Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.06.2022 31.08.2000 yildagi 118-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.06.2022
Hujjat 14.09.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
POChTA ALOQASI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2022-yil 9-iyundagi OʻRQ-777-sonli “ Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi pochta aloqasini tashkil etish, uning faoliyati va rivojlanishi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Pochta aloqasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining pochta aloqasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abonentlik pochta javoni — turar joy binosining kirish yoʻlagi (vestibyuli)da, shuningdek xat-xabarlar va davriy nashrlar yetkaziladigan uchastkada adresatlarning yozma xat-xabarlar va davriy nashrlarni olishlari uchun oʻrnatiladigan, qulflanadigan qutichalardan iborat maxsus javon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adresat — pochta joʻnatmasi, pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar yoʻllangan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozma xat-xabarlar — oddiy, buyurtma va qimmatli xatlar, banderollar, oddiy va buyurtma pochta varaqchalari hamda sekogrammalari (koʻzi ojizlar uchun), shuningdek mayda paketlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy operator — pochta aloqasi milliy operatori, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida universal xizmatlarni majburiy ravishda koʻrsatish vazifasi yuklatilgan operator;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomli buyum — hujjatlar va pochta joʻnatmalariga pochta aloqasi obyektining nomi, pochta joʻnatmasi qabul qilingan va yetkazilgan sana hamda boshqa maʼlumotlardan iborat tamgʻa tushiruvchi qurilma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator — pochta aloqasi operatori, yaʼni mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida pochta aloqasi tarmogʻiga egalik qiluvchi va pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi — pochta joʻnatmalarini, shuningdek pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini joʻnatish (qabul qilish, ishlov berish, tashish, oʻtkazish)ni va yetkazib berish (topshirish)ni taʼminlovchi texnik va transport vositalarining yagona ishlab chiqarish-texnologiya majmuini oʻzida mujassamlashtirgan aloqa turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi vositalari — pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish uchun foydalaniladigan asbob-uskunalar, texnika va transport vositalari, shuningdek, pochta konvertlari, varaqchalari va idishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi obyektlari — pochta aloqasi operatorlarining alohida boʻlinmalari, yaʼni pochtamtlar, pochta aloqasi uzellari, boʻlimlari va punktlari, shuningdek, temir yoʻl stansiyalari va aeroportlar qoshidagi pochta almashish punktlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi tarmogʻi — pochta aloqasi obyektlari va pochta yoʻnalishlari majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi xizmatlari — operator yoki provayderning pochta joʻnatmalarini, shuningdek pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini joʻnatish boʻyicha faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta joʻnatmalari — manzili koʻrsatilgan yozma xat-xabarlar, posilkalar, toʻgʻri joʻnatiluvchi pochta konteynerlari va tegishlicha oʻrovdagi bosma nashrlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta indeksi — pochta aloqasi obyekti manzilining shartli belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta toʻlovining davlat belgilari — pochta joʻnatmalaridagi pochta aloqasi xizmatlari haqi toʻlanganligini tasdiqlovchi pochta markasi va frankirlash mashinasining tamgʻa izi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta qutisi — oddiy xatlar va pochta varaqchalarini yigʻishga moʻljallangan, belgilangan shakl va oʻlchamdagi, operator yoki provayderning qulflanadigan maxsus qutisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
provayder — pochta aloqasi xizmatlari provayderi, yaʼni foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini tijorat asosida pochta aloqasi operatorining tarmogʻi orqali koʻrsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi — pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta aloqasi va telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda pul mablagʻlarini joʻnatishdan iborat xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch punktining pochta javoni — pochta joʻnatmalarini yetkazish uchastkasida pochta joʻnatmalarini vaqtincha saqlash yoki adresat pochta joʻnatmalarini olishi uchun moʻljallangan, qulflanadigan maxsus javon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi — barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi uchun ommaviy shartnoma shartlari asosida ochiq boʻlgan pochta aloqasining turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
universal xizmatlar — pochta aloqasining universal xizmatlari, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi hududida umumiy foydalanishdagi pochta aloqasining yozma xat-xabarlarni joʻnatish boʻyicha barcha foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchi — pochta aloqasi xizmatidan foydalanuvchi, yaʼni pochta aloqasi xizmatlarining isteʼmolchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
frankirlash mashinasi — yozma xat-xabarlarga pochta aloqasi xizmatlari uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi pochta toʻlovining davlat belgilarini, ushbu xat-xabarlarni qabul qilish sanasini va boshqa maʼlumotlarni tushirishga moʻljallangan mashina;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli pochta joʻnatmalari — foydalanuvchi tomonidan joʻnatish vaqtida joylanma qiymati eʼlon qilingan pochta joʻnatmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Pochta aloqasi faoliyatining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasi sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamma foydalanuvchilar uchun ochiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida pochta joʻnatmalari tranzitining erkinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi faoliyatida ishtirok etishda yuridik va jismoniy shaxslarning teng huquqliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir shaxsning yozishmalari va pochta joʻnatmalari sir tutilishi huquqini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi sohasida standartlar, qoidalar va normalarning yagonaligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Pochta aloqasi mulki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasining mol-mulki ommaviy yoki xususiy boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasining mulqdorlari qonun bilan kafolatlangan teng huquqlarga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Pochta aloqasi turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida pochta aloqasi umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi va maxsus moʻljallangan pochta aloqasiga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi operator va provayderlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida pochta aloqasi faoliyatining yagona prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus moʻljallangan pochta aloqasi quyidagilarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi sohasida maxsus vakolatli organning maxsus aloqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat feldyegerlik aloqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining feldyegerlik-pochta aloqasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus moʻljallangan pochta aloqasining faoliyati qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Pochta aloqasi sohasini davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasi sohasini davlat tomonidan tartibga solish yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni shakllantirish, litsenziyalash, sertifikatlashtirish, soliq solish yoʻli bilan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasi sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan maxsus vakolatli organ (bundan buyon — maxsus vakolatli organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Maxsus vakolatli organ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasini rivojlantirish milliy dasturlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini (bundan buyon — pochta qoidalari deb yuritiladi) tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
universal xizmatlar tarifini tartibga soladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasining texnik vositalarini belgilangan talablarga muvofiqligiga doir sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat pochta toʻlov belgilarining namunalarini tasdiqlaydi va ularni nashr etish, muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatorlar va provayderlar uchun majburiy boʻlgan pochta indekslarini, yozma xat-xabarlarning olib ketish davriyligi normativlarini, shuningdek, pochta joʻnatmalari oʻtishining nazorat muddatlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi tarmoqlari va xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek, pochta va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha operator va provayderlarning faoliyatini muvofiqlashtirib turadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qiladi, foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar masalalarini qarab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Universal xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida universal xizmatlar milliy operator tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universal xizmatlarni koʻrsatish qoidalari va ularning sifatiga boʻlgan talablar maxsus vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Pochta aloqasi xizmatlari uchun toʻlov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasi xizmatlari uchun toʻlov, operator yoki provayder tomonidan shartnoma asosida belgilab qoʻyiladigan tariflar boʻyicha aniqlanadi, universal xizmatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universal xizmatlar uchun toʻlov qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanuvchi tarif asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma xat-xabar joʻnatganlik uchun toʻlov yozma xat-xabarga pochta toʻlovining davlat belgisini tushirish orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Yozishmalar va pochta joʻnatmalari siri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozishmalar va pochta joʻnatmalari sirini saqlash maqsadida operator va provayderlarga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joʻnatuvchining yoki adresatning qonuniy vakilidan boshqa uchinchi shaxsga pochta joʻnatmalari va foydalanuvchilarning manzillari haqidagi maʼlumotlarni oshkor etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta joʻnatmasini ochish yoki ochmasdan uning joylanmasiga doir maʼlumotlarni bilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta joʻnatmalarining joylanmasidan boshqa shaxsni xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Operator va provayderlarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator va provayderlar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini va shartnoma asosidagi boshqa xizmatlarni koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchi pochta qoidalarida belgilangan talablarni buzgan taqdirda unga pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatishni toʻxtatib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatganlik uchun chet el mamlakatlarining pochta maʼmurlari va operatorlari bilan oʻzaro hisob-kitoblarni yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz belgisiga ega boʻlish va undan qonun hujjatlariga muvofiq oʻz faoliyatida foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operatorlar va provayderlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Milliy operatorning mutlaq huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy operator quyidagi mutlaq huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta vagonlari va pochta qutilariga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirini tushirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa davlatlarning pochta maʼmurlari bilan pochta aloqasi sohasidagi oʻzaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy xatlar va pochta varaqchalarini joʻnatish, davlat pensiya va nafaqalarini yetkazib berish (topshirish) boʻyicha xizmatlar koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Operator va provayderlarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator va provayderlar quyidagilarga majburdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni pochta qoidalariga muvofiq amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilarning pochta aloqasi xizmatlaridan erkin foydalana olishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi koʻrsatayotgan xizmatlar sifatli boʻlishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarining butligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan texnologik uskunalar, mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va axborotlashtirish vositalariga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartlari va tartibi toʻgʻrisidagi, shuningdek pochta aloqasi xizmatlari tariflarining oʻzgarganligi haqidagi axborotni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi xizmatlarining bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarni qonun hujjatlariga muvofiq qoplash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator va provayderlar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Operator va provayderlarning oʻz majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator va provayderlar pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoxud lozim darajada bajarmaganlik uchun foydalanuvchilar oldida qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar. Operator va provayderlarning javobgarligi pochta joʻnatmalarini yoʻqotish, buzish (shikastlash), joylanmalarning kam chiqishi, pochta joʻnatmalarini yetkazib bermaslik (topshirmaslik) yoki pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini amalga oshirishning nazorat muddatlarini buzish hamda pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatishning belgilangan talablari boshqacha tarzda buzilgan hollarda yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatishda foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlar operator yoki provayder tomonidan quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta joʻnatmalari: buyurtma xat, buyurtma pochta varaqchasi, buyurtma banderol yoki pochta joʻnatmasini topshirganlik toʻgʻrisidagi buyurtma xabar qogʻozi yoʻqotilgan hollarda — pochta aloqasi xizmatlariga toʻlangan summa miqdorida neustoyka; posilka, qimmatli banderol yoki qimmatli xat uchun — eʼlon qilingan qiymatning ikki barobari va pochta aloqasi xizmati uchun toʻlangan summa miqdorida neustoyka (eʼlon qilingan qiymat uchun tarif toʻlovi bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli pochta joʻnatmasini joylanma roʻyxati bilan joʻnatganda joylanmaning bir qismi yetishmagan yoki buzilgan (shikastlangan) hollarda — joʻnatuvchi roʻyxatda koʻrsatgan joylanmaning yetishmayotgan yoki buzilgan (shikastlangan) qismi eʼlon qilingan qiymatining ikki barobari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli pochta joʻnatmasini joylanma roʻyxatisiz joʻnatganda joylanmaning bir qismi yoʻqolgan yoki buzilgan (shikastlangan) hollarda — joylanmaning yetishmayotgan yoki buzilgan (shikastlangan) qismining yuborilgan joylanma ogʻirligiga (pochta joʻnatmasi ustki oʻramini istisno etganda) nisbati bilan mutanosib tarzda aniqlanadigan pochta joʻnatmasi qiymati eʼlon qilingan qismining ikki barobari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adresatga pul mablagʻlarining pochta yoki telegraf oʻtkazmasi toʻlanmaganda yoki notoʻgʻri toʻlanganda, agar oʻtkazilgan pullarni adresatga berishning imkoni boʻlmay, u joʻnatuvchiga ham toʻlanmagan boʻlsa — oʻtkazmaning toʻlanmagan yoki yetarlicha toʻlanmagan qismi summasi miqdorida hamda pochta aloqasi xizmatlariga toʻlangan summa miqdorida neustoyka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adresatdan ustama toʻlov miqdorini yetarlicha olmagan yoki ustama toʻlovni notoʻgʻri toʻlaganda — kam olingan yoki notoʻgʻri toʻlangan ustama toʻlov summasi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
posilkalar, qimmatli xatlar, qimmatli banderollar, shuningdek, pul mablagʻlarining pochta va telegraf oʻtkazmalarini belgilangan muddatlardan koʻproq ushlab qolgan hollarda — ushlanib qolingan har bir kun uchun pochta xizmatlariga toʻlangan summaning bir foizi miqdorida, lekin ushbu xizmatga toʻlangan summadan koʻp boʻlmagan miqdorda neustoyka. Zararlar joʻnatuvchilarning yoki adresatlarning talabiga binoan toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviajoʻnatmalarni (banderol, posilkalarni) joʻnatish yoki yetkazib berish (topshirish)ning belgilangan muddatlaridan koʻproq ushlab qolgan hollarda — avia- va yer usti transportida joʻnatish oʻrtasidagi toʻlov farqi miqdorida va bundan tashqari yer usti transporti orqali joʻnatishning belgilangan muddatlaridan koʻproq ushlanganlik uchun har bir kechiktirilgan kun uchun — ushbu modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar, avia- va yer usti transporti yoʻl chiptalari solingan qimmatli xatlarni joʻnatish yoki yetkazib berish (topshirish)ning belgilangan muddatlaridan kechikkanligi tufayli ulardan foydalanish muddatlari oʻtib ketgan hollarda — yetkazilgan zararning ikki barobari miqdorida, lekin joylanma roʻyxatida eʼlon qilingan qiymatning ikki barobaridan koʻp boʻlmagan miqdorda hamda pochta aloqasi xizmati uchun toʻlangan summa miqdorida neustoyka.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta joʻnatmalarining yoʻqolishi, buzilishi (shikastlanishi), yetkazib berilmagani (topshirilmagani) yoki ularning joʻnatilishi nazorat muddatidan kechikkani yengib boʻlmas kuch yoki pochta joʻnatmasi joylanmasining xususiyatlari tufayli sodir boʻlganligi isbotlansa, operator va provayderlar javobgar boʻlmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Foydalanuvchilarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz huquq va majburiyatlari, pochta qoidalari, koʻrsatilayotgan xizmatlar va ularga doir tariflar haqidagi axborotlardan erkin foydalana olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz pochta manzili boʻyicha, yoʻqlab olish tarzida yoki abonentlik pochta javoni qutilaridan foydalangan holda pochta joʻnatmalarini va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgan pochta joʻnatmalari yoki pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini olishdan bosh tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymati eʼlon qilingan pochta joʻnatmasi joylanmasining bahosini mustaqil ravishda belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator va provayderlar tomonidan oʻz vaqtida hamda sifatli xizmat koʻrsatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatilmaganligi yoki lozim darajada sifatli xizmat koʻrsatilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning toʻlanishi, maʼnaviy ziyonning qoplanishiga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Foydalanuvchilarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanuvchilar quyidagilarga majburdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta qoidalari talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlariga koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator va provayderlarning ish sifati pasayishiga qaratilgan xatti-harakatlar qilmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanuvchilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Daʼvolarni taqdim etish tartibi va muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda foydalanuvchi operator yoki provayderga daʼvo taqdim etishi, shu jumladan yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta joʻnatmasini yetkazmaganlik (topshirmaganlik), oʻz vaqtida yetkazmaganlik yoki yoʻqotganlik (shikastlaganlik) yoxud oʻtkazilgan pul mablagʻlarini toʻlamaganlik toʻgʻrisidagi daʼvolar pochta joʻnatmasi yoki pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi topshirilgan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy davomida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvolar yozma tarzda bayon etiladi va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvolarga yozma javoblar quyidagi muddatlarda berilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir aholi punkti doirasida yuborilgan (oʻtkazilgan) pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasiga doir daʼvolarga — besh kun davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa barcha pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasiga doir daʼvolarga — bir oy davomida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator yoki provayderlarga pochta joʻnatmasi qabul qilingan manzil boʻyicha ham, pochta joʻnatmasi yuborilishi belgilangan manzil boʻyicha ham daʼvolar taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta joʻnatmalarini qidirib topish boʻyicha daʼvolar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Pochta aloqasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasi davlat tomonidan quyidagi yoʻllar bilan qoʻllab-quvvatlanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi va uning infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiyalar jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasining barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy-texnikaviy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda soliqqa doir va boshqa imtiyozlar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Pochta aloqasi tarmoqlari va vositalarini rivojlantirish hamda qayta taʼmirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasi tarmoqlari va vositalarini rivojlantirish hamda qayta taʼmirlash ularning mulkdorlari (egalari) tomonidan oʻz mablagʻlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar, shaharchalar va boshqa aholi punktlari, turar joy dahalari va majmualari, alohida binolar va inshootlar loyihalashtirilayotgan hamda rivojlantirilayotganda mahalliy davlat hokimiyati organlari belgilangan normativlarga muvofiq pochta aloqasi obyektlarini joylashtirish uchun binolar qurilishini yoki alohida xonalar boʻlishini nazarda tutishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasi obyektlarini avtomobil va temir yoʻl vokzallari, aeroportlar, bozorlar va mehmonxonalarda joylashtirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil, temir yoʻl vokzallari, aeroportlar qoshida pochta aloqasi obyektlarining binolari va inshootlari qurilishi uchun yer uchastkalari bevosita ularga yaqin joylardan ajratilishi, shaharlarda pochtamtlar qurilishi uchun esa — shaharning markaziy qismidan, pochta almashinuvi uchun sharoitlar taʼminlangan holda ajratilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlari va ayrim binolarni yangidan qurish, kengaytirish, qayta taʼmirlash, foydali qazilmalarni qazib olish tufayli pochta aloqasi obyektlarini koʻchirish (qayta qurish) buyurtmachi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga, operator yoki provayderlarning texnik shartlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta qutilari foydalanuvchilar uchun hamda xat va pochta varaqchalarini olib ketish uchun qulay boʻlgan yerlarga joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abonentlik pochta javonlari qurilish tashkilotlari tomonidan koʻp qavatli binolarning birinchi qavatlariga oʻrnatiladi. Abonentlik pochta javonlarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlari ushbu uylarning qurilish smetalariga kiritiladi. Abonentlik pochta javonlarini soz holda saqlab turish taʼmirlash-foydalanish korxonalari tomonidan, uylarning egalari yoki mulkdorlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp qavatli binolarda joylashgan tashkilotlarga pochta joʻnatmalari shu tashkilotlar tomonidan binolarning birinchi qavatlariga oʻrnatilgan tayanch punktlarining pochta javonlari orqali yetkazib beriladi. Javonlarni oʻrnatish va soz holda saqlab turish pochta joʻnatmalarini oluvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Pochta aloqasining transport vositalaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator va provayderlar pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarini tashish uchun oʻzlariga tegishli boʻlgan transport — pochta vagonlari, avtomobillardan, shuningdek shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transportdan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator va provayderlar pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarini tashish uchun foydalanadigan transport vositalari qonun hujjatlariga muvofiq maxsus farqlash belgilariga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator va provayderlarning pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarini tashish uchun foydalanadigan transport vositalari ularning roziligisiz boshqa ishlarni bajarish uchun foydalanilishi va olib qoʻyilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchi hamda yuklarni muntazam tashuvchi temir yoʻl, havo va avtomobil transportining xoʻjalik yurituvchi subyektlari operator va provayderlar bilan pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarini tashish yuzasidan shartnomalar tuzishni rad etishga haqli emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator va provayderlarning pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarini tashish uchun foydalanadigan transport vositalari shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va boshqa aholi punktlarining barcha koʻchalari boʻylab, avtomobil yoʻllarida hech qanday cheklanishsiz yurish hamda avtomobil, temir yoʻl vokzallari va aeroportlar qoshida joylashgan pochta aloqasi obyektlariga, yuk (bagaj) majmualariga kirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlari butligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator va provayderlar pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarining butligini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operatorlar bilan provayderlar oʻrtasidagi pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarini qabul qilish va topshirish pochta qoidalarida belgilangan tartibda, beriladigan va qabul qilinadigan pochta joʻnatmalari hamda pul mablagʻlarining hujjatlashtirib qayd etilishi taʼminlangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlari tashiladigan transport vositalari belgilangan norma va qoidalarga muvofiq jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta joʻnatmalariga ishlov beriladigan va pul mablagʻlari saqlanadigan binolar, xonalar zarur asbob-uskunalar, qoʻriqlash-yongʻinga qarshi signalizatsiya vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli pochta joʻnatmalari sugʻurtalanishi shart. Qimmatli pochta joʻnatmalarini sugʻurtalash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatishning alohida shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta joʻnatmasini yoki oʻtkazilgan pul mablagʻlarini foydalanuvchining manziliga doir zarur maʼlumotlar aniq emasligi yoki yoʻqligi, adresatning koʻchib ketganligi tufayli yetkazish (topshirish) imkoni boʻlmasa yoki operator va provayderlar pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartnomasidagi oʻz majburiyatlarini bajara olish imkoniyatini istisno etadigan boshqa holatlarda ular joʻnatuvchiga pochta qoidalarida belgilangan muddatlarda qaytariladi. Joʻnatuvchi qaytarilgan pochta joʻnatmasi yoki qaytarilgan mablagʻlarini olishdan bosh tortgan taqdirda, ular operator yoki provayder tomonidan vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar foydalanuvchining manziliga doir zarur maʼlumotlarning yoʻqligi tufayli yetkazilmagan (topshirilmagan) pochta joʻnatmalari yoki pul mablagʻlarini joʻnatuvchiga qaytarishning ham imkoni boʻlmay qolsa, ular operator yoki provayder tomonidan vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarqatilmay qolgan pochta joʻnatmalari va talab qilib olinmagan pul mablagʻlari bilan ishlash tartibi pochta qoidalari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Topshirilmay qolgan pochta joʻnatmalaridan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topshirilmay qolgan pochta joʻnatmalarini vaqtinchalik saqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda operator yoki provayder tomonidan olti oy davomida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddat oʻtganidan soʻng:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pullar davlat budjeti foydasiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar fond birjasi orqali, qimmatbaho metallar, boshqa buyumlar savdo tarmoqlari orqali sotiladi, tushgan mablagʻlar esa operator yoki provayderlarning xarajatlari qoplanganidan soʻng davlat budjeti foydasiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar (pasport, diplom, shahodatnoma, guvohnoma va boshqalar) kim tomonidan berilgan boʻlsa, shu korxona, muassasa va tashkilotlarga topshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlar tegishli dalolatnoma tuzilib, yoʻq qilib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oluvchisini, joʻnatuvchisini qidirishning iloji boʻlmaganda, topshirilmay qolgan pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari pochta aloqasi operatori tomonidan oʻn sakkiz oy davomida saqlanadi, shundan soʻng pul mablagʻlari mahalliy budjet foydasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi tarmogʻi orqali pochta joʻnatmalarini yuborishdagi cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi tarmogʻi orqali pochta joʻnatmalari yuborishda cheklovlar belgilanishi mumkin boʻlib, ularning roʻyxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator va provayderlar joʻnatilishi taqiqlangan joylanmasi bor pochta joʻnatmalarini ushlab qolish, shuningdek, joylanmasi boshqa pochta joʻnatmalarining buzilishi (shikastlanishi)ga olib keluvchi, operator va provayderlarning xizmatchilari yoki uchinchi shaxslarning hayoti va sogʻligʻiga xavf soladigan (bu xavfni boshqa yoʻl bilan bartaraf etib boʻlmaydigan) hollarda, pochta joʻnatmalarini yoʻq qilib tashlash yoki yoʻq qilib tashlashga ruxsat berish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi tarmoqlari orqali joʻnatish taqiqlangan buyum, ashyo va materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida yuborilayotgan pochta joʻnatmalaridan olib qoʻyish, shuningdek ularni yoʻq qilib tashlash tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida belgilangan vakolat doirasida faoliyat yuritadigan yuridik shaxslardan joylanmasi davlat siriga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar va buyumlar, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan buyumlar, Oʻzbekiston Respublikasi pul belgilari, chet el valyutasidan iborat pochta joʻnatmalarini qabul qilish, shuningdek ularni tashish va yetkazib berish maxsus moʻljallangan pochta aloqasi korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Favqulodda holatlarda pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatlarda (harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yongʻinlar, epidemiyalar va boshqalarda) pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Pochta obyektlarida roʻy bergan hodisalar, avariyalar oqibatlarini bartaraf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasi obyektlarida roʻy bergan hodisalar, avariyalar oqibatlarini bartaraf qilish ularning mulkdorlari (egalari) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari pochta aloqasi obyektlarida roʻy bergan hodisalar, avariyalar oqibatlarini bartaraf etishda operatorlarga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasi obyektlarida yuridik va jismoniy shaxslarning aybi bilan roʻy bergan hodisalar oqibatida operator yoki provayderlarga yetkazilgan zararlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Milliy operator xizmatchisining formali kiyimi va koʻkrak nishoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy operator xizmatchisi oʻz xizmat vazifalarini bajarishi uchun formali kiyim va koʻkrak nishoni bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Formali kiyim va koʻkrak nishonini tasdiqlash hamda ulardan foydalanish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishdagi imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida foydalanuvchilarning ayrim toifalari uchun pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda imtiyozlar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanuvchilarning ayrim toifalariga pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda belgilangan imtiyozlar berilishi munosabati bilan operator yoki provayderlarning mablagʻlarini qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanuvchilarning ayrim toifalariga pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda ustunliklar belgilanishi mumkin. Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda ustunliklar beriladigan foydalanuvchilar ayrim toifalarining roʻyxati hamda bu xizmatlarni koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Pochta aloqasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 31-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8 son, 210-modda)