21.02.2002 yildagi 62-son
Hujjat 05.04.2022 sanasi holatiga
Joriy versiya
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDI ORQALI MAXSUS YUKLAR VA HARBIY TARKIBLARNING TRANZITINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH VA NAZORAT QILISH TOʻGʻRISIDA

“Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda xavfli yuklar, qurol-yarogʻ, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkiblar xavfsiz tashilishini taʼminlash, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti ustidan nazorat qilish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Belgilab qoʻyilsinki, temir yoʻl, avtomobil va havo transporti bilan Oʻzbekiston hududi orqali amalga oshiriladigan yuk va yoʻlovchilar oqimi tranziti Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, idoraviy qoidalar, ustavlar, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan umumiy tartibda tartibga solinadi, maxsus yuklar va harbiy tarkiblarni tashish bundan mustasno.

2. Belgilansinki, maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti, uning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish tartibi “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, unga muvofiq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari bilan tartibga solinadi.

3. Belgilab qoʻyilsinki, maxsus ruxsatnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilinadigan maxsus yuklarga:

1-ilovaga muvofiq xavfli yuklar — yadro materiallari, organik va noorganik zaharli, toksinli, tez alangalanadigan, portlash xavfi boʻlgan moddalar va prekursorlar, boshqa moddalar va ularning chiqindilari;

2-ilovaga muvofiq qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk — qurol-yarogʻning har xil turlari, komplekslari va ularning jangovor qoʻllanilishini taʼminlash vositalari; oʻq-dorilar va portlovchi moddalar; qurolli kuchlarni jihozlashga moʻljallangan boshqa texnik vositalar hamda ularni ishlab chiqarish uchun maxsus asbob-uskunalar kiradi.

4. 1-ilovada nazarda tutilgan xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berilishini koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga yuklansin.
Belgilab qoʻyilsinki, xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma tashiladigan yuklarning turi va xususiyatlari hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining asosli xulosalari olingandan keyin, qatʼiy belgilangan tartibda beriladi.
Xavfli yuklarni tranzit qilishga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan imzolanadi.
4. 1-ilovada nazarda tutilgan xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berilishini koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga yuklansin.
Belgilansinki:
xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma tashiladigan yuklarning turi va xususiyatlari hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Transport nazorati inspeksiyasining asosli xulosalari olingandan keyin qatʼiy belgilangan tartibda beriladi;
xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan imzolanadi;
2024-yil 1-sentabrdan boshlab xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mazkur qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk, shuningdek harbiy tarkiblarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga ruxsatnoma berish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.

Belgilab qoʻyilsinki, qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulkning, shuningdek, harbiy tarkiblarning tranzitiga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Transport vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi (yuk tashiladigan transport turiga qarab), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining asosli xulosalari olingandan keyin qatʼiy belgilangan tartibda beriladi.
Belgilab qoʻyilsinki, qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulkning, shuningdek, harbiy tarkiblarning tranzitiga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Transport vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Transport nazorati inspeksiyasi (yuk tashiladigan transport turiga qarab), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining asosli xulosalari olingandan keyin qatʼiy belgilangan tartibda beriladi.
Qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk, shuningdek harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri u boʻlmagan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga maxsus ruxsatnomalar berish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (E.M. Gʻaniyev) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan maxsus yuklar tasnifini tasdiqlasin.

9. Hukumatning 4-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

10. Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda), Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov), Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (E.M. Gʻaniyev), Davlat bojxona qoʻmitasi (Oʻ.T. Komilov), Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita (M.I. Oʻtaganov) tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida taklif kiritsinlar.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi Kotibi M.H. Rahmonqulov zimmasiga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2002-yil 21-fevral,
2002-yil 21-fevral,
62-son
62-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga
1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnomalar boʻlgan taqdirda tranzit qilinadigan xavfli yuklar

ROʻYXATI
ROʻYXATI
1.Uran rudalari konsentratlari
1.Uran rudalari konsentratlari
2. Uran geksaftoridi
2. Uran geksaftoridi
3. Yangi ishlangan yadro yonilgʻisi va uning komponentlari

4. Ishlatilgan yadro yonilgʻisi
4. Ishlatilgan yadro yonilgʻisi
5. Solishtirma aktivligi 70 kBk/kilogrammdan ortiq boʻlgan radioaktiv materiallar

6. Maxsus yuklarni tashish uchun foydalaniladigan boʻsh transport komplektlari

7. №-atsetilantranil kislota
7. №-atsetilantranil kislota
8. Akonit
8. Akonit
9. Akonitin
9. Akonitin
10. Suyultirilgan ammiak
10. Suyultirilgan ammiak
11. Sirka kislotasi angidridi
11. Sirka kislotasi angidridi
12. Antronil kislota
12. Antronil kislota
13. Atseklidin
13. Atseklidin
14. Atseton
14. Atseton
15. Benzol
15. Benzol
16. Asos giossiamin
16. Asos giossiamin
17. Kamforat giossiamini
17. Kamforat giossiamini
18. Sulfat giossiamini
18. Sulfat giossiamini
19. Gliftor aralashma:
19. Gliftor aralashma:
1,3-diftorpropanol—2 (1) 70—75% (1)
1,3-diftorpropanol—2 (1) 70—75% (1)
1-ftor-3-xlorpropanol—2 (2) 10—20% (2).
1-ftor-3-xlorpropanol—2 (2) 10—20% (2).
20. Dixloretan
20. Dixloretan
21. Izosafrol
21. Izosafrol
22. Ilon zahari
22. Ilon zahari
23. Sianid kadmiy
23. Sianid kadmiy
24. Permanganat kaliy
24. Permanganat kaliy
25. Sianid kaliy
25. Sianid kaliy
26. Sianid kalsiy
26. Sianid kalsiy
27. Karbaxolin
27. Karbaxolin
28. Ftoridli vodorod kislotasi
28. Ftoridli vodorod kislotasi
29. Sianid misi
29. Sianid misi
30. Merkaptofos
30. Merkaptofos
31. Metanol
31. Metanol
32. 3,4-metilendoksifenil—2-propanon
32. 3,4-metilendoksifenil—2-propanon
33. Metiletilketon
33. Metiletilketon
34. Metilbromid
34. Metilbromid
35. Metilxlorid
35. Metilxlorid
36. Margumushsimon angidrid
36. Margumushsimon angidrid
37. Margumush angidridi
37. Margumush angidridi
38. Arsenat natriy va uning har xil dozalardagi dorivor shakllari

39. Arsenit natriy
39. Arsenit natriy
40. Sianid natriy
40. Sianid natriy
41. Tetrakarbonil nikel
41. Tetrakarbonil nikel
42. Nitrotluol
42. Nitrotluol
43. Novarsenol
43. Novarsenol
44. Piperonal
44. Piperonal
45. Promeran va uning har xil dozalardagi dorivor shakllari

46. Xlororganik pestitsidlar
46. Xlororganik pestitsidlar
47. Tozalangan asalari zahari
47. Tozalangan asalari zahari
48. Diyodid simobi
48. Diyodid simobi
49. Dixlorid simobi
49. Dixlorid simobi
50. Oksitsianid simobi
50. Oksitsianid simobi
51.Salitsilat simobi
51.Salitsilat simobi
52. Sianid simobi
52. Sianid simobi
53. Metal simob
53. Metal simob
54. Safrol
54. Safrol
55. Sianid kumushi
55. Sianid kumushi
56. Ammiak selitra
56. Ammiak selitra
57. Sulfat kislota
57. Sulfat kislota
58. Tuzlangan kislota
58. Tuzlangan kislota
59. Gidrobromid skopolamini
59. Gidrobromid skopolamini
60. Nitrat strixnini va uning har xil dozalardagi dorivor shakllari

61. Krasavka alkaloidlari toʻplami
61. Krasavka alkaloidlari toʻplami
62. Toluol
62. Toluol
63. Tetraetilsvinets va uning boshqa moddalar ( etil suyuqligi va boshqalar) bilan aralashmalari, etillashtirilgan benzinlardan tashqari

64. Yangi jungar akonit oʻti
64. Yangi jungar akonit oʻti
65. 4-xlorbenzaldegida nitrat uranili
65. 4-xlorbenzaldegida nitrat uranili
66. Fenil sirka kislotasi
66. Fenil sirka kislotasi
67. Fenol
67. Fenol
68. Sariq fosfor
68. Sariq fosfor
69. Qizil fosfor
69. Qizil fosfor
70. Ftor vodorodi
70. Ftor vodorodi
71.Xinkulidil-3-benzilat
71.Xinkulidil-3-benzilat
72. Xlor
72. Xlor
73. Xlorpikrin
73. Xlorpikrin
74. Bariy sianisti
74. Bariy sianisti
75. Vodorod sianisti
75. Vodorod sianisti
76. Sianplav
76. Sianplav
77. Siklon
77. Siklon
78. Fosfid sinka
78. Fosfid sinka
79. Sinxonin
79. Sinxonin
80. Chilibuxi ekstrakti
80. Chilibuxi ekstrakti
81. Etilmerkurxlorid
81. Etilmerkurxlorid
82. Etil efiri
82. Etil efiri
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda tranzit qilinadigan qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk

1. Kosmik apparatlar, uchiruvchi raketalar, ballistik raketalar, tezlikni oshirish bloklari va ularning komponentlari.

2. Samolyotlar, vertolyotlar va harbiy maqsaddagi boshqa uchish apparatlari.

3. Tanklar va qurol-yarogʻli yoki qurol-yarogʻsiz boshqa oʻziyurar zirhli texnika.

4. Harbiy maqsaddagi gʻildirakli va zanjirli avtomobillar va boshqa oʻziyurar mashinalar.

5. Artilleriya, ishga tushirish raketa va bomba qurilmalari, gaubitsalar, granatomyotlar, minomyotlar va jangovar harakatlarni olib borishning shunga oʻxshash vositalari.

6. Oʻqotar qurollar.
6. Oʻqotar qurollar.
7. Oʻq-dorilar: bombalar, raketalar, minalar, granatalar, snaryadlar, patronlar va jangovar harakatlarni olib borishning shunga oʻxshash vositalari.

8. BMT tasnifiga va 1996-yil 5-aprelda Temir yoʻl transporti kengashining XV majlisida tasdiqlangan Temir yoʻllarda xavfli yuklarni tashish qoidalari tasnifiga muvofiq xavfli yuklarning 1-darajasiga kiruvchi portlovchi, pirotexnika moddalari va boshqa buyumlar.

9. Koʻprik qurish mashinalari, muhandislik-qurilish mashinalari, mina toʻsiqlari, taʼmirlash ustaxonalari, pontonlar va qoʻshinlarni muhandislik jihatdan taʼminlashning boshqa vositalari.

10. Qurol-yarogʻlarning har xil turlarini jangovor qoʻllash komplekslari, nishonga olish, ishga tushirish va boshqarish tizimlari.

11. Qurol-yarogʻ va harbiy texnikaga komponentlar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, shu jumladan texnik hujjatlar.

12. Qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk ishlab chiqarish va ularni taʼmirlash uchun maxsus ishlab chiqilgan asbob-uskunalar, materiallar, moslamalar va jihozlar.

13. Parashut bilan bogʻliq mol-mulk.
13. Parashut bilan bogʻliq mol-mulk.
14. Kartografiya mahsulotlariga ishlov berish va tahlil etishning kompleks vositalari.

15. Radioaloqa va radionavigatsiya anjomlari.

16. Harbiy maqsaddagi elektrodvigatellar va ichki yonish dvigatellari.

17. Maxsus idishlar.
17. Maxsus idishlar.
18. Qoʻshinlarni tayyorlash uchun oʻquv-imitatsiya vositalari.

19. Qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibi hayot faoliyatini taʼminlash tizimi.

20. Ommaviy qirgʻin qurolidan himoyalanishning jamoaviy va yakka tartibdagi vositalari.

21. Ommaviy qirgʻin qurollari qoʻllanilishining oldini olish va uning oqibatlarini davolash vositalari.

22. Qoʻshinlar taʼminotining maxsus asbob-uskunalari.

23. Harbiy kiyim-bosh va uning belgilari.

24. Texnologik asbob-uskunalar, xomashyo va materiallar, shu jumladan maxsus davrda qurol-yarogʻ ishlab chiqarish uchun.

25. Elektronika, elektron tizimlar, harbiy maqsaddagi priborsozlik buyumlari.

26. Maxfiy tusdagi maxsus buyumlar va yuklar.

27. Joʻnatuvchilari va oluvchilari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari, chegara xizmatlari, xavfsizlik organlari va boshqa harbiylashtirilgan davlat tuzilmalari boʻlgan harbiy yuklar.
27. Joʻnatuvchilari va oluvchilari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari, chegara xizmatlari, xavfsizlik organlari va boshqa harbiylashtirilgan davlat tuzilmalari boʻlgan harbiy yuklar.
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga
3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida

NIZOM
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida” 2001-yil 11-maydagi 213-II-son Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish va ularni bekor qilish tartibini, shuningdek tranzit tartibida tashish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

2. Maxsus yuklar deyilganda qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk, xavfli yuklar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlishi davlat nazorati ostida boʻlgan ashyolar tushuniladi.

Xavfli yuklar — oʻziga xos xossalari va xususiyatlari tufayli muayyan omillar mavjud boʻlgan taqdirda tashish, yuklash-tushirish ishlari jarayonida tashilayotgan yuklar, texnika vositalari, qurilmalar, bino va inshootlar, boshqa obyektlarning portlashi, yonishi yoki shikastlanishiga, shuningdek odamlar hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhitga zarar yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan moddalar, materiallar, buyumlar, chiqindilar.

Qurol-yarogʻ va harbiy texnika — qurolli kuchlarni jihozlashga moʻljallangan turli xil qurollarning va ularni jangovar qoʻllashni taʼminlovchi vositalarning majmualari, shu jumladan eltib qoʻyish vositalari, moʻljalga olish, uchirish, boshqarish tizimlari, shuningdek boshqa maxsus texnika vositalari, oʻq-dorilar va ularning tarkibiy qismlari, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar va ularning butlovchi buyumlari, mashq qurollari, (turli xil qurol-yarogʻ va harbiy texnika maketlari, trenajyorlari va imitatorlari).

Harbiy mol-mulk — qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibi hayot faoliyatini taʼminlash tizimlari, maxsus maqsaddagi materiallar va ularni ishlab chiqarish uchun maxsus uskunalar, ommaviy qirgʻin qurolidan umumiy va yakka tartibda himoyalanish vositalari, ommaviy qirgʻin qurolini qoʻllash oqibatlarining oldini olish va davolash vositalari, front orqasida qoʻllaniladigan maxsus uskunalar, harbiy kiyim va unga xos atributlar.

Harbiy tarkib — xorijiy davlatlar harbiy tuzilmalarining shaxsiy tarkibi va harbiy xodimlari, shuningdek ushbu davlatlarda harbiy xizmatga chaqirilgan yoki zaxiraga boʻshatilayotgan shaxslar.

3. Xavfli yuklarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Xavfli yuklarning tranzitiga ruxsatnomani maxsus vakolatli organlarning xulosalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri imzolaydi.
3. Xavfli yuklar tranziti ularning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan elektron shaklda beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomani maxsus vakolatli organlarning xulosalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri imzolaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlarga, shuningdek harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi. Tranzit ruxsatnomasini maxsus vakolatli organlarning xulosalari asosida Mudofaa vaziri u boʻlmagan taqdirda ― Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari imzolaydi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi xavfli yuklarning tranzitiga xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi xavfli yuklar tranzitiga xulosalar berish hamda nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi (harbiy tarkiblar tranzitidan tashqari), Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (portlovchi moddalarning tranzitida), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlarni, shuningdek harbiy tarkiblarni tranzit tarzida oʻtkazishda xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi (harbiy tarkiblar tranzitidan tashqari), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (portlovchi moddalarning tranzitida), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlarni, shuningdek, harbiy tarkiblarni tranzit tarzida oʻtkazishda xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar hisoblanadi.
Havo transportida tranzitni amalga oshirishda “Oʻzaviatsiya” agentligi va Mudofaa vazirligining xulosalarini olish zarur.

Transport vazirligi va Mudofaa vazirligi tranzit yukning xarakteriga koʻra boshqa davlat organlarining xulosalarini talab qilish, shuningdek, tranzit yuk yoki harbiy tarkibga, tashuv shartlariga taalluqli qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etishni arizachidan soʻrashi mumkin.

6. Tranzit ruxsatnomasini olish uning egasini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga qoʻyiladigan talablarni bajarishdan ozod qilmaydi.

7. Quyidagilar:
7. Quyidagilar:
maxsus yuklarni yoki Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtayotgan maxsus tarkibni kuzatib borayotgan harbiy qorovullar yoxud qurolli qoʻriqchilarning shtatdagi quroliga;

tashish xavfsizligining tegishli qoidalariga rioya etilgan taqdirda va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan eng yuqori normalar doirasida boʻlganda, fuqarolarning shaxsiy isteʼmoli uchun moʻljallangan xavfli yuklarning ayrim turlariga maxsus yuklar tranziti uchun alohida ruxsatnomalar talab etilmaydi.

II. TRANZITGA RUXSATNOMALAR BERISH, ULARNING AMALDA BOʻLISH MUDDATINI UZAYTIRISH VA ULARNI BEKOR QILISH

8. Arizachi tranzitga ruxsatnoma olish uchun, tashilayotgan yuklar turiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi yoki Mudofaa vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
8. Arizachi tranzitga ruxsatnoma olish uchun, tashilayotgan yuklar turiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi yoki Mudofaa vazirligiga quyidagi hujjatlarni pochta orqali yoki elektron shaklda taqdim etadi:
maxsus yuklar yoki harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza, unda tashishning maqsadi, yukning miqdori, harbiy tarkib soni, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va undan chiqib ketishning rejalashtirilgan muddatlari, punktlari, foydalaniladigan transport turi, yuk yoki harbiy tarkibni joʻnatish va yetkazish punktlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yukni tashuvga bergan va yukni oluvchi tashkilotning nomi, shuningdek tranzit qatnashchilari boʻlgan davlatlar hududi boʻylab harakatlanishning moʻljallanayotgan marshruti koʻrsatiladi;

maxsus yuk kelib chiqqan mamlakat sertifikati;

qonunchilikda belgilangan hollarda — ekologiya sertifikati;

yukni yetkazib berish yuzasidan kontrakt (shartnoma), xavfli yuklar tranziti turkumlab amalga oshirilayotganda — tashuvlar jadvali;

yukning Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi, BMT nomenklaturasi boʻyicha xarakteri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, buyumning tasniflovchi shifri, agregat holati, xavfli xossalari va hokazo;

maxsus yuklarni sugʻurta va boshqa kafolatlar bilan sugʻurta polisi, bank kafolati yoxud qonunchilikda belgilangan boshqacha shaklda, shuningdek odamlar hayoti va sogʻligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi atrof muhitiga va xavfsizligiga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararni undirishga doir boshqa majburiyatlar bilan tashishning taʼminlanishini tasdiqlovchi hujjat, belgilangan joyga yetkazib berishga yengib boʻlmas kuch taʼsir etgan va yetkazib berish imkoniyati boʻlmagan hollarda.

9. Harbiy mol-mulk, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika va harbiy tarkib tranzitida tashish rejasi vakolatli organlar bilan oldindan kelishib olinadi.

Harbiy mol-mulk, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika va harbiy tarkib tranzitiga ruxsatnoma olish uchun quyidagilar ham taqdim etiladi:

yuklarni qoʻriqlash va harbiy tarkibni kuzatib borish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

joʻnatuvchi va qabul qilib oluvchi tomonlarning yukning Oʻzbekiston Respublikasi uchun nomaqbul shartlarda boshqa manzilga yoʻllanmasligi yoki qayta eksport qilinmasligi toʻgʻrisidagi majburiyatlari.

10. Tranzitda foydalanish nazarda tutilayotgan transport turiga koʻra arizachi tranzitni amalga oshirish vaqtida, ushbu Nizomning 8, 9-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari, quyidagi hujjatlarga ega boʻlishi zarur:

a) temir yoʻl transportida tranzit qilishda:

avariya kartochkasi;
avariya kartochkasi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa hujjatlar;

b) avtomobil transportida tranzit qilishda:

ichki ishlar organlari tomonidan kuzatib borish yuzasidan buyurtmanoma;

transport vositalari uchun talab qilinadigan tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnoma;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalarga muvofiq boshqa hujjatlar;

v) havo transportida tranzit qilishda, quyidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar:

aviakompaniyaning nomi va aniq manzili;
aviakompaniyaning nomi va aniq manzili;
IKAO kodi va reysning tartib raqami;
IKAO kodi va reysning tartib raqami;
havo kemasining turi, roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami, roʻyxatdan oʻtkazilgan mamlakati;

parvoz turi;
parvoz turi;
tashilayotgan yoʻlovchilar va yuklarning qanchaligi va toifasi;

Oʻzbekiston Respublikasi havo yoʻliga kirib kelish va undan chiqib ketish albatta koʻrsatilgan holda parvozning sanasi, toʻliq marshruti va jadvali;

ijarachi (toʻliq nomi, manzili, telefoni, faksi);

yukni joʻnatuvchi (toʻliq nomi, manzili, telefoni, faksi);

qabul qilib oluvchi tomon yoki agent (toʻliq nomi, manzili, telefoni, faksi);

navigatsiya va aloqa asbob-anjomining turi.

11. Arizachi maxsus yuklarni turkumlab tranzit qilishda, maxsus yuklarning barcha turkumlari uchun zarar hujjatlarni ilova qilgan holda, tranzitga ruxsatnoma berilishi uchun bitta ariza taqdim etishi mumkin.
11. Arizachi maxsus yuklarni turkumlab tranzit qilishda, maxsus yuklarning barcha turkumlari uchun zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, tranzitga ruxsatnoma berilishi uchun bitta ariza taqdim etishi mumkin.
Maxsus yuklarni turkumlab tranzit qilishga ruxsatnoma yukning har bir turkumi uchun alohida rasmiylashtiriladi.

12. Transport vazirligi xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma uchun ariza olinganda yoki Mudofaa vazirligi qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkibni tranzit tarzida tashishga ruxsatnoma uchun ariza olinganda zarur hujjatlar olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida ularni xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha tegishli vakolatli organlarga belgilangan talablarga muvofiq, tranzitni amalga oshirish mumkinligi toʻgʻrisida asosli xulosalar chiqarish uchun joʻnatadi. Ushbu organlarning asosli xulosalari yetti kun muddatda Transport vazirligi va Mudofaa vazirligiga taqdim etilishi kerak.
13. Transport vazirligi va Mudofaa vazirligi olingan xulosalar asosida oʻn kun muddat mobaynida tranzitga ruxsatnoma berish yoxud ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, uni rasmiylashtiradi va arizachiga beradi.
12. Transport vazirligi xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma uchun ariza olinganda yoki Mudofaa vazirligi qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkibni tranzit tarzida tashishga ruxsatnoma uchun ariza olinganda, zarur hujjatlar olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida ularni xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha tegishli vakolatli organlarga belgilangan talablarga muvofiq tranzitni amalga oshirish mumkinligi toʻgʻrisida asosli xulosalar chiqarish uchun yuboradi. Ushbu organlarning asosli xulosalari yetti kun muddatda tashilayotgan yuklar turiga koʻra Transport vazirligiga xavfli yuklarning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali elektron shaklda hamda Mudofaa vazirligiga qurol-yarogʻ, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkiblar boʻyicha taqdim etilishi kerak.
13. Mudofaa vazirligi olingan xulosalar asosida oʻn kun muddat mobaynida tranzitga ruxsatnoma berish yoxud berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, uni rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga taqdim etadi.
Transport vazirligi olingan xulosalar asosida besh kun muddat mobaynida tranzitga ruxsatnoma berish yoxud berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, uni rasmiylashtiradi va qarorni yukning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboradi.
Transport vazirligi tomonidan xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
14. Tranzit ruxsatnomasida:
14. Tranzit ruxsatnomasida:
tashuvchi va oluvchi tashkilotning nomi;

yukning Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi, BMT nomenklaturasi boʻyicha xarakteri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, buyumning tasniflovchi shifri;

yukning miqdori, harbiy tarkibning soni;

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va undan chiqib ketish punktlari;

foydalaniladigan transport turi;
foydalaniladigan transport turi;
tranzit ruxsatnomasining amalda boʻlish muddatining boshlanishi va tugashi;

tranzitda qatnashuvchi davlatlar hududida harakatlanishning moʻljallanayotgan marshruti;

maxsus yuklar va harbiy tarkibni turkumlab tranzit qilishda tashuvlar jadvali;

tranzitni amalga oshirish shartlari koʻrsatiladi.

Transport vazirligi tomonidan xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda beriladi.
Transport vazirligi yoki Mudofaa vazirligi xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha tegishli vakolatli organlarni tranzit yukning xarakteri, transport vositasining turiga koʻra tranzitga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida xabardor qiladi.

15. Tranzitga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish, shu jumladan ruxsatnomaning oʻzini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishning umumiy muddati ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza va barcha tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab yigirma kundan oshmasligi kerak.
15. Tranzitga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish, shu jumladan ruxsatnomaning oʻzini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishning umumiy muddati ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza va barcha tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab yigirma kundan, Transport vazirligi uchun oʻn besh kundan oshmasligi kerak.
Qoʻshimcha hujjatlar, axborotlar taqdim etish yoki arizachi dastlab taqdim etgan maʼlumotlarni oʻzgartirish zarur boʻlgan taqdirda, shuningdek maxsus yuklarni va harbiy tarkiblar tranziti xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar mavjud boʻlganda arizani koʻrib chiqish muddati uzaytirilishi mumkin. Bu holda Transport vazirligi va Mudofaa vazirligi arizachini ushbu Nizomda nazarda tutilgan umumiy muddatning uzaytirilgani toʻgʻrisida, uning sabablarini va uzaytirish muddatlarini koʻrsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
Qoʻshimcha hujjatlar, axborotlar taqdim etish yoki arizachi dastlab taqdim etgan maʼlumotlarni oʻzgartirish zarur boʻlgan taqdirda, shuningdek maxsus yuklarni va harbiy tarkiblar tranziti xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar mavjud boʻlganda arizani koʻrib chiqish muddati uzaytirilishi mumkin. Bu holda Mudofaa vazirligi ariza beruvchini ushbu Nizomda nazarda tutilgan umumiy muddatning uzaytirilgani toʻgʻrisida uning sabablarini va uzaytirish muddatlarini koʻrsatgan holda yozma ravishda, Transport vazirligi esa yukning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali xabardor qiladi.
16. Tranzit ruxsatnomasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasida nazarda tutilgan asoslarda, shuningdek xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlarning xulosalariga binoan chiqariladi.

Tranzit ruxsatnomasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror arizachiga bunday qaror qabul qilingandan keyin bir kun muddatda yozma ravishda, rad etish sabablari koʻrsatilgan holda joʻnatiladi.
Tranzit ruxsatnomasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchiga bunday qaror qabul qilingandan keyin bir kun muddatda yozma ravishda, Transport vazirligi tomonidan esa yukning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yuboriladi.
17. Tranzit uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati u imzolangan sanadan boshlab oʻttiz kunni tashkil etadi.
17. Tranzit uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati u imzolangan sanadan boshlab oʻttiz kunni tashkil etadi va bir martalik xususiyatga ega.
18. Tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun uning egasi Transport vazirligiga yoki Mudofaa vazirligiga asoslangan iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqlidir.

Amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma u taqdim etilgan kundan eʼtiboran yetti kun muddatda koʻrib chiqiladi. Transport vazirligi va Mudofaa vazirligi koʻrsatilgan muddatda xulosa olish uchun xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha tegishli vakolatli organlarga murojaat qilishi mumkin, ular murojaat qilingan vaqtdan eʼtiboran ikki ish kuni mobaynida xulosalarni taqdim etishlari shart.

Transport vazirligi va Mudofaa vazirligi xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha tegishli vakolatli organlarning xulosalariga asosan ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki rad javobini berish yuzasidan qaror qabul qiladi va ikki kun muddatda amal qilish muddatini uzaytirish masalasi toʻgʻrisidagi qarorni tranzit ruxsatnomasining egasiga joʻnatadi.

“Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddati bir marta, koʻpi bilan oʻttiz kunlik davrga uzaytirilishi mumkin.

19. Berilgan tranzit ruxsatnomasi Transport vazirligi va Mudofaa vazirligi tomonidan bekor qilinishi mumkin.

Tranzit ruxsatnomasining bekor qilinishiga quyidagilar asos boʻladi:

tranzit ruxsatnomasi egasining maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitini amalga oshirishdan voz kechganligi;

tranzit ruxsatnomasining uni berish toʻgʻrisidagi qarorning qabul qilinishi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan notoʻliq yoki notoʻgʻri maʼlumotlar asosida berilganligi;

tranzit ruxsatnomasini berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish vaqtida maʼlum boʻlmagan, lekin uni berishni rad qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlarning aniqlanganligi;

qonunchilik bilan belgilangan tranzit tartibining buzilganligi.

Tranzit ruxsatnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorda bekor qilishning asoslari koʻrsatilishi kerak.

Tranzit ruxsatnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror kechiktirmasdan tranzit ruxsatnomasining egasiga yoʻllanadi hamda xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha tegishli vakolatli organlarga xabar qilinadi.

20. Maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga ilgari berilgan tranzit ruxsatnomalariga muvofiq ravishda amalga oshirilayotgan tranzit tashish, tranzit shartlarini buzish hollari aniqlangan taqdirda xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organning qarori bilan, ayni bir vaqtda bu toʻgʻrida Transport vazirligini va Mudofaa vazirligini xabardor qilgan holda vaqtinchalik toʻxtatib turilishi mumkin.

Bunda tashish vaqtinchalik toʻxtatib turilgan vaqtdan eʼtiboran uch kun mobaynida tranzitni toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilmagan va u qayta boshlanmagan boʻlsa, ruxsatnoma Transport vazirligi yoki Mudofaa vazirligining qarori bilan bekor qilinadi.

III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDI ORQALI MAXSUS YUKLAR VA HARBIY TARKIBLARNING TRANZITI USTIDAN DAVLAT NAZORATINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI

21. Tranzit tashish shartlarining bajarilishini nazorat qilish xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.

22. Xavfli yuklar tranziti boʻyicha vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlashtirish Transport vazirligi zimmasiga, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkiblar tranziti boʻyicha — Mudofaa vazirligiga yuklanadi.

23. Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari maxsus yuklarni kuzatib boruvchilarning, shuningdek harbiy tarkib xizmatchilarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishining qonuniyligini tekshiruvdan oʻtkazadi.

Davlat bojxona qoʻmitasi respublika hududiga maxsus yuklar olib kirilishining qonuniyligi va asoslanganligi, ularning amalda olib chiqib ketilishi va belgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi respublika hududiga maxsus yuklar olib kirilishining qonuniyligi va asoslanganligi, ularning amalda olib chiqib ketilishi va belgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarda Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari va Davlat bojxona qoʻmitasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda tegishli ravishda harbiy tarkib aʼzolarini shaxsan identifikatsiyalash maqsadida tekshiruvdan oʻtkazadi va maxsus yuklar nazoratini amalga oshiradi.
Koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarda Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda tegishli ravishda harbiy tarkib aʼzolarini shaxsan identifikatsiyalash maqsadida tekshiruvdan oʻtkazadi va maxsus yuklar nazoratini amalga oshiradi.
24. Zaruratga qarab Davlat bojxona qoʻmitasi xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha tegishli organga amalda oʻtkazilayotgan yukning tranzit talabnomasida koʻrsatilganiga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa olish uchun murojaat qiladi.
24. Zaruratga qarab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha tegishli organga amalda oʻtkazilayotgan yukning tranzit talabnomasida koʻrsatilganiga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa olish uchun murojaat qiladi.
Zarur hollarda bunday xulosani tayyorlashga xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar hududiy boʻlinmalarining mutaxassislari jalb etilishi mumkin, ular telefonogramma olingan vaqtdan eʼtiboran sakkiz soat ichida bojxona nazorati amalga oshiriladigan joyga yetib kelishlari kerak.

25. Maxsus yuk Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit ruxsatnomasida belgilab qoʻyilgan yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi.

26. Temir yoʻl transportida tashish vaqtida maxsus yuklarni kuzatib borish va qoʻriqlash belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari tomonidan tranzit shartlariga muvofiq ravishda va milliy qonunchilik hamda davlatlararo bitimlarga asosan amalga oshiriladi.

27. Avtomobil transportida maxsus yuklarni tashish belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalarining kuzatuvi ostida, arizachi tomonidan alohida toʻlanadigan haq evaziga amalga oshiriladi.

28. Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarni havo transportida tashish ruxsatnomadagi yoʻnalish, vaqt va boshqa shartlarga muvofiq Mudofaa vazirligi va “Oʻzaviatsiya” agentligining doimiy ravishdagi monitoringi boʻyicha amalga oshiriladi.

29. Qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkiblar tranziti vaqtida Mudofaa vazirligining tegishli xizmatlari ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar.

Harbiy eshelon yoki harbiy transport (qurol-yarogʻlar, harbiy texnika va shaxsiy tarkib) Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtayotganda Mudofaa vazirligi shu jumladan:

harbiy eshelon yoki transportni kuzatib borayotgan qorovul va navbatchilarning qoʻriqlash xizmatini olib borishlari;

qurol va oʻq-dorilarning butligi va ularni qoʻriqlash tartibi;

qorovul shaxsiy tarkibining postdagi jadvalga muvofiq roʻyxati;

vagonlardagi plomba-tamgʻalarning butligi;

qurol-yarogʻlar va harbiy texnikaning ochiq harakatlanadigan sostav ustida toʻgʻri mahkamlanganligi, ularning hisobga olish maʼlumotlariga muvofiqligi;

texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

30. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashishlar turidan qatʼi nazar, maxsus yuklarni tranzit tashuvlarining xavfsizligi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

31. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻztemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi hamda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi oʻz vakolatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi oʻz vakolatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar.
32. Maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga doir xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar Transport vazirligi va Mudofaa vazirligiga yuklar tranzit olib oʻtilayotgan joy va ularning ahvoli toʻgʻrisida axborot berib boradilar.

Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Transport vazirligi tomonidan xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma berish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma olish uchun Transport vazirligiga zarur hujjatlarni taqdim etadi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Transport vazirligi

Zarur hujjatlarni tegishli vakolatli organlarga tranzitni amalga oshirish boʻyicha xulosalar berish uchun yuboradi.

2 kun muddatda

3-bosqich

Vakolatli organlar

Zarur hujjatlarni oʻrganib chiqib, asosli xulosalarni Transport vazirligiga yuboradi.

7 kun muddatda

4-bosqich

Transport vazirligi

Olingan xulosalar asosida tranzitga ruxsatnoma berish yoxud ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, uni rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga yuboradi.

5 kun muddatda

Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

ZBEKISTON RESPUBLIKASI

TRANSPORT VAZIRLIGI

MINISTRY OF TRANSPORT OF

THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Xavfli yuk tranzitiga

RUXSATNOMA

________________________________________________________________________

(asos, xalqaro shartnoma, normativ-huquqiy hujjat)

_____________________________________________________________________________________ muvofiq ___________ (davlat) ehtiyoji uchun moʻljallangan xavfli yukning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga Transport vazirligi tomonidan ____-son ruxsatnoma berildi.

Yuk joʻnatuvchi: ________________________________________________________________________

Yuk tashuvchi tashkilot: _________________________________________________________________

Yuk oluvchi tashkilot: ___________________________________________________________________

TIF TN kodi: _________________________________________________________________________

BMT roʻyxati boʻyicha tartib raqami: ______________________________________________________

Xavfli yuklar tasnifi boʻyicha raqami:____________________________________________________

Yukning miqdori: ______________________________________________________________________

Kirish punkti: ________________________________________________________________________

Chiqish punkti: ________________________________________________________________________

Foydalaniladigan transport turi: _______________________________________________________

Tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddati: ___ kun

Tranzitda qatnashuvchi davlatlar hududida rejalashtirilayotgan harakatlanish marshruti:____________________________________________

Tranzitni amalga oshirish shartlari: xavfli yuk Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishi koʻrsatilgan marshrutga muvofiq barcha xavfsizlik talablari va maxsus yuklarning tranziti sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga qatʼi rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.

Ilova:_________

Transport vaziri

QR-kod

F.I.O.

Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga
4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar