31.10.2014 yildagi 305-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida zamonaviy toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy, yuqori texnologiyali toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, tarmoqning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan “LT Textile Cooperatief U.A.” (Niderlandiya) kompaniyasi oʻrtasida 2014-yil 17-oktabrda imzolangan, xorijiy investorning Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida beriladigan 30 gektar maydonli yer uchastkasida zamonaviy, yuqori texnologiyali toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish loyihasini amalga oshirishga doir aniq majburiyatlarini nazarda tutuvchi Investitsiya shartnomasi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuzilgan Investitsiya shartnomasiga muvofiq “LT Textile Cooperatief U.A.” (Niderlandiya) kompaniyasi oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni olganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-2016-yillar mobaynida kamida 55 mln AQSH dollari, shu jumladan kompaniyaning oʻz mablagʻlari hisobiga — kamida 17 mln AQSH dollari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatini jalb etmasdan xorijiy banklar kreditlari hisobiga — kamida 38 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi, zamonaviy, yuqori texnologiyali va energiya jihatidan samarali asbob-uskunalar bilan jihozlangan toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish, shuningdek toʻqimachilik asbob-uskunalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha ixtisoslashtirilgan servis markazi tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik ishlab chiqarishini 2016-yil noyabr oyida ishga tushirish, 2017-yilning birinchi choragida loyihadagi 20 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash quvvatiga erishish hamda yiliga 15 ming tonna ip kalava va aralash kalava ishlab chiqarish quvvatiga yetkazish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqariladigan mahsulotlarning kamida 80 foizini eksportga yoʻnaltirish va tashkil etilayotgan ishlab chiqarish loyihadagi quvvatga yetkazilgandan keyin 700 ta yangi ish oʻrinlari yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniyaning 5 mln AQSH dollari miqdoridagi oʻz mablagʻlari hisobiga ip gazlama va aralash gazlama ishlab chiqarishini tashkil etish yoʻli bilan 2017-2018-yillarda loyihani istiqbolli rivojlantirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda tuzilgan Investitsiya shartnomasi doirasida xorijiy investor tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning soʻzsiz bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasin.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 164-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2018-y., 09/18/164/0849-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qashqadaryo viloyati hokimligi “LT Textile Cooperatief U.A.” kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan korxonaga koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish uchun Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida 30 gektar maydonli yer uchastkasi belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida zamonaviy toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish loyihasini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvargacha — “LT Textile Cooperatief U.A.” kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan korxonaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“LT Textile Cooperatief U.A.” kompaniyasi tomonidan tashkil qilinayotgan korxona tomonidan jalb etiladigan kreditlarga (qarz mablagʻlariga) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport qiluvchi korxonalarni ragʻbatlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 26-martdagi PQ-1731-son qarorining 6-bandida belgilangan, tijorat banklarining valyuta kreditlariga qoʻllaniladigan shartlar tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekenergo”, davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 10-apreldagi PF-4434-son Farmonining 3-bandiga muvofiq, “LT Textile Cooperatief U.A.” kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan korxonani budjet mablagʻlari va moliyalashtirishning boshqa ichki manbalari hisobiga ishlab chiqarish maydonchasidan tashqaridagi, zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“LT Textile Cooperatief U.A.” kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan korxonaning ishlab chiqarish maydonchasidan tashqaridagi, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishi boʻyicha buyurtmachi funksiyalari Qashqadaryo viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida chetdan olib kelinayotgan texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, yordamchi va qurilish materiallari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha 2022-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrga bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Amalga oshirilayotgan loyiha doirasida qurilish-montaj ishlarini, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda, parallel ravishda loyihalashtirish shartlari boʻyicha olib borishga 2015-yil 1-aprelgacha istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin hamda koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarining sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “LT Textile Cooperatief U.A.” kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan korxonaning “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadigan buyurtmanomalariga binoan koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 164-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2018-y., 09/18/164/0849-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “LT Textile Cooperatief U.A.” kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan korxonaning “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadigan buyurtmanomalariga binoan koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan belgilangan tartibda taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “LT Textile Cooperatief U.A.” kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan korxonaning “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadigan buyurtmanomalariga binoan, koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarni jalb etishga ruxsatnomalarning belgilangan tartibda berilishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 164-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2018-y., 09/18/164/0849-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 45-son, 546-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2018-y., 09/18/164/0849-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)