OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT IShLARI VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT IShLARI VAZIRLIGINING
Qarori
“Osiyo oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan yuksak natijalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga pul mukofotlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 21-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1657-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 27-oktabrdagi PF-4665-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo oʻyinlari gʻoliblari va sovrindorlarini mukofotlash toʻgʻrisida” 2006-yil 20-dekabrdagi PF-3832-sonli Farmoniga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2007-yil 5-yanvardagi 2, 285-V, 01-10-14-sonli “Osiyo oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan yuksak natijalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga pul mukofotlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1657, 2007-yil 8-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4 — 6-son, 59-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-yanvar,
02-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-yanvar,
285-V-1-son
Madaniyat va sport ishlari vaziri v. v. b. B. AXMEDOV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-yanvar,
08-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2015-yil 20-yanvardagi 02, 285-V-1, 08-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Osiyo oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan yuksak natijalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga pul mukofotlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Qarorning nomi, muqaddimasi va 1-bandi “Osiyo” degan soʻzdan keyin “va Parosiyo” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Nizomning nomi, muqaddimasi, 1-bandi birinchi xatboshi, 2, 6 va 7-bandlari “Osiyo” degan soʻzdan keyin “va Parosiyo” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. Mazkur qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan kelishilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi S. RAXIMOV
2015-yil 20-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 3-son, 39-modda)