OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Qarori
Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 12-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1411-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 22-oktabrdagi 135, 32, 2018-67, 257-V-3 va 4-qq-sonli “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1411-3, 26.10.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat statistika qoʻmitasining 2004-yil 2-sentabrdagi 98, 41, 2004-57, 257-V, 8-son qarori (roʻyxat raqami 1411, 2004-yil 17-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 419-modda) bilan tasdiqlangan Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnining 18-bandi “v” kichik bandidagi “tsennie bumagi” degan soʻzlar “investitsii” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
92-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
84-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
2014-39-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
257-V-2-son
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TURAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
6-mb-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 2-son, 22-modda)