Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari tasdiqlansin:
“Oʻzbekiston Respublikasida kommunal xizmat koʻrsatishni boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1993-yil 15-iyulda chiqargan Farmoni;
“S. S. Saidqosimovni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri etib tayinlash toʻgʻrisida” 1993-yil 22-iyulda chiqargan Farmoni;
“S. S. Safoyevni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida” 1993-yil 22-iyulda chiqargan Farmoni;
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish (Davarxitektqurilish) qoʻmitasi tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 5-avgustda chiqargan Farmoni;
“V. K. Mixaylovni Oʻzbekiston Respublikasi kommunal xizmat koʻrsatish vaziri etib tayinlash toʻgʻrisida” 1993-yil 13-avgustda chiqargan Farmoni;
“A. V. Gʻaniyevni Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi etib tayinlash toʻgʻrisida” 1993-yil 28-avgustda chiqargan Farmoni.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-sentabr,
949-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 349-modda)