Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BAʼZI QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarorini bajarish, qimmatli qogʻozlar bozorida investorlar huquqlarining himoya qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bir oy muddatda:
Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilganligiga doir ishlarni koʻrib chiqish va sanksiyalar qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin;
oʻzining idoraviy normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 27-fevral,
70-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom”da:
5-banddagi “bitishuvlardan tashqari” soʻzlaridan keyin “koʻrsatuvchiga beriladigan qimmatli qogʻozlar bilan” soʻzlari qoʻshilsin;
9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi (investitsiya instituti) qiymatli qogʻozlar bozorida investorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa axborotni ham ochishga majburdir”;
10-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “kiritishlari mumkin” soʻzlari chiqarib tashlansin va “shartiga” soʻzidan keyin “qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa istalgan shartlarni kiritishadi” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilarining investorlar bilan qiymatli qogʻozlar bozorida investorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan investorlar huquqlarini cheklaydigan shartnomalar tuzishi taqiqlanadi”;
12-banddagi “qatnashchisi” soʻzi “professional qatnashchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Egasining nomi yozilgan qimmatli qogʻozning yangi egasi yoki uning vakili bitishuv roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin emitentni bitishuv tuzilganligi, shuningdek oʻzining qimmatli qogʻozga egalik qilish huquqlari toʻgʻrisida xabardor qilishi shart”;
24-bandning uchinchi xatboshidagi “moliya, soliq”, “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda mahalliy moliya organlari tomonidan” soʻzlari tegishli ravishda “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi”, “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlar birja, shuningdek birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar bozorlarida ham amalga oshirilishi mumkin”;
band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Toshkent” respublika fond birjasining yoki boshqa qimmatli qogʻozlar savdolari tashkilotchisining rasmiy listing roʻyxatiga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni ikkilamchi bozorda sotish-xarid qilish boʻyicha bitishuvlar faqat koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlar savdolari tashkilotchilarining savdo maydonlarida amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno”.
31-banddagi “professional qatnashchilar”, “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki boshqa attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ tomonidan” soʻzlari tegishli ravishda “professional qatnashchilarning mutaxassislari va shaxslari”, “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisida Nizom”da (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 3-son, 11-modda):
5-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“uning tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan bozorning qimmatli qogʻozlari chiqarilishi, qimmatli qogʻozlar bozori tuzilmasi va rivojlanishi yuzasidan qatnashchilar boʻyicha maʼlumotlar bankining yagona reyestrlarini yuritish, hisobga olish va hisobotni tashkil etish, qimmatli qogʻozlar muomalada boʻlishini, qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining kasb faoliyatini boshqarish”;
toʻrtinchi xatboshida “qimmatli qogʻozlar” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshida “qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilariga nisbatan” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari mutaxassislari va mansabdor shaxslariga nisbatan” soʻzlari bilan almashtirilsin, “guvohnomalar” soʻzi “malaka attestatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
band quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlat roʻyxati tartibotidan oʻtgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga identifikatsiya tartib raqamlari beradi”;
beshinchi xatboshi “buxgalteriya hujjatlarini” soʻzlaridan keyin “va boshqa hujjatlarini” soʻzlari bilan toʻldirilsin, “eʼlon qilingan” soʻzlaridan keyin “va hisobot sifatida taqdim etilgan” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“emitentlardan qimmatli qogʻozlar chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ularning hujjatlari koʻrib chiqilganligi uchun belgilangan tartibda eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yigʻim undirish;
oʻn oltinchi xatboshidagi “tasdiqlash” soʻzi “roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Markaz vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha, shu jumladan qimmatli qogʻozlar qatnashchisi tomonidan huquqqa zid harakatlar sodir etilgungacha qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni haqiqiy deb hisoblash va /yoki oldingi qoidani tiklash masalalari boʻyicha sudga daʼvolar bilan murojaat qilish, shuningdek ekspert sifatida soʻzga chiqish”;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandining oʻn yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 3-4-son, 35-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son)