.”.
2. 4-bandda:
uchinchi xatboshidagi “75” degan raqam “60” degan raqam bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshidagi “45” degan raqam “60” degan raqam bilan almashtirilsin.
3. 6-band “orqali” degan soʻzdan keyin “har yili aprel va noyabr oylarida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 12-banddagi “muassasalarining xodimlari shartnoma asosida” degan soʻzlar “tizimidan mutaxassislar Davlat test markazi vakili,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 14-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Test sinovlariga uzrli sabablarga koʻra (kasalligi, xizmat safarida boʻlganligi va h.k.) kelmagan oʻqituvchilar uzrli sabab yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan taqdirda, test sinovlarini topshirish uchun toʻlov undirilmagan holda umumiy asoslarda qayta murojaat qilishlari mumkin.”.
6. 16-banddagi “chet tilini oʻqitish metodikasi,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
7. 18-banddagi “3” degan raqam “bir” degan soʻz bilan almashtirilsin.
8. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Tinglab tushunish, oʻqish, leksik va grammatik kompetensiyalar boʻlimlaridan ixtiyoriy biri boʻyicha belgilangan maksimal ballning 40 foizidan kam ball toʻplagan oʻqituvchining yozma ishi tekshirilmaydi, yozma ishi tekshirilmagan yoki yozish boʻlimi boʻyicha belgilangan maksimal ballning 50 foizidan kam ball toʻplagan oʻqituvchi test sinovining 2-bosqichiga qoʻyilmaydi.”.
9. 23-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Gapirish boʻlimi boʻyicha test sinovlari oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun ichida barcha boʻlimlar boʻyicha test sinovi natijalari Davlat test markazining rasmiy saytida eʼlon qilinadi.”.
10. 24 va 25-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchilarga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda maxsus raqamlangan blankada rasmiylashtiriladigan Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi boʻyicha test sinovidan oʻtganlik haqida maʼlumotnoma beriladi. Maʼlumotnomalar test sinovi natijasi eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida Davlat test markazi tomonidan taʼlimni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organlariga yoki oʻqituvchining oʻziga beriladi.
25. Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi boʻyicha test sinovidan oʻtganlik haqida maʼlumotnomaning haqiqiyligi unda koʻrsatilgan oʻqituvchining maxsus kodi yordamida Davlat test markazining rasmiy sayti orqali tekshirilishi mumkin.
Maʼlumotnoma barcha turdagi taʼlim muassasalari uchun bir xil kuchga ega.”.
11. 26-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Apellatsiya shikoyatini yozish uchun oʻqituvchiga test materiallari (savollar kitobining asli, javoblar varaqasining nusxasi, oʻqituvchi tomonidan belgilangan notoʻgʻri javoblar roʻyxati, yozma ishning nusxasi, gapirish boʻlimi boʻyicha berilgan savollar) beriladi. Apellatsiya shikoyatida oʻqituvchi aniq asoslangan eʼtirozlarini koʻrsatishi lozim.
Test sinovlarini tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan tartibni buzish holatlari yuzasidan apellatsiya shikoyati test sinovining tegishli bosqichi oʻtkazilgan kuni berilishi lozim.”.
12. 29-bandda:
“hamda chet tilini oʻqitish metodikasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“50” degan raqam “40” degan raqam bilan almashtirilsin.
13. 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Test sinovlarining tinglab tushunish, oʻqish, leksik va grammatik kompetensiyalar boʻlimlarining har biridan belgilangan maksimal ballning kamida 40 foizini, gapirish va yozish boʻlimlarining har biridan belgilangan maksimal ballning kamida 50 foizini toʻplagan oʻqituvchilar test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan deb hisoblanadi.
Oʻqituvchining Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi malaka sertifikati boʻyicha S1 darajasiga, IELTS (International English Language Testing System) sertifikati boʻyicha 7,0 ball va undan yuqori ballga, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) (IBT) sertifikati boʻyicha 110 ball va undan yuqori ballga, Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplôme approfondi de langue française), DELE (Diplomas de Español como Lengua Extranjera) sertifikatlari boʻyicha S1 darajasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjati Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi boʻyicha test sinovidan oʻtganlik haqida maʼlumotnoma oʻrnida qabul qilinadi.”.
14. 33-band “oʻtmagan” degan soʻzdan keyin “yoki testda ishtirok etish uchun ariza berib, test sinovida uzrsiz sabablarga koʻra qatnashmagan yoxud test sinoviga kechikib kelgan hamda test sinovidan chetlashtirilgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
15. 35-band “bekor qilish” degan soʻzlardan keyin “yoki boshqa intizomiy jazo chorasi qoʻllash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
17. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAHOBOV
2015-yil 19-yanvar
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2015-yil 19-yanvar
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi direktori U. SALIMOV
2015-yil 19-yanvar
Moliya vaziri R. AZIMOV
2015-yil 19-yanvar
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2015-yil 19-yanvar
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
2015-yil 19-yanvar
Chet tillar oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
ILOVA
“Chet tillar oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI | |||||||||||
| | | | | | | | | | | | |
|
Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi boʻyicha test sinovidan oʻtganlik haqida | |||||||||||
| | | | | | | | | | | | |
|
Maʼlumotnoma |
|
Chet |
| ||||||||
|
Oʻqituvchining |
| ||||||||||
|
Familiyasi |
| ||||||||||
|
Ismi |
| ||||||||||
|
Otasining ismi |
| ||||||||||
|
Ish joyi |
| ||||||||||
| | | | | | | | | | | | |
| Test sinovi natijalari |
Tinglab tushunish | Oʻqish | Leksik va gramm�tik kompetensiyalar | Yozish | Gapirish | ||||||
|
ball |
| | | | |||||||
|
% |
| | | | | ||||||
| | | | | | | | | | | | |
|
Berilgan sana |
|
Amal qilish |
| ||||||||
| | | | | | | | | | | | |
| Direktor |
______________ |
| |
____________________ | |||||||
| | |
(imzo) |
| |
(F.I.O.)”. | ||||||
| | | M.Oʻ. | | | | | | | | | |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 4-son, 48-modda)