Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BUDJETINING 1999-YILDAGI IJROSI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 1999-yildagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 1999-yildagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
2. Qayd etib oʻtilsinki, budjet tushumlari va xarajatlarining nisbati monand boʻlishiga erishildi. Davlat budjeti daromadlari 100,3 foizni tashkil etdi, uning taqchilligi esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagan koʻrsatkichlardan oshgani yoʻq.
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 1999-yilda Davlat budjetining xarajatlari keng koʻlamdagi milliy va ijtimoiy dasturlarni moliyalash, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini mustahkamlashga yoʻnaltirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 25-may,
67-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 138-modda)