27.05.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarboyjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ozarboyjon Respublikasi Hukumati keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataladi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala davlat oʻrtasida tarixan shakllangan munosabatlarni eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy va savdo munosabatlaridagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish, mahsulotlarning oʻzaro mosligini, oʻzaro bir-birini almashtirishini taʼminlash, ularning odamlar hayoti va salomatligi uchun xavfsizligini, atrof muhit muhofazasini taʼminlash maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish, metrologiya va sertifakatlashtirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga intilib, bunda xalqaro tashkilotlar tomonidan ushbu sohada qabul qilingan prinsiplar va normalardan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradilar va mustahkamlaydilar, jumladan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish milliy tizimlarini ushbu sohada xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan tizimlar bilan birxillashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlari Ozarboyjon Respublikasi hududida va tegishlicha, Ozarboyjon Respublikasi davlat standartlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilishiga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, zarurat boʻlganda, standartlar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qoʻllash masalalari boʻyicha bir-birlariga tashkiliy, metodik va amaliy yordam koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar sertifikatlashtirish organlarini, sinov laboratoriyalari (markazlari)ni, sertifikatlashtirish natijalarini va sertifikatlashtirish milliy tizimida roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻzaro yetkazib beriladigan mahsulotlarga muvofiqlik belgilarini oʻzaro tan oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar sertifikatlashtirish milliy tizimidagi oʻzgarishlar, milliy tizimlarda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish boʻyicha organlar, sinov laboratoriyalari roʻyxati toʻgʻrisidagi axborotni muntazam ayirboshlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar sertifikatlashtirish xalqaro tizimlarida mustaqil qatnashadilar. Mazkur Bitim Tomonlarning sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlari qoidalaridan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
modda va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalarini, buyumlar va moddalarning fizik konstantlari va xossalari toʻgʻrisidagi standart maʼlumotlarni, sinovlar va turlarni tasdiqlash, metrologik attestatsiyalar, oʻlchov vositalarini tekshirish va kalibrlashni oʻzaro tan oladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlarda akkreditatsiya qilingan sinov, tekshirish, kalibrlash va oʻlchash laboratoriyalari (markazlari)ni, sertifikatsiyalash organlarini, sertifikatlarni va oʻzaro yetkazib beriladigan oʻlchov vositalariga muvofiqlik belgilari natijalarini, davlatlarda tasdiqlangan kattalik birliklarining davlat etalonlarini oʻzaro tan oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda, mutaxassislar ayirboshlashda, normativ-texnik hujjatlar tayyorlash, metrologiya va sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etish boʻyicha korxonalar, tadbirkorlar, jamoat tashkilotlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar oʻrnatilishiga koʻmaklashadilar hamda ushbu oʻzaro hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Tomonlardan biri aʼzo hisoblangan xalqaro tashkilotlarda qatnashish yoki kirish uchun oʻzaro qoʻllab-quvvatlagan holda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha turli xalqaro tashkilotlarda hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzlari aʼzo boʻlgan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha xalqaro tashkilotlar ishidagi ishlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar, soʻrovlar boʻyicha xalqaro standartlar matnlari bilan belgilangan tartibda oʻzaro taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, agar ularning maxfiy tusdaligidan Tomonlardan biri xabardor qilingan boʻlsa, olingan hujjatning va mazkur Bitim doirasida amalga oshiriladigan ishlar toʻgʻrisidagi axborotning hamda erishilgan ilmiy-texnik natijalarning maxfiyligini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamkorlik davomida Tomonlardan biri tomonidan olinadigan ilmiy-texnik axborot ushbu axborotni bergan Tomonning roziligi bilangina uchinchi Tomonga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalari zarurat boʻlganda “Oʻzdavstandart” markazi bilan “Ozdavstandart” oʻrtasida tuziladigan qoʻshimcha bitimlar va (yoki) protokollar bilan aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimda nazarda tutgan ishlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markaziga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozarboyjon Respublikasida — Ozarboyjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markaziga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni bajarish va talqin qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki ish tartiblari bajarilganligi toʻgʻrisida Tomonlar bir-birlarini oxirgi marta yozma ravishda xabardor qilgan kundan boshlab kuchga kiradi, besh yil davomida amal qiladi va agar Tomonlardan ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish haqidagi oʻz niyati toʻgʻrisida Bitimning amal qilishining navbatdagi davri tamom boʻlishidan kamida olti oy oldin ikkinchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilmasa, oʻz-oʻzidan uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 27-mayda Baku shahrida oʻzbek, ozarboyjon va rus tillarida ikki nusxada tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bitimning qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.

(imzolar)