Oʻzbekiston Respublikasi TABIATNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGINING
Qarori
Qarovsiz qolgan hayvonlarni otib tashlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 14-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2368-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 29-martdagi 3, 9-son qarori (roʻyxat raqami 2368, 2012-yil 22-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 21-son, 240-modda) bilan tasdiqlangan Qarovsiz qolgan hayvonlarni otib tashlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalar Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq beriladi.”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Ovchilar va baliqchilar sport jamiyatlari uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
2-son
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
44-son
Kelishilgan:
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2014-yil 31-dekabr,
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2014-yil 31-dekabr
Moliya vaziri R. AZIMOV
2014-yil 31-dekabr
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
2014-yil 31-dekabr
“Oʻzbekovchibaliqchi” uyushmasi raisi S. AYuPOV
2014-yil 31-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 2-son, 25-modda)