Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish va soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2015-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatlari koʻrsatishda davlat organlari va boshqa organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlaridan davlat boshqa organlarida va oʻzga tashkilotlarda mavjud boʻlgan hujjatlarni va axborotlarni, shu jumladan soliq qarzdorligi yoki kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzlarning mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarning, tadbirkorlik subyekti taʼsis hujjatlarining, litsenziyalar va ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlar nusxalarining talab qilinishi taqiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2015-yil 1-yanvardan boshlab:
tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlari koʻrsatish yuzasidan murojaatlari mavjud boʻlganda ushbu davlat xizmatlarini koʻrsatishda davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa organlar davlat boshqa organlarida va tashkilotlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlarni va axborotlarni oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladilar;
tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotlar mavjud boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar ushbu hujjatlar va axborotlarni (arxiv maʼlumotnomalari bundan mustasno) davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa organlardan tegishli idoralararo soʻrov olingandan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida taqdim etishlari shart;
davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotlarning ushbu hujjatlar va axborotlar mavjud boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan idoralararo soʻrov boʻyicha taqdim etilmasligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmasligi tadbirkorlik subyektiga davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi;
davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotlarning taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi, shuningdek ularning tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organi yoki boshqa tashkilot tomonidan olinmaganligi uchun aybdor boʻlgan tegishli mansabdor shaxslar javob beradilar.
3. Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bir oy muddatda ular tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan, axborot hamkorligi yoʻli bilan olinadigan hujjatlar va axborotlar roʻyxatini, ushbu hujjatlar va axborotlarni taqdim etadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarni koʻrsatgan holda belgilasinlar hamda koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatni Oʻzbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari Yagona portalida va oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirsinlar.
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar va axborotlar roʻyxati oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida oʻz vaqtida joylashtirilishi va muntazam ravishda yangilab borilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishda idoralararo axborot hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Palata tomonidan tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu qarorning bajarilishi va sifati yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish, monitoring natijalarini tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini, shu jumladan sansalorlik, byurokratizm va davlat xizmatlari koʻrsatish muddatlarini choʻzib yuborish holatlariga yoʻl qoʻymaslikni nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanish uchun har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. 2015-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
377-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2015-yil 1-yanvardan boshlab kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Sudgacha sanatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 42-modda):
a) toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi sanatsiyadan oʻtkazish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 46-son, 584-modda)
6. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 48-modda):
a) yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-martdagi 218-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 09/19/218/3766-son)
8. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 72-modda):
a) 9-band “a” va “b” kichik bandlarining uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi”;
b) quyidagi mazmundagi 91-band qoʻshilsin:
“91. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Birja faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 14-modda):
a) 7-bandning “e” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 71-band qoʻshilsin:
“71. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 36-modda):
a) 8-bandda:
“a” kichik bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari, muassislar (qatnashchilar) roʻyxati, ularning manzili va faoliyat turlari”;
“d” va “j” kichik bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 81-band qoʻshilsin:
“81. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 7-bandga quyidagi mazmundagi “j” kichik bandi qoʻshilsin:
“j) oʻzining dasturiy vositasi mavjud boʻlgan taqdirda mualliflik huquqini tasdiqlaydigan guvohnomaning mavjudligi”;
b) 9-bandning “g” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 12-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “yoki depozitar faoliyatni amalga oshirishga oʻz dasturiy vositasi mavjud boʻlgan taqdirda mualliflik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 15-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “yoki oʻz dasturiy vositasi mavjud boʻlgan taqdirda mualliflik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “yoki kliring faoliyatni amalga oshirish boʻyicha oʻzining dasturiy vositasi mavjud boʻlgan taqdirda mualliflik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) quyidagi mazmundagi 151-band qoʻshilsin:
“151. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 9 — 12, 14 va 15-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
14. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 8-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob-uskunalarning mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan litsenziya talabgorida mavjud boʻlishi”;
beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 12-bandda:
toʻqqizinchi xatboshidagi “binolar, inshootlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandida:
a) oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 231-modda)
17. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-noyabrdagi 506-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 118-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatbaho qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandda:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
“litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan xonalar (ishlab chiqarish xonalari, omborlar, yordamchi xonalar va boshqalarning) mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda litsenziya talabgorida mavjud boʻlishi”;
yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi;
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
litsenziya talabgori arizasining litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
litsenziya talabgorida maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlgan xodimlarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
litsenziyalanayotgan faoliyat amalga oshiriladigan asbob-uskunalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
litsenziya talabgorining ishlab chiqarish xonalarida boyliklarning saqlanishi rejimi holati toʻgʻrisida ichki ishlar hududiy organlarining xulosasi.
Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1028-sonli qaroriga asosan 2019-yil 20-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2018-y., 09/18/1028/2344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
22. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 103-modda) 2-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “noturar joy fondining” soʻzlaridan keyin “jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan” soʻzlari qoʻshilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Radiochastotalarni tanlov yoʻli bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 10-bandning “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 101-band qoʻshilsin:
“101. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
24. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-sonlar, 50-modda) bilan tasdiqlangan Elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandida:
a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ariza beruvchi tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi”;
b) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ Roʻyxatga olish markazini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandida:
a) yettinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi yettinchi — oʻninchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mahsulotlar, ishlab chiqarish sharoitlari va asbob-uskunalarning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
texnologiya asbob-uskunasiga gigiyena sertifikatlarining nusxalari;
ishlab chiqarishning mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hududiy organlarining xulosasi;
ishlab chiqarishning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida yongʻin nazorati organlarining xulosasi;”;
b) oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi “d” va “e” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatining (yoxud uning bir qismining) litsenziyalanayotgan turi;
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
ishlab chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarning belgilangan talablarga muvofiq mavjudligi toʻgʻrisida “Oʻzstandart” agentligining xulosasi;
litsenziya talabgori arizasining koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mahsulotlar, ishlab chiqarish sharoitlari va asbob-uskunalarning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi, shuningdek texnologik asbob-uskunaga gigiyena sertifikatlarining nusxalari;
ishlab chiqarishning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida yongʻin nazorati organlarining xulosasi;
korxonaning Komissiya tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha pasporti.
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
28. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 765-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
tahririyat toʻgʻrisidagi nizomning nusxasi — ommaviy axborot vositasi tahririyati yuridik shaxs boʻlmagan hollarda;
davlat bojining belgilangan miqdori toʻlanganligi toʻgʻrisida bankning toʻlov hujjati.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, davlat bojining belgilangan miqdori toʻlanganligi toʻgʻrisida bankning toʻlov hujjati bundan mustasno”.
29. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 8-bandning “e” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“e) quyidagilarning:
tashkilot rahbari hamda soha boʻyicha maʼlumotga, shuningdek mehnat daftarchalariga (notarial tasdiqlangan) ega boʻlgan asosiy xodimlar (bosh muhandislar va loyiha arxitektorlari, bosh hamda yetakchi mutaxassislar) diplomlarining;
mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar va inventarlarning talabgorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari”;
b) quyidagi mazmundagi 81-band qoʻshilsin:
“81. “Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
30. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari 94-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Maishiy isteʼmolchilarga tegishli boʻlgan uy-joylar, turar joy va noturar joy fondi xonalarining oldi-sotdi shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda ularning hisob raqamlarini boshqa isteʼmolchiga qayta rasmiylashtirish faqat elektr energiyasi uchun qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida belgilangan namunadagi maʼlumotnomalar bor boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi”.
31. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 25-oktabrdagi 234-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 52-modda) bilan tasdiqlangan Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandida:
a) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“faoliyatning litsenziyalanayotgan turlari boʻyicha koʻrsatilgan barcha zarur ishlarni litsenziya talablari va shartlariga muvofiq amalga oshirish uchun moddiy-texnika baza toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ichki ishlar organlarining texnikani qoʻriqlash punkti tomonidan qoʻriqlashga qabul qilinganlik shartnomasi hamda pirotexnika buyumlari omborining pasporti, pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish yoki utilizatsiya qilish uchun inshootlar va asbob-uskunalarni qabul qilish dalolatnomasi, yashindan himoya qilish, qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarini foydalanishga qabul qilish dalolatnomalari)”;
b) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Ishchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlari va axborotlar bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandida:
a) oʻn yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) oʻn sakkizinchi xatboshi oʻn yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Narxlarni tartibga soluvchi organ tovarga narxni (tarifni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 4-noyabrdagi 244-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 11-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 9-bandning “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 121-band qoʻshilsin:
“121. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 9 — 11-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”;
v) 18-bandga quyidagi mazmundagi “e” kichik bandi qoʻshilsin:
“e) faoliyatning tegishli turini amalga oshirish huquqiga zarur ruxsatnomalar (litsenziyalar)ning mavjud emasligi, agar bunday ruxsatnoma (litsenziya) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq talab etilsa”.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 31-modda) bilan tasdiqlangan Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandida:
a) “a” kichik bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yuridik shaxs uchun — nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), xizmat koʻrsatadigan bankning nomi, bankdagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqami, muassislarining (qatnashchilarining) roʻyxati, ularning manzillari va faoliyati turlari”;
b) “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“b) litsenziya talabgorining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi”.
35. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandida:
a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Vakolatli organ sertifikat berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
36. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 10-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandda:
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi”;
oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Maxsus vakolatli organ ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”;
b) 12-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “8 va” soʻzlari “4, 8 va” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 86-modda) bilan tasdiqlangan Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“ishlarning ayrim turlarini amalga oshirishga huquq beruvchi litsenziya (mavjud boʻlganda)”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 8-bandning oʻn ikkinchi — oʻn oltinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“ariza beruvchi tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
attestatsiya boʻyicha ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mol-mulk va asbob-uskunalarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
attestatsiya boʻyicha ishlarni bajarish uchun jalb etiladigan yoki jalb etish rejalashtirilayotgan xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari.
Vakolatli organ ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
38. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ–312-son Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 15-martdagi 72-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 3-son, 18-modda):
a) 1-ilovada:
18-bandning “v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 191-band qoʻshilsin:
“191. “Litsenziyalovchi organ ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 18 va 19-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”;
b) 2-ilovada:
12-bandning “v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 121-band qoʻshilsin:
“121. Ishchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-martdagi 89-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Umumiy ovqatlanish korxonalari alkogolli mahsulotni sotishni faqat:
ushbu Nizomga muvofiq berilgan ruxsat guvohnomasi;
belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan, fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi;
yongʻinga qarshi, sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq boʻlgan omborxonalarga va asbob-uskunalarga ega boʻlgan oʻzining yoki ijaraga olingan umumiy ovqatlanish obyekti mavjud boʻlganda amalga oshiradilar. Bunda umumiy ovqatlanish obyektlari taʼlim, sport va diniy muassasalar hududlarida, jamoat transporti bekatlarida, davolash-profilaktika va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari hududida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korxonalari oshxonalarida joylashmagan boʻlishi kerak”;
b) 5-bandda:
beshinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Ishchi organ ruxsat guvohnomasi berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”;
v) 12-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ruxsat guvohnomasi berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
ariza beruvchining ushbu Nizom talablariga nomuvofiqligi”.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 92-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 10-bandning “d” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 101-band qoʻshilsin:
“101. Litsenziyalovchi organ ruxsat guvohnomasi berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyundagi 169-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 6-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino- va videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ariza beruvchi tomonidan kino- va videotasvirga olish uchun jalb etiladigan mahalliy tashkilot bilan tegishli xizmatlar koʻrsatish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Agentlik ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”;
b) 9-bandga quyidagi mazmundagi “g” kichik bandi qoʻshilsin:
“g) ariza beruvchi tomonidan kino- va videotasvirga olish uchun jalb etiladigan mahalliy tashkilotning badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kino- va videofilmlarni hamda dasturlarni ishlab chiqarishga tegishli litsenziyasi mavjud boʻlmasa ruxsatnoma berish rad etilishi mumkin”.
42. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 2-son, 13-modda) bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 56-bandning “d” va “e” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 561-band qoʻshilsin:
“561. Inspeksiya qurilish obyektlarini roʻyxatga olish va qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 56-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/255/1034-son)
45. Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 60-modda):
a) 1-ilovaning 25-bandida:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Monopoliyaga qarshi organ moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi mavjudligini aniqlash uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”;
b) 5-ilovada:
13-bandning uchinchi xatboshidagi “yuridik shaxs uchun — barcha oʻzgartirishlar hisobga olingan taʼsis hujjatlarining nusxalarini yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi, joylashgan joyi, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va joyi, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari) miqdori yoki investor oladigan boshqa mulkiy huquqlarning miqdori;
xoʻjalik yurituvchi subyektning ariza bergan vaqtdagi muassislari (qatnashchilari) tarkibi va ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlari miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar”;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-dekabrdagi 344-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 96-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandida:
a) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Monopoliyaga qarshi organ xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son)
48. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 8-bandda:
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Vakolatli organga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat va diniy tashkilotlardan oʻz yuritishidagi masalalar boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish uchun belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda zarur hujjatlar va axborotlarni soʻrash va olish huquqi beriladi, ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarining bank ishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 10-martdagi 56-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 24-modda):
a) 1-ilovada:
29-bandning “g” kichik bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti — yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning (yoki undan koʻchirmaning) va uning taʼsis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxasi”;
quyidagi mazmundagi 291-band qoʻshilsin:
“291. Markaziy bank oldindan ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”;
b) 2-ilovaning 6-bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Markaziy bank sertifikat berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”;
v) 5-ilovada:
3-bandning “i” — “n” kichik bandlari tegishli ravishda “j” — “l” kichik bandlar deb hisoblansin;
4-bandning “d” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 41-band qoʻshilsin:
“41. Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi xulosa berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”;
Oldingi tahrirga qarang.
(49-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/399/1291-son)
52. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarida:
a) 17-bandga quyidagi mazmundagi “j” kichik bandi qoʻshilsin:
“j) agar ommaviy tadbirning oʻtkazilishi litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish va (yoki) ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat olinishini talab qiluvchi harakatlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlsa, faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish va (yoki) harakatlarni bajarish huquqini beruvchi litsenziya (ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat)ning mavjudligi”;
b) 21-bandning “g” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) quyidagi mazmundagi 211-band qoʻshilsin:
“211. Komissiya ommaviy tadbirlar oʻtkazishga ruxsat berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”;
g) 2-ilova 13 bandining “v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 9-modda, 46-son, 584-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; 14-son, 231-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2017-y., 09/17/777/0067, 01.04.2018-y., 09/18/255/1034-son, 01.06.2018-y., 09/18/399/1291-son, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son, 19.12.2018-y., 09/18/1028/2344-son, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son; 14.03.2019-y., 09/19/218/3766-son, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son; 29.05.2020-y., 09/20/338/0700-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 14.04.2022-y., 09/22/180/0307-son; 17.06.2022-y., 09/22/338/0534-son, 25.06.2022-y., 09/22/346/0566-son; 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son; 07.06.2023-y., 09/23/233/0344-son; 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son, 02.05.2024-y., 09/24/256/0320-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)