Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2021 10.01.2000 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2021
Hujjat 10.01.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQARO TAShKILOTLARGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BADALLARINI TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro shartnomalarni va ularga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro tashkilotlar aʼzosi hisoblanadigan boshqa hujjatlarni bir oy muddatda xatlovdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari, uyushmalari, kompaniyalari, konsernlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarining toʻlanishini solishtirib chiqsinlar hamda 2000-yilda ularni toʻlashning maqsadga muvofiqligini asoslasinlar va hisob-kitoblarni tayyorlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2000-yilda yil choraklari boʻyicha xalqaro tashkilotlarga toʻlovlar hajmi va manbalari yuzasidan umumlashtirilgan roʻyxatni 2000-yil 15-yanvargacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Asoslashlar va hisob-kitoblar oʻz vaqtida taqdim etilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, konsernlar, uyushmalar va kompaniyalar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 10-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 6-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash xalqaro shartnomalar va bitimlar, shuningdek, xalqaro huquqlarda va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarga kirishi yoki qoʻshilishi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajalarda xalqaro shartnomalarga qoʻshilish boʻyicha qarorlar qabul qilish tartibi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining idoraviy tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori bilan tartibga solib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom Oʻzbekiston aʼzosi boʻlgan xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Badallarni toʻlash davlat budjeti mablagʻlari hamda xalqaro shartnomalar (bitimlar) qatnashchilari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining oʻz mablagʻlari hisobiga, shu jumladan, xorijiy valyutada amalga oshiriladi. Badallarni toʻlashga moʻljallangan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida belgilangan tartibda konvertatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. BADALLARNI TOʻLAShGA BUYuRTMANOMALAR BERISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalqaro tashkilotlarga badallar toʻlovchi vazirliklar va idoralar kelgusi moliya yilida badallarni toʻlash yuzasidan buyurtmanomalarni, aʼzolik haqidagi hujjatlar nusxalarini, kelgusida xalqaro tashkilotda qatnashishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi asoslovchi materiallarni ilova qilgan holda, toʻlovlar boʻyicha qarzlarni, shuningdek, boshlanadigan moliya yilidagi toʻlovlar hisob-kitoblarini koʻrsatib, 15-iyulgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga va Moliya vazirligiga kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro tashkilotlarga oʻz mablagʻlari hisobidan badal toʻlovchi vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga va Moliya vazirligiga, toʻlovlar summasini koʻrsatgan holda, xalqaro tashkilotlarga badal oʻz vaqtida toʻlanganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Xalqaro valyuta jamgʻarmasiga, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankiga, Osiyo taraqqiyot bankiga, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga va boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlarga badallar toʻlashning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Moliya vazirligiga va Tashqi ishlar vazirligiga xulosalar taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Buyurtmanomalar berish muddatlari tamom boʻlgandan keyin badal toʻlash masalalari koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. BADALLAR TOʻLASh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Boshlangan moliyaviy yilda badal toʻlanishi zarur boʻlgan xalqaro tashkilotlar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda badallar toʻlash asoslari, ularni toʻlash manbalari, toʻlovlar summasi, toʻlash muddatlari, badal toʻlovchi vazirliklar va idoralar koʻrsatilgan, shuningdek, budjet ajratmalari yoki oʻz manbalari summasi Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida hamda xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish ehtiyoji aniqlangan holda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yilida milliy va xorijiy valyutada badal toʻlash hajmi va mablagʻ bilan taʼminlash manbalari yuzasidan yil choraklari boʻyicha taqsimlangan umumlashtirilgan Roʻyxat tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda 20-avgustgacha Roʻyxatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tasdiqlanadi, keyinchalik budjet prognoziga va kelgusi moliya yilida respublikaning yigʻma valyuta balansiga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga va Moliya vazirligiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Badallar toʻlash boʻyicha toʻlovlarning bajarilishi kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti prognozi va Oʻzbekiston Respublikasining yigʻma valyuta balansi tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangandan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat budjeti va yigʻma valyuta balansining tasdiqlangan parametrlari doirasida badallar toʻlash prognoziga tuzatishlar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga va Tashqi ishlar vazirligiga xalqaro tashkilotlarga badallar toʻlashning bajarilishi boʻyicha toʻliq axborot taqdim etadi.