22.05.1995 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnika sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Pokiston Islom Respublikasi Hukumati, quyida “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 27-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida imzolangan madaniyat, sogʻliqni saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni eʼtiborga olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita ilmiy-texnik aloqalar shaklidagi hamkorlikni mustahkamlashga va tarixan tarkib topgan aloqalarni rivojlantirishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday hamkorlik xalq turmush darajasini oshirish, materiallar, kishilar mehnati va atrof-muhitdan samarali foydalanish, har ikki mamlakat xalqlarining yuqori sifatli mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun ilmiy yutuqlar va yangi texnologiyalarni qoʻllashga yordam berishini nazarda tutib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar haqida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar huquqlarning tengligi, doʻstlik va oʻzaro manfaat asosida ushbu Bitimning shartlarini hamda har ikki mamlakatdagi amaldagi qonun-qoidalarni eʼtiborga olgan holda har ikki mamlakatning olimlari va mutaxassislari orttirgan tajribani va ikki mamlakat oʻrtasida mavjud imkoniyatlarni hisobga olib, oʻzaro manfaatdorlik doirasida hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar mahalliy qonunlar va cheklanishlar doirasida mustahkam va uzoq muddatli hamkorlik natijalaridan foydalanib, mutaxassislar, axborot, ilmiy va texnik mahsulotlar namunalari bilan oʻzaro almashish borasidagi hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish choralarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd qilinganlarga muvofiq, Ahdlashuvchi Tomonlar Oʻzbekiston va Pokiston hukumat strukturalari, ilmiy va texnik ilmgohlari, dorilfununlar va tashkilotlar oʻrtasidagi mavjud shartnomalarni rivojlantiradilar va yangi shartnomalar tuzishga koʻmaklashadilar, zaruriyat tugʻilganda, ushbu Bitim doirasida protokollar yoki shartnomalar tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday protokollar yoki shartnomalar, zaruriyat tugʻilganida moliyaviy munosabatlarda mahsulot ishlab chiqarish va tayyor mollarni sotishni, nazorat qilishga yordam beradi. Ahdlashuvchi Tomonlar ilmiy-texnik hamkorlikning quyidagi samarali shakllarini amalga oshirishni maqsadga muvofiqroq deb hisoblaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har ikki mamlakatning yetakchi ilmiy-tadqiqot ilmgohlari yoki tashkilotlarida ikki tomonlama ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ilmiy-tadqiqot ilmgohlari hamda tashkilotlarda fundamental va amaliy fanlar boʻyicha tajribaviy va amaliy muhandislik sohasidagi hamkorlik boʻyicha qoʻshma tadqiqotlar olib borish, patentlar, litsenziyalar va “nou-xau”ga tegishli ilmiy-texnik axborot va raqamli maʼlumotlar, shuningdek fan va texnika mahsulotlari namunalari bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) har ikki mamlakatni qiziqtiruvchi muammolar boʻyicha fan va texnologiya sohasida ikki tomonlama ilmiy-texnik seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar va maslahatlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ilmiy delegatsiyalar, olimlar va mutaxassislar bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida ilmiy-texnik hamkorlikning boshqa shakllarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasida har ikki mamlakatning amaldagi qonunlariga muvofiq bevosita aloqalar oʻrnatish va qoʻshma korxonalarning faoliyatini amalga oshirishda masʼul tashkilotlarga zarur iqtisodiy qonunlar yaratish, tashkil etish, materiallar, moliyaviy resurslar va lozim axborotlar bilan koʻmaklashish orqali yordam beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bevosita ilmiy aloqalarni amalga oshirish bilan bogʻliq muammolarni hal qilish uchun masʼul tashkilotlarning mutaxassislarini tezda xizmat safariga yuborishni taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻradilar va ularning tashriflari oʻzaro kelishib olingan umumiy va moliyaviy munosabatlar asosida tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning amal qilish muddati mobaynida tashkilotlar tomonidan olinadigan muhim loyihalar va boshqa ilmiy-texnik hujjatlar, ularni taqdim etgan tashkilotning ruxsatisiz boshqa jismoniy va/yoki yuridik shaxslarga berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha Qoʻshma Komissiya (bundan keyin u “Qoʻshma komissiya” deb ataladi) tashkil etadilar. Bu komissiya ilmiy-texnik hamkorlikni rejalashtirish va muvofiqlashtirish hamda bu hamkorlikning rivojlanishini koʻrib chiqish maqsadida har ikki Ahdlashuvchi Tomonning vakillari va ekspertlaridan iborat boʻladi. Qoʻshma komissiya hamkorlik dasturini, bajarilishini belgilaydi, shuningdek zaruriyat tugʻilgan hollarda, hamkorlikning natijalarini sanoatda amalga oshirish uchun konkret tadbirlarni taklif etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi agentliklarni Ahdlashuvchi Tomonlar Hamkorlik dasturida tayinlaydilar. Qoʻshma Komissiya yigʻilishlari yilda bir marta yoki Tomonlardan birining iltimosiga koʻra Toshkent yoki Islomobodda oʻtkazib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning maqsadlari vaqti-vaqti bilan kelishib olinadigan, hamkorlik dasturlarini bajarish vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlar hamkorlikning mavzusi va shakllarini, shuningdek moliyaviy muddatlari va shartlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va dastlab besh yil mobaynida amal qiladi, Tomonlardan har biri boshqa Tomonga yozma ravishda ushbu Bitim muddatining tugashidan olti oy ilgari uning amal qilishini toʻxtatish haqidagi niyati toʻgʻrisida yozma tarzda bildirmasa, u navbatdagi besh yil muddatga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning tugatilishi amalga oshirilayotgan biron-bir loyiha yoki dasturning bitkazilishiga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning bajarilishi va muvofiqlashtirilishi hamda nazorat qilinishi uchun masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi va Pokiston Islom Respublikasining Fan va texnika vazirligi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilganlarni tasdiqlab, Hukumatlarning vakolatli namoyondalari ushbu Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Toshkent shahrida 1995-yil 22-mayda oʻzbek va ingliz tillarida har biri ikki nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar mazmuni jihatidan bir xil va teng kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)