Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari tasdiqlansin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari — tergov bosh boshqarmasining boshligʻi B.M. Toyjonovni lavozimidan ozod etish haqida” 2000-yil 9-iyunda chiqargan Farmoni;
“Gʻ.Q. Tishayevni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasining raisi vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida” 2000-yil 31-avgustda chiqargan Farmoni;
“M.I. Oʻtaganovni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasining raisi etib tayinlash toʻgʻrisida” 2000-yil 31-avgustda chiqargan Farmoni;
“Y.N. Agzamovni Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida” 2000-yil 29-sentabrda chiqargan Farmoni;
“Q.Gʻ. Gʻulomovni Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri etib tayinlash toʻgʻrisida” 2000-yil 29-sentabrda chiqargan Farmoni;
“R.S. Azimovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Makroiqtisodiyot va statistika vaziri etib tayinlash toʻgʻrisida” 2000-yil 8-noyabrda chiqargan Farmoni;
“M.B. Nurmurodovni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri etib tayinlash toʻgʻrisida” 2000-yil 8-noyabrda chiqargan Farmoni;
“E.T. Joʻrayevni va P.R. Bobojonovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosarlari etib tayinlash toʻgʻrisida” 2000-yil 9-noyabrda chiqargan Farmoni.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 15-dekabr,
180-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 28-modda)