1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish va ularga qulaylik yaratish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Saʼdullayev) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir N. YOʻLDOSHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 311-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jismoniy va yuridik shaxslar (bundan buyon matnda murojaat qiluvchilar deb yuritiladi) bevosita kelib yoki telefon orqali, yozma yoxud elektron shaklda, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali oʻzlari uchun qulay va aniq vaqtda notarius tomonidan qabul qilinishni soʻrab murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Notarius tomonidan qabul qilinish haqidagi murojaatlar mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan Notarial harakatlarni amalga oshirish haqidagi murojaatlarni navbatma-navbat qayd etish daftariga (bundan buyon matnda daftar deb yuritiladi) qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat notarial idorasida faoliyat yuritadigan notariuslar sonidan qatʼi nazar, har bir davlat notarial idorasida yagona daftar yuritiladi. Bunda kelib tushgan murojaatlar notariuslarning ish kunlari va vaqtini inobatga olgan holda har bir notariusga teng taqsimlab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Notariuslarning ish kunlari va soati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslarning ish kunlari va vaqtini belgilashda muayyan davlat notarial idorasi yoki notarius tomonidan haftaning shanba va yakshanba kunlarida ham notarial harakatlar amalga oshirilishi nazarda tutiladi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga boʻysunuvchi tuman (shahar) doirasida faqat bitta notarius faoliyat yuritadigan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Daftar notarius yordamchisi tomonidan yuritiladi. Notarial idorada ikki yoki undan ortiq notarius ishlayotgan boʻlsa, daftarni yuritish katta notarius yordamchisiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Daftar raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar yoki Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi yoxud ularning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan imzolanib, muhrlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Notarius yordamchisi kelib tushgan har bir murojaatni navbat boʻyicha daftarga kiritadi, notariusning ish kuni va vaqtini hamda murojaat qiluvchi uchun qulay vaqtni inobatga olgan holda, notariusning qabul kuni va soatini belgilaydi hamda bu haqda murojaat qiluvchini xabardor qiladi. Bunda murojaat qiluvchi murojaat kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan notarius tomonidan qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Murojaat qiluvchining istagiga koʻra, uning murojaati daftarga qayd etilganligi haqida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Murojaat qiluvchi belgilangan vaqtda notarius qabulida hozir boʻlishi shart. Mazkur talab bajarilmaganda murojaat qiluvchini qabul qilish umumiy asoslarda yoki qabul vaqtini qaytadan belgilash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilangan vaqtdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Murojaat qiluvchi notarius tomonidan belgilangan vaqtda qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Murojaat qiluvchi notarius tomonidan qabul qilinganda, muayyan kamchiliklar sababli tegishli notarial harakatlarni amalga oshirish imkoni yoʻqligi aniqlangan taqdirda, mazkur kamchiliklarni darhol bartaraf etish choralari koʻriladi. Aniqlangan kamchiliklarni darhol bartaraf etish imkoni boʻlmagan taqdirda, murojaat qiluvchiga koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarli muddat beriladi. Bunda murojaat qiluvchi berilgan muddatdan keyin navbatdan tashqari qabul qilinadi va bu haqda daftarga tegishli izoh kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mazkur ustunga qabul amalga oshirilganligi, kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddat berilganligi, shuningdek sababini koʻrsatgan holda qabul amalga oshirilmaganligi haqida yozuvlar kiritiladi.
(murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning, yuridik shaxs vakilining F.I.O.)
Sizning murojaatingiz Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Notarial harakatlarni amalga oshirish haqidagi murojaatlarni navbatma-navbat qayd etish daftarida ____-tartib raqami bilan qayd qilindi.
___ yil “___” _______ kuni soat __:__ da notarius ______________________ qabulida