17.01.1997 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Slovakiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyida “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Slovakiya Respublikasi Hukumati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasida tenglik va oʻzaro manfaatlilik prinsiplari asosida turizm sohasida aloqalarni va hamkorlikni oʻzaro rivojlantirishni istab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatlar bilan tanishishda va xalqlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashda turizmning ahamiyatini tushungan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizmning rivojlanishi davlatlar oʻrtasidagi aloqalarning yanada mustahkamlashdagi roliga ishongan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti butunjahon konferensiyasining turizm va xalqaro sayohatlar haqidagi prinsiplari va tavsiyalariga, shuningdek Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Yakunlovchi aktining tavsiyalariga amal qilgan holda va Butunjahon turistik tashkiloti tavsiyalariga tayangan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar haqida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining ichki qonunlariga amal qilgan holda, oʻz xalqlarining hayoti, tarixi va madaniyati bilan tanishtirish maqsadida turizm sohasida hamkorlik va oʻzaro aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga alohida eʼtibor qaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar bir Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga keluvchi turistik guruhlarni va yakka turistlarni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar fuqarolarining turistik harakatlarini chegaralovchi toʻsiqlarga barham berishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro turistik harakatning barcha shakllarini rivojlantirishga intiladilar va shu maqsadda turistik harakatning yangi shakllarini rivojlantirishda hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakatning turizm bilan shugʻullanuvchi tadbirkor subyektlari, organlari, tashkilotlari va muassasalari hamkorliklari uchun sharoitlar yaratadilar va rivojlantiradilar va shu hamkorlik manfaatlarini koʻzlab, ikki Tomon davlatlarining ichki huquqiy normalariga amal qilgan holda zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz imkoniyatlari doirasida Ahdlashuvchi Tomonlar mamlakatlari hududida turistik inshootlarni qurish va turistik harakat sohasida jihozlar bilan taʼminlash boʻyicha hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar mamlakatlari hududida jamoatchilikni turistik harakatning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida radio va televideniye kompaniyalari jurnalistlari, matbuot, shuningdek turistik harakat sohasidagi mutaxassislar bilan almashishni qoʻllab-quvvatlaydilar va uni rivojlantirishga xayrixohlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ikki davlat milliy qonunchiligiga muvofiq turistik harakatni reklama qilishga va turistik harakat haqidagi maʼlumotlarni oʻzaro almashish va tarqatishga qulay sharoit yaratishni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar davlat hududlarida turistik harakatlarining moddiy-texnik bazasining rivojlanishi haqida Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarini ogoh qilib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar zarur boʻlgan hollarda mazkur Bitimni amalga oshirilishini kuzatuvchi va shuning uchun zarur choralarni taklif qilish uchun qoʻshma komissiya tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma komissiya oʻz yigʻilishlarini kelishilgan asosda navbat bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida va Slovakiya Respublikasi hududida oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim besh yillik muddatga tuziladi va Ahdlashuvchi Tomonlardan hech biri tegishli amal qilish muddati tugashidan kamida 6 oy ilgari uni denonsatsiya qilish niyati toʻgʻrisida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilmagan taqdirda uning amal qilish muddati keyingi besh yillik muddatlarga oʻz-oʻzidan uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bratislava shahrida 1997-yil 17-yanvarda, ikki nusxada, har biri oʻzbek, slovak va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.

(imzolar)