Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Qarori
ULYaNOV RAYONI VA ULYaNOVSK AHOLI PUNKTINING TARIXIY NOMLARINI TIKLASh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
Qashqadaryo viloyat hokimi va xalq deputatlari Ulyanov rayon sovetining iltimoslari qondirilib, Ulyanov rayonining Kasbi degan, rayonning maʼmuriy markazi — Ulyanovsk aholi punktining Mugʻlon degan tarixiy nomlari tiklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 22-oktabr,
700-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 12-son, 461-modda)