Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kengashining
Qarori
VILOYaTGA BOʻYSUNUVChI AYRIM ShAHARLARNI TUMANGA BOʻYSUNUVChI ShAHARLAR TOIFASIGA OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining viloyatga boʻysunuvchi quyidagi shaharlarni tumanga boʻysunuvchi shaharlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Andijon viloyatining Shahrixon va Qorasuv shaharlari
Buxoro viloyatining Gʻijduvon shahri
Jizzax viloyatining Dashtobod shahri
Navoiy viloyatining Uchquduq shahri
Namangan viloyatining Kosonsoy, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust va Haqqulobod shaharlari
Samarqand viloyatining Oqtosh va Urgut shaharlari
Sirdaryo viloyatining Baxt va Sirdaryo shaharlari
Surxondaryo viloyatining Denov shahri
Toshkent viloyatining Yangiobod shahri
Fargʻona viloyatining Quva shahri
Xorazm viloyatining Pitnak va Xiva shaharlari
Qashqadaryo viloyatning Shahrisabz shahri
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 29-iyul,
383-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 6-7-son, 136-modda)