Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 6-noyabr,
309-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-noyabrdagi 309-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi 278-son qarori bilan tasdiqlangan Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 8-bandga “huquqiy holati oʻzgargandan keyin” soʻzlaridan keyin “bir oy muddatda” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 11-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish boʻyicha ishlar koʻchmas mulkka kadastr hujjatlarini tayyorlaganlik uchun toʻlanadigan mablagʻlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 2-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 22-bandining beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilova izohining “a” kichik bandidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 26-avgustdagi 234-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Maxsus industrial zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 22-bandidagi “yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi toʻlangandan keyin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandda:
oʻn sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn toʻqqizinchi — yigirma uchinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn sakkizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 8-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Arizaga davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ tomonidan tayyorlangan koʻchmas mulkka kadastr yigʻmajildi ilova qilinadi”;
v) quyidagi mazmundagi 91-band qoʻshilsin:
“91. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning vujudga kelishini va boshqaga oʻtishini, cheklashlarni, servitutlarni hamda ushbu huquqlarning bekor boʻlishini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik, shuningdek koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni, shu jumladan ipotekani va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik, binolar, inshootlarning tegishliligi va tarkibi toʻgʻrisida, shaxsiy turar joyi mavjudligi (mavjud emasligi) toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berganlik uchun toʻlov undirilmaydi”;
g) 30-bandning uchinchi xatboshidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
d) 50-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
e) 73-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
j) quyidagi mazmundagi 781-band qoʻshilsin:
“781. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ tomonidan mulkdorga yoki uning vakolatli shaxsiga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning dublikati beriladi. Dublikat berilganligi uchun toʻlov undirilmaydi”;
z) 79-bandning oltinchi xatboshidagi “va roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi toʻlamasdan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
i) 80-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
k) IX boʻlim oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
l) 1-ilovada:
“Roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimini toʻlaganlik toʻgʻrisida belgi” ustuni chiqarib tashlansin;
“Izohlar” ustunidagi “7” raqami “6” raqami bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 46-son, 551-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son; 06.02.2021-y., 09/21/56/0091-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/389/0587-son)