Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining
Qarori
SIRDARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARIDAGI BAʼZI BIR RAYON VA ShAHAR POSYoLKALARINING NOMLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
Sirdaryo va Surxondaryo hokimlari hamda xalq deputatlari tegishli rayon Sovetlarining iltimoslari qondirilib, Sirdaryo viloyatidagi Komsomol rayonining nomi Mirzaobod rayoni, Surxondaryo viloyatidagi Gagarin rayonining nomi Muzrabod rayoni, Lenin yoʻli rayonining nomi Qiziriq rayoni, shu rayonning maʼmuriy markazi boʻlgan Lenin yoʻli shahar posyolkasining nomi Sariq shahar posyolkasi deb oʻzgartirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 22-oktabr,
699-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 12-son, 460-modda)