Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
buyrugʻi
Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 30-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1981-3]
Oʻquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim muassasalarida taʼlimni yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlashning yangi uslublarini hamda reyting asosida joriy etilgan baholashning ilgʻor usullarini takomillashtirishda oliy taʼlim muassasalarining masʼuliyatini oshirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2009-yil 11-iyundagi 204-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1981, 2009-yil 10-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 28-son, 330-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomning muqaddimasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanishi mumkin.”.
2. Ushbu qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim hamda rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. VAHOBOV
Toshkent sh.,
2014-yil 26-dekabr,
14-son
Kelishilgan:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori J. ISMAILOV
2014-yil 26-dekabr,
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2014-yil 26-dekabr,
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2014-yil 26-dekabr,
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2014-yil 26-dekabr,
Madaniyat va sport ishlari vaziri v. v. b. B. AXMEDOV
2014-yil 26-dekabr,
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
2014-yil 26-dekabr,
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK raisi A. RAMATOV
2014-yil 26-dekabr,
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2014-yil 26-dekabr,
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDDINOV
2014-yil 26-dekabr,
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2014-yil 26-dekabr,
Navoiy kon-metallurgiya kombinati DK bosh direktori Q. SANAQULOV
2014-yil 26-dekabr,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52(I)-son, 646-modda)