08.01.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2648
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.01.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot muassasalarida koxlear implantatsiya operatsiyalarini oʻtkazish uchun bemorlarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 8-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2648]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-son qarori bilan tasdiqlangan “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tibbiyot muassasalarida koxlear implantatsiya operatsiyalarini oʻtkazish uchun bemorlarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 9-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 9-dekabrdagi 20-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot muassasalarida koxlear implantatsiya operatsiyalarini oʻtkazish uchun bemorlarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-son qarori bilan tasdiqlangan “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq koxlear implantatsiya operatsiyalarini oʻtkazish uchun bemorlarni tanlab olish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom talablari davlat sogʻliqni saqlash tizimiga kirmaydigan, tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koxlear implantatsiya operatsiyalari ikki tomonlama sensonevral eshitish pastligining III-IV darajalari qayd etilgan yoki kar boʻlgan shaxslarning (bundan buyon matnda bemorlar deb yuritiladi) eshitish qobiliyatini koʻp kanalli elektrod yordamida ichki quloqqa stimul berish orqali tiklash maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koxlear implantatsiya operatsiyalari Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bemor bolalar uchun koxlear implantatsiya operatsiyasini oʻtkazish va koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlari bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koxlear implantatsiya operatsiyasi bemor bola 5 yoshga toʻlganga qadar oʻtkazilganda ijobiy natija berishini hisobga olib, budjet mablagʻlari hisobiga xarid qilingan implantatlardan samarali foydalanish uchun ular 5 yoshga toʻlmagan bolalarga bepul taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 yoshga toʻlmagan bemor bolalarning ota-onalari, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki homiylari budjet mablagʻlari hisobiga xarid qilingan implantat hisobiga amalga oshiriladigan koxlear implantatsiya operatsiyasini oʻtkazish boʻyicha navbatni kutishni istamagan taqdirda, implantatni oʻzlari sotib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 yoshga toʻlgan va undan oshgan bemor bolalarda koxlear implantatsiya operatsiyasi ota-onalar, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki homiylarning istagiga koʻra va ular tomonidan implantant sotib olingan taqdirda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshidan qatʼi nazar, meningit kasalligi natijasida eshitish qobiliyatini yoʻqotgan bemor bolalarda olti oy ichida koxlear implantatsiya operatsiyasi oʻtkaziladi va ularga implantat bepul asosda taqdim etiladi. Bemor bola meningit kasalligi natijasida eshitish qobiliyatini yoʻqotgan vaqt uning kasallik tarixidan koʻchirmaga asosan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Implantat faqat bitta quloq uchun bepul taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilada ikki yoki undan ortiq 5 yoshga toʻlmagan bemor bola boʻlganda, koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlari samaradorligini taʼminlash maqsadida, implantat bir kalendar yilda ulardan faqat bittasiga bepul taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilmagan fuqarolar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-maydagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga muvofiq, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarda koxlear implantatsiya operatsiyasi va undan keyingi reabilitatsiya tadbirlari Markaz tomonidan pulli asosda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bemor bolalarning yoshi ular mazkur Nizomning 14-bandiga muvofiq koʻrikdan oʻtkazilgan sana boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Koxlear implantatsiya operatsiyalarini oʻtkazish uchun bemorlarni qabul qilish va tekshiruvdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan bemor bolalarni koxlear implantatsiya operatsiyalarini oʻtkazish uchun Markazga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-son qarori bilan tasdiqlangan Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablagʻlari hisobiga davolash qiymatini toʻlash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan bemorlarni koxlear implantatsiya operatsiyalarini oʻtkazish uchun Markazga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qoʻyish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Koxlear implantatsiya operatsiyalarini oʻtkazish uchun Markazga qabul qilingan barcha bemorlar Markazda audiologik, nur diagnostikasi, surdopedogogik, logopedik, psixonevrologik, umumiy va maxsus klinik tekshiruvlardan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Koxlear implantatsiya operatsiyasini oʻtkazishga koʻrsatmalar va qarshi koʻrsatmalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagi holatlar koxlear implantatsiya operatsiyasini oʻtkazishga koʻrsatmalar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola ilk yoshidan eshitish apparatidan doimiy ravishda foydalangan va samarasi past boʻlganligiga qaramasdan ogʻzaki koʻnikmalar shakllanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshitish apparati qoʻllanilganda koʻp boʻgʻinli soʻzlarni 40 foizdan, bir boʻgʻinli soʻzlarni 20 foizdan kam boʻlmagan darajada anglash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat past, oʻrta chastotali tovushlarni, 1-2 metr masofadan shartli reflektor reaksiyalari yordamida yuqori chastotali tovushlarni qabul qila olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
past, oʻrta va yuqori chastotali nonutqiy tovushlarga 3 metrdan kam boʻlmagan masofadan beixtiyor va ixtiyoriy reaksiyalar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baland tovush va ovozlarni eshitish reaksiyalarining rivojlanishida ijobiy oʻzgarishlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imo-ishoradan foydalanmagan holda soʻzlovchining yuzidan uning soʻzlayotganligini tushunish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz faolligining oshishi, undosh harflarga artikulyatsiya tovushlarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshitish apparatidan uch oy mobaynida muntazam foydalanish ijobiy natija bermagan va nutqli audiometriya maʼlumotlariga koʻra, ochiq tanlangan koʻp boʻgʻinli soʻzlarni anglash darajasi 30 foizdan kam boʻlgan holda faqat soʻzsiz tovushlarga reaksiyaning ijobiy tomonga rivojlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akustik refleksometriyada akustik reflekslarning qayd etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlanilgan chaqiriluvchi otoakustik emissiyasida eshitish potensiallarining qayd etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshitishning chaqiriluvchi qisqa chastotali potensiallari tekshiruvida V darajali choʻqqi 30 — 80 detsibelda eshitish potensiallari yoʻqligining qayd etganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
modullangan ohangda statsionar chaqiriluvchi eshitish potensiallari qayd etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
promontorial test maʼlumotlariga koʻra, berilgan elektr taʼsiri natijasida eshitish hissiyotining paydo boʻlganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin tovushlar maydonida tovush qabul qilish darajasi 2000 va 4000 Gs chastotalarda 55 detsibeldan yuqoriligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nur diagnostikasi maʼlumotlariga koʻra, koxleovestibulyar patologiyasi, chigʻanoq ichki yuzasining sezilarli obliteratsiyasi hamda retrokoxlear patologiyalarning yoʻqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagi holatlar koxlear implantatsiya operatsiyasini oʻtkazishga qarshi koʻrsatmalar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompyuter tomografiyasi va magnit rezonans tomografiyasi natijalariga koʻra, chigʻanoqning elektrod zanjirini kiritishga imkon bermaydigan darajada qisman yoki toʻliq ossifikatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejali jarrohlik muolajalariga mutloq qarshi koʻrsatma boʻluvchi somatik kasalliklarning (yurak-qon tomirlari, buyrak va jigarning ogʻir kasalliklari, qon kasalliklari, qandli diabet, sil, zaxm, orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi va boshqalar) mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nutqning imo-ishora va daktil nutq asosida toʻliq shakllanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemorlar, bemor bolalarning ular bilan birgalikda yashovchi ota-onalarida koxlear implantatsiya opersiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazish va koxlear implantatdan foydalanishni qiyinlashtiruvchi ruhiy va chuqur nevrologik buzilishlar (autizm, shizofreniya, psixopatiya, autoagressiya, epilepsiya, tutqanoq sindromi, elektroensefalogrammada aniqlangan tutqanoqqa moyillik) mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
retrokoxlear kasalliklar mavjudligi, auditor neyropatiyadan (chigʻanoq yoki eshituv nervi yoʻqligi, eshituv tizimining yuqori sathlaridagi shikastlanishlar) tashqari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemorlarda, bemor bolalarning ota-onalari, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki homiylarida, koxlear implantatsiya opersiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazish imkoniyati va istagi yoʻqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizomning 12-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar koxlear implantatsiya operatsiyalarini oʻtkazishga mutloq qarshi koʻrsatmalar hisoblanadi va ushbu koʻrsatmalar mavjud boʻlgan bemorlar qayta tekshiruvdan oʻtkazilmaydi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektroensefalogrammada tutqanoqqa moyillik aniqlangan bolalar kamida olti oy davomida oʻz yashash joyida nevropatolog mutaxassisida davolanganidan keyin qayta elektroensefalogramma tekshiruvidan oʻtishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Koxlear implantatsiya operatsiyasini oʻtkazish uchun navbatni shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Koxlear implantatsiya operatsiyasini oʻtkazish uchun tekshiruvdan oʻtkazilgan bemor bolalar koxlear implantatsiya boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Komissiya rais, rais oʻrinbosari hamda besh nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi. Komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiya majlisi zaruratga koʻra oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bemor bolalar Markazga qabul qilingan sana boʻyicha, mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan tekshiruvlar xulosalari hamda ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida Komissiya tomonidan koʻrikdan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan berilgan bemor bola oilasining mulkiy ahvoli haqida maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemor bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemor bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport) va nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemor bolaning oxirgi bir oy ichida olingan 3x4 sm hajmdagi fotosurati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Meningit kasalligi natijasida eshitish qobiliyatini yoʻqotgan bemor bolalar Komissiya koʻrigidan oʻtkazish uchun navbatdan tashqari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Koʻrikdan oʻtkazish vaqtida Komissiya tomonidan bemor bolada mavjud boʻlgan koxlear implantatsiya operatsiyasini oʻtkazishga koʻrsatmalar va qarshi koʻrsatmalarning har biri tahlil qilinadi. Koʻrikdan oʻtkazish natijalariga koʻra, Komissiya tomonidan koxlear implantatsiya operatsiyasini oʻtkazish yoki uni oʻtkazishni rad etish haqida asoslantirilgan xulosa qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya yigʻilishiga Komissiya raisi, Komissiya raisi boʻlmaganda uning oʻrinbosari raislik qiladi. Komissiya xulosasi unda ishtirok etgan komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Koxlear implantatsiya operatsiyasi Komissiyaning koxlear implantatsiya operatsiyasini oʻtkazish haqidagi ijobiy xulosasiga asosan navbatma-navbat oʻtkaziladi. Bunda implantatlar budjet mablagʻlari hisobiga xarid qilingan yoki ota-onalar, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar va homiylar tomonidan sotib olinganligiga koʻra alohida navbat shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bemor bolalar Komissiya koʻrigidan oʻtkazilgan sana boʻyicha, Komissiyaning bir majlisi davomida koʻrikdan oʻtkazilgan bemor bolalar Markazga qabul qilingan sana boʻyicha navbatga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu bob talablari mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan bemorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ushbu bemorlarda koxlear implantatsiya operatsiyasi ular Markazga murojaat qilgan sana boʻyicha navbatma-navbat amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Koxlear implantatsiya operatsiyasi oʻtkazilgan uch yoshgacha bemor bolalarda uch yil, uch va undan katta yoshdagi bemorlarda kamida besh yil davomida Markaz tomonidan koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlari oʻtkazilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bemor, bemor bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlari haqida Komissiya koʻrigidan oʻtish vaqtida xabardor qilinishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bemorlarning koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlarida ishtirok etishlarini monitoring qilish maqsadida bemorda koxlear implantatsiya operatsiyasi oʻtkazilganligi haqida ikki hafta ichida Markaz tomonidan bemorning doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga xabar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bemorlar koxlear implantatsiya operatsiyasi oʻtkazilgan kundan boshlab toʻrt hafta ichida nutq protsessorini ishga tushirish uchun Markazga kelishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Nutq protsessori Markazning audiolog mutaxassislari tomonidan ishga tushiriladi. Nutq protsessorining kafolati va ehtiyot qismlari bemor, bemor bolaning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga yozma ravishda topshiriladi hamda ularga nutq protsessoridan foydalanish shartlari tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Nutq protsessori Markazning audiolog mutaxassislari tomonidan quyidagi muddatlarda sozlab turiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi sozlash — nutq protsessori ishga tushirilgan paytda, yaʼni koxlear implantatsiya operatsiyasi oʻtkazilgan kundan boshlab toʻrt haftadan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi sozlash — birinchi sozlash oʻtkazilgan kundan oʻn sakkiz — yigirma kundan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi sozlash — ikkinchi sozlash oʻtkazilgan kundan toʻrt haftadan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi sozlashdan keyingi sozlashlar — koxlear implantatsiya operatsiyasi oʻtkazilgan kundan bir yil davomida har oyda, ikkinchi yil davomida har chorakda, uchinchi yil davomida har olti oyda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Koxlear implantatsiya operatsiyasi oʻtkazilgan kundan uch yil oʻtgach, nutq protsessori Markazning audiolog mutaxassislari tomonidan har yili bir marta profilaktik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Koxlear implantatsiya operatsiyasi oʻtkazilishiga muhtoj boʻlgan bemorlarni aniqlash, ularni Markazga yuborilishini taʼminlash hamda bemorlarning koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlarida ishtirok etishini monitoring qilish boʻyicha masʼuliyat tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bemor bolalarni Markazga qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-son qarori bilan tasdiqlangan Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablagʻlari hisobiga davolash qiymatini toʻlash tartibiga muvofiq yuborilishini taʼminlash boʻyicha masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bemorlar, bemor bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar nutq protsessori va uning ehtiyot qismlaridan ehtiyotkorona foydalanilishi uchun masʼuldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 12-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)