Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.07.2021 14.12.2000 yildagi 164-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.07.2021
Hujjat 08.04.2009 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisidagi, sudyalarning malaka darajalari toʻgʻrisidagi, sud xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi, harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomlarga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrdagi “Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisidagi, Sudyalarning malaka darajalari toʻgʻrisidagi, Sud xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi, Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 10, 370-modda) qarori bilan tasdiqlangan Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisidagi, Sudyalarning malaka darajalari toʻgʻrisidagi, Sud xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi, Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomlarga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, ularning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining 2000-yil 14-dekabrdagi

164-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Sudyalarning malaka hayʼatlarini saylash tartibi, ularning faoliyatini tashkil etish va vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sudyalarning malaka hayʼatlari sudya kadrlar bilan ishlashda demokratik asoslarni kuchaytirish, munosib nomzodlar koʻrsatish hamda sudyalar mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining oliy malaka hayʼati (bundan buyon matnda Sudyalar oliy malaka hayʼati deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari orasidan besh yil muddatga saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan xoʻjalik sudlari sudyalari orasidan besh yil muddatga saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarining malaka hayʼatlari tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida, harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼatlari esa, harbiy sudlar sudyalarining konferensiyalarida tegishli sudlar raislarining taqdimnomasiga binoan besh yil muddatga saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sudyalar malaka hayʼatlari aʼzolarining soni ularning ish hajmiga qarab belgilanadi, ammo sudyalar malaka hayʼati raisi va uning oʻrinbosarlari bilan birgalikda toʻqqiz kishidan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudyalarning malaka hayʼatlari oʻz faoliyati toʻgʻrisida oʻzlarini saylab qoʻygan organlarga bir yilda kamida bir marta axborot beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudyalar oliy malaka hayʼati; Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyaligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisligi va rais oʻrinbosarligiga, xoʻjalik sudi sudyaligiga nomzodlarning bu lavozimlarda ishlashga tayyorligini baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari va rais oʻrinbosarlarining, shuningdek xoʻjalik sudlari sudyalarining vaqti-vaqti bilan malaka attestatsiyasini oʻtkazib turadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sudyalarga malaka darajalari beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari va rais oʻrinbosarlarini, shuningdek xoʻjalik sudlari sudyalarini maʼmuriy javobgarlikka tortishga rozilik berish masalasini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari va rais oʻrinbosarlarining, shuningdek xoʻjalik sudi sudyalarining intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari va rais oʻrinbosarlarining, shuningdek xoʻjalik sudi sudyalarining vakolatlarini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqida xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar oliy malaka hayʼati fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlar, shuningdek harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼatlari qarorlari ustidan berilgan taqdimnoma va shikoyatlarni ham koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyaligiga nomzodlarning shu lavozimlarda ishlashga tayyorligini baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarining vaqti-vaqti bilan malaka attestatsiyasini oʻtkazib turadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarini maʼmuriy javobgarlikka tortishga rozilik berish masalasini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarining intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarining vakolatlarini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqida xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) sudyalarning zaxirasini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudyalar malaka hayʼatlarining majlislari zaruriyatga qarab oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar malaka hayʼati oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarni hayʼat aʼzolarining yarmidan kam boʻlmagan tarkibida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar malaka hayʼatining majlisini tayyorlash sudyalar malaka hayʼatining raisi yoki uning topshirigʻiga binoan rais oʻrinbosari yoxud sudyalar malaka hayʼatining aʼzolaridan biri tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar malaka hayʼatining majlisi tegishli taqdimnoma yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ish sudyalarning malaka hayʼatiga kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar malaka hayʼatining raisi majlis oʻtkaziladigan vaqt va joyni belgilaydi, koʻrilayotgan masalaga aloqador boʻlgan shaxslar bu haqda oldindan xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar malaka hayʼatlari oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni sudlar, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalari rahbarlaridan, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolardan talab qilib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudyalar malaka hayʼatining majlisiga raislik qiluvchi majlisni belgilangan vaqtda ochadi, qanday masala koʻrilajagini hamda sudyalar malaka hayʼatining tarkibini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar malaka hayʼatining majlisda ishtirok etayotgan aʼzosi oʻzini oʻzi rad etishi mumkin, sudyalar malaka hayʼatining majlisida masalasi koʻrilishi kerak boʻlgan sudya yoki sudyalikka nomzod esa sudyalar malaka hayʼatining aʼzolarini rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi rad etish yoki sudyalar malaka hayʼatining aʼzosini rad etish masalasi yopiq maslahatlashuvda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalani koʻrish raislik qiluvchining yoki sudyalar malaka hayʼatning taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni oldindan oʻrganib chiqqan aʼzolaridan birining maʼruzasi bilan boshlanadi. Sudyalar malaka hayʼati vakolatlariga taalluqli va hal etilishi lozim boʻlgan masalalarning mohiyatiga qarab, hayʼat majlisiga taklif qilingan shaxslarning fikri eshitiladi, zarur hujjat va materiallar tahlil qilinadi, soʻngra sudyalar malaka hayʼati oʻz xulosasini beradi yoki tegishli qaror qabul qiladi. Sudyalar malaka hayʼatining majlisida bayonnoma yuritiladi va u raislik qiluvchi hamda sudyalar malaka hayʼatining kotibi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qaror yoki xulosa shu majlisda ishtirok etgan sudyalar malaka hayʼati aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan yopiq maslahatlashuvda qabul qilinib, chiqarilgan xulosa bayon etilgan holda ular tomonidan imzolanadi va oʻqib eshittiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar malaka hayʼatining ish boʻyicha qabul qilingan qarorga rozi boʻlmagan aʼzosi sudyalar malaka hayʼatining qaroriga imzo qoʻyadi va oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bildiradi, bu fikr majlis bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudyalarning malaka hayʼati sudyalarning maʼmuriy va intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi hamda ularning vakolatlarini toʻxtatib turish haqidagi masalalar koʻrilganda qaror chiqaradi, boshqa masalalar koʻrilganda esa xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudyalar malaka hayʼatining qarori yoki xulosasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: sudyalar malaka hayʼatining nomi, uning tarkibi, ish koʻrilgan joy va vaqt; ishi koʻrilayotgan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi va mansabi; taqdimnoma kiritgan yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatgan shaxsning mansabi va familiyasi; ish holatlari; sudyaning tushuntirishlari va uning shaxsini tavsiflovchi maʼlumotlar; qabul qilingan qaror yoki xulosaning daliliy asoslari; belgilangan intizomiy jazo chorasi yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni tugatish asoslari; qaror (xulosa) ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sudyalar oliy malaka hayʼatining, shuningdek Xoʻjalik sudlari sudyalari malaka hayʼatining qaror va xulosalari ustidan shikoyat qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalarning boshqa malaka hayʼatlari qarorlari va xulosalari ustidan qaror yoki xulosa qaysi sudya xususida chiqarilgan boʻlsa, shu sudya, shuningdek taqdimnoma kiritgan yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatgan shaxs Sudyalar oliy malaka hayʼatiga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalani qayta koʻrish toʻgʻrisidagi shikoyat yoki taqdimnoma qaror qabul qilingan yoki xulosa chiqarilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida qaror yoki xulosa chiqargan sudyalar malaka hayʼati orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat yoki taqdimnoma tushishi bilanoq material zudlik bilan Sudyalar oliy malaka hayʼatiga yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sudyalar oliy malaka hayʼati shikoyat yoki taqdimnoma bilan kelgan materialni bir oy muddat ichida koʻrib chiqadi Sudyalar oliy malaka hayʼati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror yoki xulosani oʻzgarishsiz, shikoyat yoki taqdimnomani esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror yoki xulosani bekor qilish va materialni yangidan koʻrish uchun yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror yoki xulosani bekor qilish va materialni oʻz ish yuritishiga olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorni bekor qilish va intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni tugatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorni oʻzgartirish va sudyaga boshqa intizomiy jazo chorasi qoʻllashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar oliy malaka hayʼatining va Xoʻjalik sudlari sudyalari malaka hayʼatining qarori yoki xulosasi tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisiga, umumiy yurisdiksiya quyi sudlarining sudyalariga taalluqli masalalar boʻyicha esa, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organga, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, harbiy sudlar sudyalari malaka hayʼatlarining qarorlari yoki xulosalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organga, tegishli sudlarning rahbarlariga, shuningdek qaror yoki xulosa qaysi sudya xususida chiqarilgan boʻlsa, shu sudyaga besh kunlik muddat ichida yuboriladi. Mazkur malaka hayʼatlarining qarorlari yoki xulosalari ana shu muddat mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Malaka imtihoni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni hamda ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi taqdim etgan materiallar asosida Sudyalar oliy malaka hayʼati tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisligi va rais oʻrinbosarligiga nomzodlarning malaka imtihoni hamda ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ taqdim etgan materiallar asosida Sudyalar oliy malaka hayʼati tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni hamda ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash — mazkur sudlarning raislari taqdim etgan materiallar asosida sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni hamda ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ taqdim etgan materiallar asosida sudyalarning tegishli malaka hayʼati tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
okrug va hududiy harbiy sudlar sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni va ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash— Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ taqdim etgan materiallar asosida harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼati tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik sudlari sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni va ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudyalikka nomzodning malaka imtihoni u bilan suhbat oʻtkazish, ogʻzaki savol-javoblar, roʻyxati sudyalarning tegishli malaka hayʼati majlisida tasdiqlanadigan amaliy masalalarni hal etishdan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudyalarning malaka hayʼati sudyalikka nomzodning malaka imtihonidan oʻtgan yoki oʻtmaganligi toʻgʻrisida xulosa beradi. Malaka imtihonini topshira olmagan sudyalikka nomzod kamida bir yildan keyin qaytadan imtihonga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudyalar malaka hayʼatining nomzodni yuqori sudyalik lavozimiga tavsiya etish mumkinligi haqidagi xulosasi tegishli sud raisi taqdim etgan materiallar asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sudyalar malaka hayʼatining raisi nomzodning yoki sudyaning tayyorligi haqidagi masalaga oid xulosani materialni taqdim etgan sud rahbariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, harbiy sudlarning vakolatlari muddati tugayotgan sudyalariga nisbatan ularning nomzodini yangi muddatga koʻrsatish toʻgʻrisidagi masala sudyalarning tegishli malaka hayʼati tomonidan koʻriladi. Sudyalar malaka hayʼatlarining mazkur shaxslarning oʻz lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi xususidagi hamda ularni yangi muddatga tayinlash mumkinligi haqidagi xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organga yuboriladi, bu organ taqdim etilgan materiallarni oʻrganib chiqqanidan keyin ularni oʻzi tayyorlagan xulosa bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Sudyalarni malaka attestatsiyasidan oʻtkazish va ularga malaka darajalari berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sudyalarning malaka attestatsiyasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda sudyalar sifat tarkibini yaxshilash, ularning kasb malakasi oshishiga baho berish va ragʻbatlantirish, odil sudlovni amalga oshirish borasidagi masʼuliyatini oshirish maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Malaka attestatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raislari va rais oʻrinbosarlariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan Sudyalar oliy malaka hayʼati tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining sudyalariga nisbatan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislarining taqdimnomasiga binoan sudyalarning tegishli malaka hayʼati tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining, okrug va hududiy harbiy sudlarning sudyalariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining taqdimnomasiga binoan harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼati tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik sudlari sudyalariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Birinchi marta sudyalik lavozimiga saylangan (tayinlangan) shaxslarning malaka attestatsiyasi ular ish faoliyatining dastlabki uch oyi ichida oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalarning navbatdagi malaka attestatsiyasi ularga berilgan malaka darajasida boʻlish muddati tamom boʻlgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaga muddatidan oldin yuqoriroq malaka darajasi berish uchun unga avval berilgan malaka darajasida boʻlish muddatining yarmi oʻtganidan keyingina navbatdagi malaka attestatsiyasi oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Malaka attestatsiyasidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan sudyaga attestatsiya oʻtkazishdan kamida bir oy oldin uning kasb faoliyatiga, ishchanlik va axloqiy jihatlariga baho berilgan tavsifnoma hamda ishi haqidagi maʼlumotnoma tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli sudning rahbari sudyani u haqda tayyorlangan tavsifnoma va maʼlumotnoma bilan malaka attestatsiyasi oʻtkazish toʻgʻrisidagi materiallarni sudyalarning tegishli malaka hayʼatiga yuborishdan oldin tanishtirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka attestatsiyasi oʻtkaziladigan vaqt haqida sudyaga kamida ikki hafta oldin xabar qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Malaka attestatsiyasi taqdimnoma tushgan kundan boshlab bir oy ichida, qoida tariqasida, attestatsiyadan oʻtuvchi sudyaning ishtirokida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdimnoma kiritgan sudning rahbari sudyalar malaka hayʼatining majlisida ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sudyani malaka attestatsiyasidan oʻtkazish raislik qiluvchining yoki sudyalar malaka hayʼatining taqdim qilingan hujjat va materiallarni oldindan oʻrganib chiqqan aʼzolaridan birining maʼruzasi bilan boshlanadi. Shundan soʻng attestatsiyadan oʻtuvchining, zarur hollarda esa, sudyani attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida taqdimnoma yuborgan mansabdor shaxsning fikri eshitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sudyalarning malaka hayʼati sudyaning kasbiy bilim darajasi, ishchanlik jihatlari, ish staji va tajribasi, egallab turgan lavozimiga qarab quyidagi xulosalardan birini beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaga taqdimnomada koʻrsatilgan malaka darajasi berish mumkinligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaga yuqoriroq malaka darajasi berish mumkinligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyani ilgari berilgan malaka darajasida qoldirish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar malaka hayʼatining xulosasi malaka attestatsiyasi materiallari bilan birgalikda Sudyalar oliy malaka hayʼatiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sudyalar oliy malaka hayʼati sudyaga malaka darajasi berish toʻgʻrisidagi masalani sudyalarning malaka hayʼati chiqargan xulosa bilan bogʻliq boʻlmagan holda hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati xoʻjalik sudlarining sudyalariga malaka darajalarini umumiy yurisdiksiya sudlarining sudyalariga beriladigan tartibda beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sudyaga malaka darajasi berilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beriladi. Sudyalar tegishli malaka hayʼatining malaka darajasi berish toʻgʻrisidagi qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi matbuot organlarida eʼlon qilinadi, shuningdek sudyaning shaxsiy ishiga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Sudyalarning intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni koʻrish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 73-moddasiga muvofiq sudya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odil sudlovni amalga oshirish chogʻida qonunchilikni buzganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ishini tashkil etishdagi beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun, shuningdek xizmat borasidagi yoki obroʻsiga putur yetkazadigan boshqa xatti-harakati uchun faqat sudyalar malaka hayʼatining qaroriga asosan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy sudning sudyasi harbiy intizomni buzganligi uchun ham intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarorining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishining oʻzi sud qarorini chiqarishda qatnashgan sudyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yoʻl qoʻymagan boʻlsa, javobgar boʻlishiga sabab boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sudyalar oliy malaka hayʼati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais oʻrinbosarlarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi va rais oʻrinbosarlarining intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarining malaka hayʼatlari sudyalarning intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni oʻz vakolatlari doirasida koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼati harbiy sudlar sudyalarining intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni oʻz vakolatlari doirasida koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati xoʻjalik sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish huquqiga quyidagilar ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi — umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalariga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari — shu sudlar sudyalari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari sudyalariga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi — shu sud sudyalariga hamda okrug va hududiy harbiy sudlar sudyalariga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi — xoʻjalik sudlari sudyalariga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida tegishli sudlarning rahbarlari qaror chiqaradilar, unda intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishga sabab boʻlgan asoslar koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatgan shaxs sudyani javobgarlikka tortish asoslariga taalluqli maʼlumotlarni oldindan tekshiradi va undan yozma tushuntirish talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustidan ish qoʻzgʻatilgan sudya intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ish materiallari bilan bu materiallarni sudyalar malaka hayʼatiga yuborishdan oldin tanishtirilishi shart. Bunda sudya qoʻshimcha tushuntirishlar taqdim etishga yoki qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazishni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi qaror zarur materiallar bilan birga sudyalarning tegishli malaka hayʼatiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi qaror uni qoʻzgʻatgan shaxs tomonidan ishni sudyalar malaka hayʼatida koʻrib chiqish boshlangunga qadar chaqirib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga nisbatan intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi qaror chaqirib olinayotgan sudya ishni mazmunan koʻrib chiqishni sudyalarning malaka hayʼatidan talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sudya, nojoʻya xatti-harakat qilganligi aniqlangan kundan boshlab xizmat tekshiruvlariga ketgan vaqt, sudyaning uzrli sabablarga koʻra ishda boʻlmagan vaqti hamda sudyalarning malaka hayʼatida intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga ketgan vaqtni hisoblamaganda, kechi bilan bir oy ichida, ammo nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan eʼtiboran esa, kechi bilan olti oy ichida intizomiy jazoga tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Zarur hollarda, ishni koʻrib chiqish boshlangunga qadar sudyani intizomiy javobgarlikka tortish asoslari qoʻshimcha ravishda tekshiriladi, bunday tekshirishni oʻtkazishni sudyalar malaka hayʼatining raisi sudyalar malaka hayʼati aʼzolaridan biriga topshiradi. Bunda qoʻshimcha hujjat va materiallar, shuningdek koʻrib chiqish chogʻida sudya qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan sudlar ishlari ham talab qilib olinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sudyalarning tegishli malaka hayʼati quyidagi qarorlardan birini chiqarishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intizomiy jazo chorasi qoʻllash toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni tugatish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ish materiallarini sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish masalasini qoʻzgʻatish huquqiga ega boʻlgan organlarga yuborish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sudyalarning tegishli malaka hayʼati tomonidan sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish masalasi oldiga qoʻyilgan organ yoki mansabdor shaxs bunga asos yoʻq deb topsa, intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ish sudyalarning malaka hayʼatiga qaytariladi va ish yuritish qaytadan boshlanadi. Dastlabki qaror chiqqan kundan ishni qaytargunga qadar oʻtgan vaqt intizomiy javobgarlikka tortish muddatlariga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Sudyalarning tegishli malaka hayʼati quyidagi intizomiy jazo choralaridan birini qoʻllashi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayfsan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazo qoʻllanayotganida qoidabuzarlikning xususiyati va uning oqibatlari, nojoʻya xatti-harakatning ogʻir-yengilligi, sudyaning shaxsi, uning aybdorlik darajasi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Sudyalarning tegishli malaka hayʼati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudya intizomiy javobgarlikka asossiz tortilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 35-bandida nazarda tutilgan intizomiy javobgarlikka tortish muddatlari oʻtkazib yuborilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni majlisda muhokama etish bilangina chegaralanib, intizomiy jazoni qoʻllashni maqsadga muvofiq emas deb topsa, intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Sudyaning vakolatlarini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 71-moddasiga muvofiq, sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda sudyalarning malaka hayʼati qarori bilan toʻxtatiladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudya oʻz lavozimiga zid faoliyat bilan shugʻullanayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudya tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan yoki sud qarori bilan uning muomala layoqati cheklangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudya sud qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalarning tegishli malaka hayʼati sudyaning vakolatlarini toʻxtatishga sabab boʻlgan asoslar bekor boʻlgunga qadar uning vakolatlarini toʻxtatib turadi, ushbu asoslar bekor boʻlganidan keyin esa sudyaning vakolatlari toʻxtatilishini olib tashlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 72-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudyasining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar sudyasining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik sudlari sudyasining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari sudyasining vakolatlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning vakolatlari: u sudyaning qasamyodini buzgan taqdirda; sudyalarning tegishli malaka hayʼati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki vakolatlari toʻxtatilganidan keyin u sudya lavozimiga zid faoliyat bilan shugʻullanishni davom ettiravergan taqdirda; sogʻligʻi holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uzoq vaqt mobaynida sudyalik vazifasini bajarishga qodir boʻlmay qolgan taqdirda tegishli sudyalar malaka hayʼatining qarori asosida muddatidan ilgari tugatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnomani sudyalarning malaka hayʼatiga kiritish huquqiga quyidagilar ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi — umumiy yurisdiksiya sudlarining sudyalariga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi — xoʻjalik sudlari sudyalariga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqidagi taqdimnoma va materiallar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari va rais oʻrinbosarlariga nisbatan — Sudyalar oliy malaka hayʼatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa sudlarning sudyalariga nisbatan — sudyalarning tegishli malaka hayʼatlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Sudyalarning malaka hayʼati sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqidagi masalani koʻrib chiqib, uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishga rozilik berish yoki bermaslik toʻgʻrisida xulosa chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar malaka hayʼatining xulosasi kechi bilan besh kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Sudyalar zaxirasini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Umumiy yurisdiksiya sudlarining sudyaligiga nomzodlar zaxirasi sudlarning ixtisoslashuvini hisobga olgan holda respublika mintaqalari boʻyicha sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan shakllantiriladi. Sudyalarning malaka hayʼatlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organning hududiy boʻlimlari bilan oʻzaro hamkorlikda eng yaxshi tayyorgarlik koʻrgan, yuqori malakali yuristlar orasidan nomzodlar tanlovini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Sudyalar malaka hayʼati shaxsan suhbat oʻtkazish hamda taqdim etilgan materiallarni oʻrganib chiqish yoʻli bilan sudyalikka nomzodning kasbiy layoqat darajasini, bilim saviyasini, dunyoqarashini aniqlaydi. Sudyalar malaka hayʼati sudyalikka nomzodni malaka imtihoni natijalariga binoan sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish toʻgʻrisida yoki kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritilishi rad etilgan shaxs shu zaxiraga kirish uchun tegishli ariza bilan bir yil muddat oʻtganidan soʻng takror murojaat etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Sudyalar malaka hayʼati taqdim etilgan barcha materiallarni oʻz qarori bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organga yuboradi, bu organ sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritilgan shaxslarni tayyorlash va oʻqitish ishlarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Sudyalik lavozimi boʻshab qolgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organning hududiy boʻlimi sudyalik lavozimi zaxirasida turgan shaxslarga taalluqli materiallarni sudyalarning tegishli malaka hayʼatiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Sudyalarning tegishli malaka hayʼati sudyalik lavozimi zaxirasida turgan shaxslarning sudyalik lavozimiga layoqat darajasini sudlarning ixtisoslashuvini hisobga olgan holda imtihon qabul qilish yoʻli bilan baholaydi, bunda ularning mehnat faoliyati, shaxsi va dunyoqarashini eʼtiborga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar malaka hayʼati boʻshab qolgan sudyalik lavozimiga taqdim etilgan shaxslar orasidan bitta lavozimga kamida ikki-uch nafar nomzodni tanlab oladi hamda ularga doir materiallarni oʻzi tayyorlagan xulosalar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organning hududiy boʻlimiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlarining sudyalari zaxirasini shakllantirish “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda ushbu Nizom talablariga rioya etilgan holda Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining 2000-yil 14-dekabrdagi

164-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalarning malaka darajalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi sudyalari uchun malaka darajalari joriy etish va berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oltita malaka darajasi joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka darajasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi malaka darajasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi malaka darajasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi malaka darajasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrtinchi malaka darajasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Beshinchi malaka darajasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Malaka darajalari quyidagicha beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka darajasi
‎Birinchi malaka darajasi
‎Ikkinchi malaka darajasi
‎ ‎
Oʻzbekiston Respublikasi
‎Oliy sudi sudyalariga; ‎
Birinchi malaka darajasi
‎Ikkinchi malaka darajasi
‎Uchinchi malaka darajasi
‎ ‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyalariga;
Uchinchi malaka darajasi
‎Toʻrtinchi malaka darajasi
‎Beshinchi malaka darajasi ‎
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, okrug va hududiy harbiy sudlar sudyalariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xoʻjalik sudlari sudyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka darajasi
‎Birinchi malaka darajasi
‎Ikkinchi malaka darajasi
‎Birinchi malaka darajasi
‎Ikkinchi malaka darajasi
‎Uchinchi malaka darajasi
‎T‎oʻrtinchi malaka darajasi
‎Beshinchi malaka darajasi ‎
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudyalariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyalariga.‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy malaka darajasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa malaka darajalari tegishli sudlar raislarining taqdimnomasiga binoan Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining oliy malaka hayʼati va Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi marotaba saylangan (tayinlangan) sudyalarga malaka darajasi ish faoliyatining birinchi uch oyi mobaynida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har bir malaka darajasida boʻlish muddatlari ijobiy malaka attestatsiyasi mavjud boʻlgan taqdirda quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi malaka darajasida ‎ — ‎ ikki yil‎‎
toʻrtinchi malaka darajasida

uch yil‎
uchinchi malaka darajasida

toʻrt yil‎
ikkinchi malaka darajasida

besh yil.‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi malaka darajasida boʻlish muddati belgilanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori malakali sudyalarga ish tajribalarini hisobga olib, egallab turgan lavozimi uchun nazarda tutilgan darajadan qatʼi nazar, ketma-ketlikka rioya etmagan holda, lekin unga berilgan malaka darajasidan ikki darajadan yuqori boʻlmagan malaka darajasi berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudyalar odil sudlovni amalga oshirish vaqtida qonuniylikni qoʻpol buzgan taqdirda malaka darajasidan mahrum etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka darajasidan mahrum etish shu malaka darajasini bergan mansabdor shaxs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Malaka darajasiga ega boʻlgan sudyalarning mansab maoshlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda qoʻshimcha haq tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudyalarni malaka attestatsiyasidan oʻtkazish tartibi Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisidagi Nizom bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining 2000-yil 14-dekabrdagi

164-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazi xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisida
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 7-apreldagi OʻRQ-207-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 177-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) xodimlariga maxsus unvonlar — mansab darajalari berish tartibini belgilaydi.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 7-apreldagi OʻRQ-207-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 177-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sud va Markaz xodimlarining maxsus unvonlari quyidagi mansab darajalaridan iborat:
(2-moddaning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 7-apreldagi OʻRQ-207-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 177-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-darajali adliya maslahatchisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-darajali adliya maslahatchisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-darajali adliya maslahatchisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-darajali yurist
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-darajali yurist
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-darajali yurist.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mansab darajalari ijobiy attestatsiyasi, oliy yuridik maʼlumoti mavjud boʻlgan taqdirda, malakasi, egallab turgan lavozimi va ish stajiga qarab, shuningdek ilgarigi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonini eʼtiborga olgan holda navbati bilan beriladi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 7-apreldagi OʻRQ-207-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 177-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mansab darajalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-darajali adliya maslahatchisi‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi boshqarmalari boshliqlariga,
‎‎Markaz direktoriga; ‎
2-darajali adliya maslahatchisi‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlariga, boʻlim boshliqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Oliy xoʻjalik sudi raisining yordamchilariga, Markaz direktorining oʻrinbosariga, Markazning boʻlim boshliqlariga; ‎
3-darajali adliya maslahatchisi‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosati kotibiyatining boshligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oliy xoʻjalik sudining bosh (katta) konsultantlariga, Markazning bosh va yetakchi konsultantlariga; ‎
1-darajali yurist‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining konsultantlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining katta konsultantlariga, qabulxona boshliqlariga, bosh mutaxassislariga, Markazning katta konsultantlariga, kadrlar boʻyicha katta inspektoriga va devonxona mudiriga; ‎
2-darajali yurist‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari konsultantlariga, raislarining yordamchilariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi konsultantlariga, raislarining yordamchilariga, katta mutaxassislariga, devonxona mudirlariga, malaka hayʼatlari kotiblariga;‎
3-darajali yurist ‎ Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, okrug va hududiy harbiy sudlar konsultantlariga, raislarining yordamchilariga, devonxona mudirlariga beriladi. ‎
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 7-apreldagi OʻRQ-207-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 177-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1, 2 va 3-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek 1, 2 va 3-darajali yurist mansab darajalarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yurisdiksiya sudlari apparati va Markaz xodimlariga — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi;
(5-moddaning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 7-apreldagi OʻRQ-207-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 177-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik sudlari apparati xodimlariga — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi beradi.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har bir mansab darajasida boʻlish muddati ijobiy attestatsiya mavjud boʻlgan taqdirda 3, 2, 1-darajali yuristlar uchun ikki yarim yilni, 3 va 2-darajali adliya maslahatchilari uchun toʻrt yilni tashkil qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlarga va Markazga huquqni muhofaza qilish organlaridan va boshqa tashkilotlardan ishga oʻtgan xodimlarga ular qaysi lavozimga tayinlanganliklarini, bilim va tajribalarini hisobga olgan holda mansab darajalari beriladi.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 7-apreldagi OʻRQ-207-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 177-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi:
(8-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) oldingi mansab darajasida boʻlish uchun belgilangan muddat tugamasdan, ishda alohida oʻrnak koʻrsatganligi yoki xizmat burchini namunali bajarganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) xodim yuqori lavozimga tayinlanayotganda navbat tartibiga rioya qilmagan holda, lekin uning oʻz darajasidan ikki mansab darajasidan yuqori boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) attestatsiyadan birinchi marta oʻtayotgan xodimlarga ularning lavozimlari boʻyicha belgilangandan bir pogʻona past mansab darajasi berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuridik mutaxassislik boʻyicha ish tajribasi boʻlmagan shaxslarga ular lavozimga tayinlanganidan keyin kamida olti oy vaqt oʻtgach mansab darajasi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bir mansab darajasida belgilangan muddat xizmat qilgan, lekin xizmat faoliyatida yoki xulqida jiddiy kamchiliklari boʻlgan sud va Markaz xodimlarining mansab darajasi koʻtarilmaydi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 7-apreldagi OʻRQ-207-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 177-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mansab darajasi berilgan xodimlar shu mansab darajasida umrbod boʻladilar va faqat sudlarda hamda Markazda ishlashga noloyiq xatti-harakatlari uchun mehnat shartnomasi bekor qilinganda undan mahrum qilinishlari mumkin.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 7-apreldagi OʻRQ-207-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 177-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xizmat burchini qoʻpol buzgani yoki xizmat vazifasini muttasil lozim darajada bajarmagani uchun xodimning mansab darajasi unga berilganidan ikkidan ortiq boʻlmagan mansab darajasiga pasaytirilishi mumkin. Mansab darajasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sud va Markaz xodimlariga mansab darajalari berish uchun attestatsiya oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi tomonidan ularning vakolati doirasida belgilanadi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 7-apreldagi OʻRQ-207-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 177-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mansab darajasi boʻlgan sud va Markaz xodimlarining farqlash belgilari va mansab maoshlariga ustama haq miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 7-apreldagi OʻRQ-207-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 177-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining 2000-yil 14-dekabrdagi

164-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy sudlar Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimiga kiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hayʼati, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlardan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy sudlar chiqaradigan hal qiluv qarorlari va hukmlar Oʻzbekiston Respublikasi nomidan eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hayʼati lavozim boʻyicha Harbiy hayʼat raisi hisoblanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosaridan, Harbiy hayʼat raisining oʻrinbosari va sudyalardan iborat boʻladi.
(2-moddaning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 20-iyuldagi OʻRQ-103-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 29-30-son, 296-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi viloyat sudi huquqlari doirasida ish olib boradi hamda rais, rais oʻrinbosari, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug va hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqlari doirasida ish olib boradi hamda rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan, zarurat boʻlganda esa sud raisining oʻrinbosaridan ham iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Harbiy sudlarning sudyalari “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda saylanadilar va tayinlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitaning, Milliy xavfsizlik xizmatining, favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qoʻshinlarining va qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari, shuningdek oʻquv yigʻinlarida boʻlgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) harbiy qismlar, qoʻshilmalar va birlashmalar, harbiy boshqaruv organlarining qoʻmondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning daʼvolari boʻyicha fuqarolik ishlarini va harbiy boshqaruv organlari hamda harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) alohida holatlarga koʻra umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyat koʻrsatmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat sirlariga taalluqli ishlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ishlarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar harbiy yoki unga tenglashtirilgan xizmatni oʻtash davrida sodir etgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar, agar ular ish sudda koʻrilish paytiga kelib xizmatdan boʻshab ketgan boʻlsalar ham harbiy sudlar tomonidan koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar harbiy yoki unga tenglashtirilgan xizmatga chaqirilgunga yoki kirgunga qadar sodir etgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan koʻriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hayʼati sudloviga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ofitserlar tarkibidagi mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar, shuningdek ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudining sudloviga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etilganligi uchun oʻlim jazosi belgilanishi mumkin boʻlgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
polkovnik, 1-darajadagi kapitan unvoniga ega boʻlgan shaxslarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlar yoxud brigada komandiri lavozimidagi shaxslar hamda xizmat mavqeyi boʻyicha ularga teng shaxslarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlar, shuningdek ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug va hududiy harbiy sudlar sudloviga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
podpolkovnik, 2-darajadagi kapitandan yuqori boʻlmagan unvondagi shaxslarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlar, shuningdek ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar tegishlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bir guruh shaxslarni ayblashga oid ish boʻyicha, garchi ayblanuvchilardan loaqal biri xususidagi ish harbiy sud sudloviga taalluqli boʻlsa va uni qonunga koʻra alohida ish yuritishga ajratish mumkin boʻlmasa, fuqaro shaxslarga oid ishlarning harbiy sud tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka shaxs yoki bir guruh shaxslar bir necha jinoyatni sodir etishda ayblanib, garchi jinoyatlardan loaqal biri toʻgʻrisidagi ish harbiy sud sudloviga taalluqli boʻlsa, hamma jinoyatlar toʻgʻrisidagi va barcha shaxslarga oid ish harbiy sud tomonidan koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Harbiy sudlar jinoyat ishlari bilan birga harbiy qismlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining va fuqarolarning sodir etilgan jinoyatlar natijasida ularga yetkazilgan moddiy zararni undirib berish toʻgʻrisidagi fuqarolik daʼvolarini ham koʻrib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy sudlar ishining tashkil etilishini tekshirib turadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy sudlar sud amaliyotini, shuningdek sud statistikasini yuritish ishi qanday tashkil etilganligini oʻrganadi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy sudlar sudyalarining malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarning mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda xalq maslahatchilari saylovini oʻtkazishga doir ishlarni uyushtiradi hamda harbiy sudlarni tashkil etish va ularni moddiy-texnik jihatdan taʼminlash masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi harbiy sudlar ishini tashkil etish masalalariga doir buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Harbiy sudlar tarkibi, shtatlar soni, shtatdagi lavozimlar va shu lavozimlarga mos boʻlgan harbiy unvonlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri bilan kelishgan holda bergan taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hayʼatining, boshqa harbiy sudlarning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari shtatlar soniga kiradi va harbiy xizmatchilarning barcha taʼminot turlari bilan taʼminlanadi, sudyalar va harbiy xizmatchilar uchun belgilangan huquq, imtiyoz va ustunliklaridan foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hayʼati, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlarning sudyalariga egallab turgan lavozimlariga muvofiq harbiy unvonlar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Harbiy sudlar sudyalariga polkovnikdan yuqori boʻlmagan unvonlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy harbiy unvonlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Harbiy sudlar sudyalari “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va harbiy nizomlarga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Harbiy sudlarning xodimlarini ishga qabul qilish va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq tegishli harbiy sud raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hayʼatini va harbiy sudlarni moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, moliyalashtirish, transport, aloqa vositalari bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Harbiy sudlarning xizmat binolari ular faoliyat koʻrsatayotgan erda joylashgan harbiy qismlar tomonidan yoxud shu maqsadlar uchun maxsus tuzilgan harbiy boʻlinmalar tomonidan qoʻriqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushlangan, qamoqqa olingan, gauptvaxtalarda saqlanayotganlarni harbiy sudlarga qoʻriqlab olib borish va ularni sud majlisida qoʻriqlash harbiy qismlar yoki garnizonlarning harbiy komendaturalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslarni ishni koʻrish joyiga qoʻriqlab olib borish va qoʻriqlash belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining soqchilik qoʻshinlari qismlari, organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Harbiy sudlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 12-modda; 2002-y., 1-son, 23-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2007-y., 29-30-son, 296-modda; 2009-y., 15-son, 177-modda, 52-son, 553-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2017-y., 23-son, 444-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)