OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLAShTIRISh VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Dasturiy taʼminot vositalari eksporti va importi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 28-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2549-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 199-son “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 25-noyabrdagi 61-mx, 17, 01-02/21-30, 330V-son qarori (roʻyxat raqami 2549, 2014-yil 8-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 2-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Dasturiy taʼminot vositalari eksporti va importi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2015-yil 26-yanvar,
97-mh-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 26-yanvar,
2015/10-2-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 26-yanvar,
01-02/21-05-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 26-yanvar,
330-V-1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2015-yil 26-yanvardagi 97-mh, 2015/10-2, 01-02/21-05 va 330-V-1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Dasturiy taʼminot vositalari eksporti va importi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Eksport shartnomasiga ega boʻlmagan milliy reyestrga kiritilgan dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchisi Internet tarmogʻidagi onlayn magazinlar orqali dasturiy taʼminotni xorijiy valyutaga sotish, eksport operatsiyalarini amalga oshirish uchun elektron raqamli imzodan foydalangan holda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga maʼlumot kiritadi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 4-son, 47-modda)