Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17 va 47-moddalariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sud hokimiyati toʻgʻrisida” 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida sudyalarga yuksak maqom berildi, ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi yoki uning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan saylanadi yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan saylanadi yoki tayinlanadi”;
2) 10-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasini shakllantirish va tanlash, sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga tavsiya etish ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi amalga oshiradi”;
3) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonun sudyalarni senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati, siyosiy partiyalarning aʼzosi boʻlishlari, siyosiy harakatlarda ishtirok etishlari, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa biron-bir turdagi faoliyat bilan shugʻullanishlarini taqiqlaydi. Shu bilan birga sudyalar kasbiy faoliyatiga oid uyushmalarga birlashishlari mumkin”.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq qonunchilikni qoʻllash sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2000-yil 28-apreldagi 2/84-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) kirish qismining ikkinchi xatboshisi va birinchi bandidagi “kichik va oʻrta biznes korxonalarini, dehqon-fermer xoʻjaliklarini” degan soʻzlar “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin”;
2) 4-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlar nazarda tutishlari lozimki, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish cheklangan, yaʼni ushbu Qonuni talabiga koʻra, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda koʻpi bilan yiliga bir marta amalga oshirilishi mumkin, bundan xususiy korxonalar va koʻrsatilgan moddaning ikkinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Belgilangan normalar va qoidalarga oʻz vaqtida hamda toʻla hajmda rioya qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan koʻpi bilan ikki yilda bir marta amalga oshirilishi mumkin, ushbu moddada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan koʻpi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
3) 5-banddagi “2000-yil 25-maydagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 8-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Sudlar sud muhokamasi chogʻida sudni va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni tijorat siri bilan tanishtirishga tijorat sirining mulkdori yoki konfident daʼvogar yoki javobgar sifatida ishtirok etayotgan nizoning mazmuniga bevosita taalluqli boʻlgan qismi boʻyicha yoʻl qoʻyilishi, sudning tijorat siridan cheklanmagan holda foydalanishga faqat Oʻzbekiston Respublikasining “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasida belgilangan hollarda ruxsat berilishiga eʼtibor qaratilishi lozim”
5) 10-band:
ikkinchi xatboshisi oʻzbek tili matnidagi “huquqiy” soʻzi “yuridik” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, xodimlarni yollash huquqisiz, oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir”;
6) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan keyingina birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasining taraflari boʻlishi mumkin”
7) 17-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyat va Toshkent shahar sudlari mazkur toifadagi ishlar yuzasidan qonunchilikning toʻgʻri va bir xilda tatbiq etilishini taʼminlashlari, sud amaliyotini doimiy tahlil qilib borishlari, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishlari lozim”.
III. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi qoʻshma Plenumining “Kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qonunlarni sud amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2002-yil 25-oktabrdagi 20/107-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qonun hujjatlarini sud amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”;
2) kirish qismining birinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xoʻjaliklarining” degan soʻzlar “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin”;
3) 1-banddagi “kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xoʻjaliklarining” degan soʻzlar “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin”;
4) 2-band:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqiy maqomi, ularning huquqlari, erkinliklari va imtiyozlarini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni asosiy huquqiy manba boʻlib hisoblanadi”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “1998-yil 30-apreldagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Sudlar tomonidan ishlarni koʻrishda va mazkur toifadagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlari bilan berilgan imtiyozlarni aniqlashda avvalambor ularning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ekanliklari aniqlanishi, bu haqda tegishli sud hujjatlarida qayd etilishi lozim.
“Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga binoan oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida boʻlgan umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir”;
5) 3-band:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ishtirokchilar oʻrtasida, ishtirokchilar bilan xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari oʻrtasida, shu jumladan, aksiyadorlar oʻrtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar (bundan mehnatga oid nizolar mustasno) ham xoʻjalik sudlariga taalluqlidir”;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 11-moddasining” degan soʻzlar “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 13-moddasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin”;
beshinchi xatboshisidan ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
6) oʻzbek tilidagi matni 7-bandining birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining”, “Oʻzbekiston Respublikasi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi” Qonunining” degan soʻzlar “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining”, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin”.
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish va ularning moliyaviy javobgarligini erkinlashtirishni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini qoʻllash bilan bogʻliq masalalar toʻgʻrisida”gi 2006-yil 22-dekabrdagi 22/149-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “soliqlar, yigʻimlar va majburiy toʻlovlar haqidagi normativ-huquqiy hujjatlardagi barcha bartaraf etib boʻlmaydigan shubhalar, qarama-qarshiliklar va noaniqliklar” degan soʻzlar “tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustivorligi prinsipiga asosan qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 16-band:
birinchi xatboshisidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshisidagi “10 kun mobaynida” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida belgilangan muddatda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 16.1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi hamda 16.2-bandining birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “, yigʻimlar” degan soʻz chiqarib tashlansin;
4) 17.2-band:
birinchi xatboshisidagi “40” raqami “41” raqami bilan almashtirilsin;
“nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshiruvlar oʻtkazish rejasidan koʻchirma yoki rejadan tashqari yoxud muqobil tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida ushbu organ tomonidan qabul qilingan qarorning koʻchirma nusxasi;
nazorat qiluvchi organning tekshirish maqsadlari, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi va tekshiruv oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan buyrugʻining koʻchirma nusxasi;
tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tekshiruvlar oʻtkazishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomasi va shaxsiy guvohnomasi”.
V. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1-band “Garov toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlardan keyin “Garov reyestri toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 22-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, qonun hujjatlariga muvofiq garovga oluvchining talabini garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yoʻl qoʻyiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaxsning daʼvosiga koʻra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin”;
3) 27-band:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshisi bilan toʻldirilsin:
“garovga oluvchi Fuqarolik kodeksi 282-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan boʻlsa, bundan garovga qoʻyilgan mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi va talablari garov bilan taʼminlanmagan kreditorlarning oʻz talablarini qanoatlantirish uchun mazkur mol-mulkni qabul qilishni rad etganligi hollari mustasno”;
oltinchi — oʻninchi xatboshilar tegishincha yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
VI. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida” 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli qoʻshma qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 16-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Xoʻjalik sudlari shuni eʼtiborga olishlari lozimki, sud ijrochisining u yoki bu qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqilmaydi va bunday arizalar XPK 117-moddasining 1-bandiga asosan qabul qilinmaydi, qabul qilinganlari boʻyicha esa XPK 86-moddasining 1-bandiga asosan ish yuritish tugatilishi lozim”;
2) 17-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sud, shikoyatni asosli ekanligini aniqlasa, xatti-harakat (harakatsizlik)ni noqonuniy, qarorni esa haqiqiy emas deb topadi. Bildirilgan talab asossiz boʻlsa, sud uni qanoatlantirishni rad qiladi”.
VII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bogʻliq qonun hujjatlarini sud amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-sonli qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati daʼvo taqdim etilgunga qadar tugatilgan va tegishli talablar uning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan taqdirda ham, shuningdek uning maqomi daʼvo taqdim etilgandan soʻng yoʻqotilgan taqdirda ham, ular ishtirokidagi nizolar xoʻjalik sudiga taalluqlidir”.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Sh. GAZIYEV
Plenum kotibi v.b., Oliy sud sudyasi O. Xayitov
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi K. KAMILOV
Plenum kotibi, Oliy xoʻjalik sudi sudyasi K. Davletova
Toshkent sh.,
2014-yil 3-oktabr,
18/267-son