Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SPIRT VA ALKOGOLLI MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISH VA ULARNING AYLANISHI USTIDAN DAVLAT NAZORATINI MUSTAHKAMLASH YUZASIDAN QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli “Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Aholi salomatligi va hayotini muhofaza qilish, bozorga tushayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, oziq-ovqat etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi sohasida davlat tomonidan nazoratni va tartibga solishni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjetlarga daromadlar tushishini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 30-modda)
5. Belgilansinki:
oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga — xom ashyo resurslari, spirt va alkogolli mahsulot sarflanishining va saqlanishining, ularning ishlab chiqarilishini hisobga olish va nazorat qilishning belgilangan tartibini buzganligi, shuningdek aksiz markalarisiz alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarganligi uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 300 dan 500 baravarigacha miqdorida jarima solinadi;
noqonuniy ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotlarni, ularni aksiz markalarisiz va soxta aksiz markalari bilan sotayotgan yuridik shaxslarga, alkogolli mahsulot bilan savdo qilish huquqidan mahrum etgan holda, belgilangan eng kam oylik ish haqining 100 dan 200 baravarigacha miqdorida jarima solinadi.
Jarima mablagʻlari tegishli soliq organlari tomonidan undiriladi va davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi 1999-yildan boshlab:
(6-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda barcha ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarni hisobga olgan holda oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish va undan foydalanish balansini ishlab chiqsin;
oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish va undan foydalanish balansi bajarilishining monitoringini taʼminlasin, bunda balans barcha ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar boʻyicha bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
tegishli litsenziyalarga ega boʻlgan barcha korxonalar tomonidan oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish, spirtni va tayyor alkogolli mahsulotlarni sotish hajmlarini aks ettiruvchi statistika hisoboti shaklini joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30dekabrdagi 285-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 52-son, 391-modda)
8. Belgilansinki, ishlab chiqaruvchi korxonalarga alkogolli mahsulotlarni alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilish huquqi belgilangan tartibda beriladigan yuridik shaxslargagina sotishga ruxsat etiladi.
9. Alkogolli mahsulotlarga aksiz markalari har yili belgilangan tartibda oʻzgartiriladigan tartib oʻrnatilsin, bunda ularning sifati va muhofaza darajasini tubdan yaxshilash nazarda tutilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” va “Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda qayta foydalanish yoki sanoat yoʻli bilan qayta ishlash uchun shisha idishlar, shu jumladan nostandart shisha idishlar qabul qilish punktlarini tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda chora-tadbirlar koʻrsinlar.
11. “Oʻzdavstandart” markazi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi va “Sharq” konserni bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarni, alkogolli mahsulotlarning tashqi koʻrinishi va dizayni boʻyicha ham ichki, ham tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlovchi etiketka va tiqinlar tayyorlash maqsadida, muvofiqlik belgisi bilan markalash tartibini bir oy muddatda qayta koʻrib chiqsin.
12. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda texnik spirtdan foydalanishga barham berish uchun unda organik lyuminoforlarni qoʻllash haqidagi taklifni 1999-yil 1-martgacha ishlab chiqsin va kiritsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.M. Olimjonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 5-yanvar,
2-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 30-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 30-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 52-son, 391-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 30-modda)