Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 6-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 14-noyabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2014-yil 14-noyabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 5-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-modda. Harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʻlgan shaxslarining, sudyalarning va prokuratura organlari darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan xodimlarining pensiya taʼminoti
Harbiy xizmatchilarni, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʻlgan shaxslarini, sudyalarni va prokuratura organlarining darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning oila aʼzolarini pensiya bilan taʼminlash shartlari, normalari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ularga ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarda pensiya olish huquqi ham beriladi. Bunda harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʻlgan shaxslari, sudyalar va prokuratura organlarining darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan xodimlari pul taʼminotining barcha turlari fuqarolarning ish haqi singari bir xilda hisobga olinadi”;
2) 26-moddaning “a”, “b”, “g” va “d” bandlaridagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “yoshga doir eng kam pensiyaning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 28-moddaning “z” bandidagi “Ulugʻ Vatan urushi yillarida” degan soʻzlar “1941 — 1945-yillardagi urush davrida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 29-modda ikkinchi qismining ikkinchi — oltinchi xatboshilaridagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “yoshga doir eng kam pensiyaning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 30-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pensiya soʻrab murojaat etgan kishilarga ushbu Qonunning 28-moddasi “a” yoki “b” bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning “i” — “m” bandlarida koʻrsatilgan ustama haqlardan biri qoʻshib hisoblanishi mumkin.
Pensiya soʻrab murojaat etgan kishining tanlovi boʻyicha ushbu Qonunning 28-moddasi “g”, “d” yoki “e” bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning “j” — “m” bandlarida koʻrsatilgan ustama haqlardan biri qoʻshib hisoblanishi mumkin”;
6) 31-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mavsumiy ishlarda band boʻlgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqi, ishdagi mavjud tanaffuslardan qatʼi nazar, mehnat faoliyatining oxirgi oʻn yili davomidagi istalgan ketma-ket besh mavsumdagi (pensiya soʻrab murojaat etgan kishining tanlovi boʻyicha) qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi”;
7) 36-modda:
moddaning matni “ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
8) 37-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi “i” band bilan toʻldirilsin:
“i) Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda boʻlgan, lekin 10 yildan oshmagan davr”;
ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “e” — “z” bandlarda” degan soʻzlar “d” — “i” bandlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 38-moddaning “b” bandidagi “Ulugʻ Vatan urushi yillarida (1941-yil 22-iyundan 1945-yil 9-mayga qadar)” degan soʻzlar “1941 — 1945-yillardagi urush davrida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 40-modda:
birinchi qismi “ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning chet elda ishlagan davrini mehnat stajiga kiritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
11) 59-moddaning birinchi qismidagi “uch yildan” degan soʻzlar “oʻn ikki oydan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 63-moddaning toʻrtinchi qismidagi “ikki oylik pensiya miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining uch barobaridan oz boʻlmagan miqdorda” degan soʻzlar “eng kam oylik ish haqining toʻrt barobari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 175-modda quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Soliq toʻlovchi tomonidan budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini xizmat koʻrsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik, –
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 264-moddaning birinchi qismidagi “175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar “175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan OʻRQ-328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) 5-moddasi beshinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “20” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013-yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida koʻrsatilmagan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, agar bu hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi”;
2) 45-modda:
toʻrtinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq toʻlovchilar, agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq hisobotini oʻz xohishlariga koʻra quyidagicha taqdim etishga haqli”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari soliq hisobotini telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida taqdim etadi”;
beshinchi — oʻn birinchi qismlari tegishincha oltinchi — oʻn ikkinchi qismlar deb hisoblansin;
3) 54-moddaning uchinchi qismi “Yuridik shaxslar” degan soʻzlardan keyin “va yakka tartibdagi tadbirkorlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 56-moddaning birinchi qismidagi “taqdim etilgan soliq hisoboti asosida aniqlanadigan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 64-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Ushbu Kodeks 61-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida soliq qarzini uzmagan yuridik shaxslar soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida davlat soliq xizmati organlariga debitorlar bilan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalarini yoxud toʻlov muddati oʻtgan debitorlik qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisida yozma bildirish taqdim etishi shart.
Davlat soliq xizmati organlari debitorlar bilan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalarini olgan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay undiruvni soliq toʻlovchiga uning debitorlaridan oʻtkazilishi lozim boʻlgan summaga qaratadi”;
ikkinchi — toʻqqizinchi qismlari tegishincha uchinchi — oʻninchi qismlar deb hisoblansin;
oltinchi qismidagi “toʻrtinchi” degan soʻz “beshinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
yettinchi qismi oltinchi xatboshisidagi “uchinchi” degan soʻz “toʻrtinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6) 79-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq toʻlovchida u hisobga qoʻyilganidan keyin yer soligʻi, mol-mulk soligʻi yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash boʻyicha majburiyati hisobga qoʻyilgan joydan tashqarida yuzaga kelgan taqdirda, soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 81-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organida obyekt boʻyicha hisobga qoʻyilishi kerak”;
7) 81-moddaning:
ikkinchi qismi “yer soligʻi” degan soʻzlardan keyin “mol-mulk soligʻi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hisobga qoʻyilmagan joydagi yer soligʻini, mol-mulk soligʻini yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash majburiyati yuzaga kelgan soliq toʻlovchi tegishli yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran yoxud mol-mulk soligʻi yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti vujudga kelgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida soliq solish obyektlarini ular joylashgan erda hisobga qoʻyish uchun davlat soliq xizmati organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat etishi kerak”;
8) 84-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar har yili 1-fevralgacha oʻzlari joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlariga tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa koʻchmas mulk, uning mulkdorlari (egalari) toʻgʻrisida 1-yanvar holatiga koʻra maʼlumot berishi, shuningdek yer uchastkasi va boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar yil davomida yuzaga kelganda — mazkur koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida maʼlum qilishi shart”;
9) 130-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mol-mulkni ijaraga berishdan foizlar, royalti, daromadlar olish imkonini beruvchi mol-mulkni va mulkiy huquqlarni boshqa shaxslarga foydalanishga berish, shuningdek talab qilish huquqidan boshqa shaxsning foydasiga voz kechishdan olingan daromadlar, agar ushbu daromadlar summasi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarning umumiy summasidan ortiq boʻlsa, xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar deb eʼtirof etiladi. Mazkur norma notijorat tashkilotlarga tatbiq etilmaydi, ular uchun ushbu daromadlar boshqa daromadlar sifatida qaraladi”;
10) 132-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boshqa daromadlarga, agar ushbu Kodeks 130-moddasining beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlar kiradi, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi”;
11) 145-moddaning:
32-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32) ixtiyoriy sugʻurta uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻini qoʻshgan holda tushgan tushum hajmining 2 foizi doirasidagi sugʻurta mukofotlari (badallari), yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxslar foydasiga toʻlanadigan sugʻurta mukofotlari (badallari), agar ushbu moddaning 33-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bundan mustasno”;
33-bandidagi “mol-mulkni sugʻurta qilish va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
34-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34) sugʻurtaning majburiy turlariga sugʻurta mukofotlari (badallari)”;
12) 146-modda birinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya summasi bilan ushbu Kodeksning 144-moddasiga muvofiq belgilangan normalar boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summasi oʻrtasidagi ijobiy farq”;
13) 147-moddaning 3-bandidagi “ajratmalar” degan soʻz “sugʻurta mukofotlari (badallari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 155-moddaning oʻn uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga dividendlar, foizlar va royalti tarzida daromadlarni toʻlash” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga daromadlarni toʻlash, ushbu modda uchinchi qismining 2 va 4-bandlarida nazarda tutilgan daromadlar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 158-modda birinchi qismining 2 va 3-bandlari chiqarib tashlansin;
16) 171-modda ikkinchi qismining 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13) Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga hayotni uzoq muddatli sugʻurtalash boʻyicha toʻlanadigan sugʻurta mukofotlari. Hayotni uzoq muddatli sugʻurtalash shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinganda va sugʻurtalovchi sugʻurta qilinuvchiga sugʻurta mukofotining bir qismini yoki hammasini qaytarsa, qaytarilgan sugʻurta mukofoti miqdori jismoniy shaxsning soliq solinadigan jami daromadi tarkibiga kiritiladi”;
17) 179-moddaning:
19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19) dividendlar tarzida olingan va dividend toʻlagan yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoʻnaltirilgan daromadlar. Ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyoz qoʻllanilganidan soʻng bir yil ichida muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilganda (chiqib ketilganda) yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlanganda ilgari soliq solishdan ozod qilingan daromadlarga umumiy asoslarda soliq solinishi kerak”;
28-bandidagi “mol-mulkni sugʻurta qilish hamda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
18) 187-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) asosiy boʻlmagan ish joyidan daromadlar olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda, soliq davri tugaganidan soʻng oʻttiz kun ichida davlat soliq xizmati organlariga maʼlumotnoma taqdim etishi shart. Maʼlumotnomada quyidagilar aks ettiriladi:
soliq toʻlovchining — jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami;
soliq toʻlovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi manzili;
oʻtgan soliq davri yakunlari boʻyicha daromadlarning umumiy summasi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan umumiy summasi;
soliq agentining identifikatsiya raqami;
soliq agentining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili).
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari boʻyicha, ularning olingan joyidan qatʼi nazar, maʼlumotnoma taqdim etilmaydi:
dividendlar, foizlar tarzidagi daromadlar;
ushbu Kodeksning 181-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining belgilangan eng kam stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadlar;
jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadigan daromadlar”;
19) 208-modda quyidagi mazmundagi 37-band bilan toʻldirilsin:
“37) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra tijorat banklari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan qurilayotgan koʻchmas mulk obyektlari”;
20) 211-modda 6-bandining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur imtiyoz olib kirilayotgan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ham ishlab chiqarilayotgan tayyor dori vositalariga va tibbiyot (veterinariya) uchun moʻljallangan buyumlarga tatbiq etilmaydi”;
21) 217-moddaning matnidagi “gaz taʼminoti” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
22) 223-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hisobot davri quyidagilardir:
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlaydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun — yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar uchun — bir oy”;
23) 225-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa — yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan — har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi”;
24) 240-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi — beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Soliq toʻlovchilar soliq davri mobaynida joriy toʻlovlarni kiritish orqali aksiz soligʻini toʻlaydilar.
Aksiz soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarning summasini aniqlash uchun soliq toʻlovchilar joriy soliq davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davri uchun aksiz toʻlanadigan tovarlarni realizatsiya qilishning taxmin qilinayotgan hajmi hamda aksiz soligʻining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan aksiz soligʻining summasi haqida maʼlumotnoma taqdim etadilar.
Aksiz soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlar har oyning 25-kunidan kechiktirmay yil choragi boʻyicha aksiz soligʻi summasining uchdan bir qismi miqdorida toʻlanadi.
Aksiz toʻlanadigan tovarlarni realizatsiya qilishning taxmin qilinayotgan hajmidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan aksiz soligʻi summasi soliq davri uchun budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan aksiz soligʻi summasiga nisbatan 10 foizdan koʻproq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy toʻlovlarni budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan aksiz soligʻining haqiqiy summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli.
Aksiz soligʻini toʻlash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
25) 254-moddaning birinchi qismidagi “huquqini olgan” degan soʻzlar “huquqini olishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26) 264-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha majburiyatlari soliq davri mobaynida yuzaga kelgan soliq toʻlovchilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay taqdim etadilar”;
27) 271-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Agar koʻchmas mulk soliq toʻlovchining soliq boʻyicha hisobga olish joyida joylashmagan boʻlsa, hisob-kitob koʻchmas mulk joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi”;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Joriy toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy soliq davrining 10-yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay, davlat soliq xizmati organlariga moʻljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (tegishli yil uchun mol-mulkning oʻrtacha yillik qoldiq qiymatidan (oʻrtacha yillik qiymatidan) va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadilar. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha majburiyatlari soliq davrida yuzaga kelgan soliq toʻlovchilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay taqdim etadilar”;
28) 277-modda:
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi — oʻn ikkinchi qismlari tegishincha ikkinchi — oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;
29) 282-modda birinchi qismining 3-bandi chiqarib tashlansin;
30) 286-modda uchinchi qismining:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
31) 290-modda birinchi qismining:
9-bandi chiqarib tashlansin;
10-bandidagi “va dehqon xoʻjaligi yuritish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
32) 296-modda quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta summasi) tariqasida olingan mablagʻlar summasiga;
budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalari oldidagi qarzning qonun hujjatlariga muvofiq hisobdan chiqarilgan summasiga”;
33) 301-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni toʻlovchilar oxirgi isteʼmolchilarga benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardir”;
34) 306-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun yagona ijtimoiy toʻlovning va sugʻurta badallarining soliq solish obyekti ularning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilguniga qadar oxirgi ish joyi boʻyicha olingan, Oʻzbekiston Respublikasida budjet muassasalari xodimlari uchun ish haqi oshirilishi hisobga olingan holda qayta hisoblanadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi”;
35) 308-modda:
birinchi qismining 5-bandi chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yagona ijtimoiy toʻlov quyidagilarga nisbatan hisoblab chiqarilmaydi:
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining xodimlariga xizmatni oʻtashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan toʻlanadigan pul taʼminotiga, pul mukofotlariga va boshqa toʻlovlarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, umumiy yurisdiksiya sudlarining va xoʻjalik sudlarining sudyalari, shuningdek prokuratura organlarining mansab darajalariga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan daromadlariga”;
36) 311-modda:
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzolari tomonidan sugʻurta badallarini toʻlash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi”;
oltinchi — toʻqqizinchi qismlari tegishincha yettinchi — oʻninchi qismlar deb hisoblansin;
oʻninchi qismidagi “sakkizinchi” degan soʻz “toʻqqizinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning sugʻurta badallarini toʻlash boʻyicha majburiyati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining zimmasiga yuklatiladi. Sugʻurta badallarini toʻlash ushbu Kodeks 310-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi”;
37) 316-modda ikkinchi qismining:
toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshisi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
38) 324-moddaning 3-bandi chiqarib tashlansin;
39) 349-modda:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq”;
oltinchi — oʻn birinchi xatboshilari tegishincha yettinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
40) 354-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yagona soliq toʻlovini toʻlashdan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchilar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan birinchi chorak uchun foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi”;
41) 355-modda ikkinchi qismi 1-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qoʻshilgan qiymat soligʻini, aksiz soligʻini va transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni chegirgan holda (ushbu soliqlarni toʻlaydigan soliq toʻlovchilar uchun) realizatsiya qilishdan tushgan tushum”;
42) 356-modda ikkinchi qismining 1-bandi chiqarib tashlansin;
43) 363-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yagona yer soligʻini toʻlashdan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchi umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan soliq davrining birinchi choragi uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi”;
44) 367-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
45) 369-modda beshinchi qismining:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
46) 375-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyekti qatʼiy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan keyingi oydan boshlab toʻlaydi.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin oʻn ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan eʼtiboran qatʼiy belgilangan soliqni toʻlashdan olti oy muddatga ozod etiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtilgan paytdan boshlab oʻn ikki oy ichida faoliyat tugatilgan taqdirda, qatʼiy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun toʻlanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Ushbu Qonun 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 4-moddasining 15, 17, 29, 31-bandlari, 35-bandining ikkinchi xatboshisi, 38 va 44-bandlari 2015-yil 1-apreldan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-dekabr,
OʻRQ-379-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 49-son, 579-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)