Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDIGA AYRIM VAKOLATLAR BERISh TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqillik asoslari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va sobiq SSSRning Oliy sudi tugatilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Sobiq SSSRning Oliy sudi Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga nisbatan chiqargan sudlov qarorlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1985 — 1989-yillarda chiqargan ayrim qarorlarini qayta koʻrib chiqish vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
640-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 346-modda)