O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI KENGASHINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI KENGASHINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI KENGASHINING
QO‘SHMA QARORI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi to‘g‘risidagi nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qo‘shma qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining taklifini muhokama etib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyulda qabul qilingan 843-I/515-I-sonli Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 410-modda, № 9, 529-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 1.2-bandining:
birinchi xatboshisidagi “nodavlat notijorat tashkilotlari va” degan so‘zlar “nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisi “nodavlat notijorat tashkilotlariga” degan so‘zlardan keyin “ommaviy axborot vositalariga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 2.1-bandidagi “nodavlat notijorat tashkilotlarini va” degan so‘zlar “nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 2.2-bandining:
ikkinchi xatboshisi “nodavlat notijorat tashkilotlari” degan so‘zlardan keyin “ommaviy axborot vositalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “NNTning” va “NNT, fuqarolik jamiyati institutlari” degan so‘zlar tegishincha “nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy axborot vositalarining” hamda “nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 3.1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “va NNTdan” degan so‘zlar “nodavlat notijorat tashkilotlaridan hamda ommaviy axborot vositalaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 3.2-bandining:
ikkinchi xatboshisi “nodavlat notijorat tashkilotlariga” degan so‘zlardan keyin “ommaviy axborot vositalariga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshisi “nodavlat notijorat tashkilotlari” degan so‘zlardan keyin “ommaviy axborot vositalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “NNT” degan so‘z “nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisi “nodavlat notijorat tashkilotlari” degan so‘zlardan keyin “ommaviy axborot vositalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
sakkizinchi xatboshisi “nodavlat notijorat tashkilotlari” degan so‘zlardan keyin “ommaviy axborot vositalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 3.4-bandidagi “nodavlat notijorat tashkilotlariga” va “NNT” degan so‘zlar tegishincha “nodavlat notijorat tashkilotlariga, ommaviy axborot vositalariga” va “nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 3.5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3.5. Fond yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha huquqlaridan foydalanadi. Fond faoliyati va uni rivojlantirishning har yilgi dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kengashlari tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi”;
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Fond mablag‘lari samarali taqsimlanishini tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining takliflarini chuqur o‘rganish asosida mintaqalarning muayyan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqish”;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “NNT” degan so‘z “nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “NNTning” va “NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining” degan so‘zlar tegishincha “nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “NNT” degan so‘z “nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “NNT” degan so‘z tegishincha “nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fond to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kengashlariga takliflar kiritish”;
sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fondning nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash turlari bo‘yicha yil choraklariga bo‘lgan holda bir yilga mo‘ljallangan daromadlari va xarajatlari smetasini, shuningdek Fondning budjetini, yillik balansini, yillik moliyaviy hisobotini hamda Fond Ijro etuvchi devonining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqish va tasdiqlash”;
10) 6.1-bandining:
birinchi xatboshisidagi “bevosita NNT” degan so‘zlar “bevosita nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “NNT” degan so‘z “nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 9.2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9.2. Fond to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining tegishincha Qonunchilik palatasi va Senat majlislarida tasdiqlanishi lozim bo‘lgan qo‘shma qarori bilan kiritiladi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyulda qabul qilingan 843-I/515-I-sonli Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 410-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 1.3-bandidagi “nodavlat notijorat tashkilotlarining (NNT)” degan so‘zlar “nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy axborot vositalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 2.1-bandidagi “nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati institutlarini” degan so‘zlar “nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 2.2-bandining:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Fond mablag‘lari samarali taqsimlanishini tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining takliflarini chuqur o‘rganish asosida mintaqalarning muayyan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqish”;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “NNT” degan so‘z “nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “NNTning” va “NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining” degan so‘zlar tegishincha “nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “NNT” degan so‘z “nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 3.1-bandi:
ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “NNT” degan so‘z “nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fond to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kengashlariga takliflar kiritish”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin;
“Fond faoliyati, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablag‘larning taqsimlanishi hamda ishlatilishi to‘g‘risidagi har yili ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadigan hisobot loyihasini ko‘rib chiqish”;
sakkizinchi — o‘n uchinchi xatboshilari tegishincha to‘qqizinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
to‘qqizinchi xatboshisidagi “NNTlarni” degan so‘z “nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 3.4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Parlament komissiyasi har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobotlar taqdim etadi”;
6) 4.1-bandidagi “Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan tasdiqlanadigan” hamda “NNT” degan so‘zlar tegishincha “Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadigan” hamda “nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 4.2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4.2. Parlament komissiyasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qo‘shma qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Parlament komissiyasi a’zolari umumiy sonining 2/3 qismi talabiga binoan Parlament komissiyasi raisini muddatidan oldin lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga va Senatining Kengashiga tegishli so‘rovnoma kiritish haqidagi masalani ko‘rib chiqish to‘g‘risida komissiya majlisi chaqirilishi mumkin”;
8) 4.3-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Senatining Kengashi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 4.7-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Senatining Kengashi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) VI bo‘lim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“VI. Parlament komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tartibi
6.1. Parlament komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qo‘shma qarori bilan kiritiladi.
6.2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining Parlament komissiyasini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha qo‘shma qarori tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining majlislarida tasdiqlanishi kerak”.
3. Ushbu Qo‘shma qaror tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining tasdig‘iga kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2014-yil 28-fevral,
855-II-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2014-yil 28-fevral,
QQ-113-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)