Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda; 1996-yil, № 5-6, 63-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
11-modda “Amir Temur” ordeni” degan soʻzlardan keyin “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
15 va 16-moddalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15-modda.
Davlat mukofotlari bilan fuqarolar bilan bir qatorda ayrim hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar va harbiy boʻlinmalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari ham mukofotlanishi mumkin.
16-modda.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlardan foydalanadilar hamda bir marta beriladigan pul mukofoti yoki shu qiymatdagi esdalik sovgʻasini oladilar”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 29-avgust,
255-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 120-modda)