Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.12.2017 29.10.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2623
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.12.2017
Hujjat 03.11.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish hamda ular boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotga xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 29-oktabrda 2623-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2017-yil 22-noyabrdagi 36-B-sonli “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish hamda ular boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotga xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2623-1 04.12.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish hamda ular boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotga xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. ABDUHAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-B-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2014-yil 3-oktabrdagi 25-B-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish hamda ular boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotga xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish hamda ular boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotga xulosa berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallari davlat ekspertizasi (bundan buyon matnda davlat ekspertizasi deb yuritiladi) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari (bundan buyon matnda davlat ekpertizasini oʻtkazuvchi organlar deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar davlat ekspertizasining asosiy maqsadlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan asboblar bilan oʻlchashlarning metodlari va natijalarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va mehnat jarayoni omillari, ish oʻrinlarining jarohatlash xavfliligi hamda xodimlarning yakka tartibdagi himoya vositalari (bundan buyon matnda YaTHV deb yuritiladi) bilan taʼminlanganligini baholash natijalarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish (bundan buyon matnda ish oʻrinlari attestatsiyasi deb yuritiladi) natijalari boʻyicha ish oʻrinlari attestatsiyasini oʻtkazgan tashkilot (bundan buyon matnda attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilot deb yuritiladi) tomonidan qilingan xulosalar va baholashlarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, qurilish normalari va qoidalari, mehnatni muhofaza qilish standartlari tizimi, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normalar, qoidalar va yoʻriqnomalar hamda qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotning Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilar va ishchi kasblarning asosiy lavozimlari klassifikatori, 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom, shuningdek sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, qurilish normalari va qoidalari, mehnatni muhofaza qilish standartlari tizimi, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normalar, qoidalar va yoʻriqnomalar, ushbu Nizom hamda boshqa qonun hujjatlari davlat ekspertizasini oʻtkazishning huquqiy asosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat ekspertizasi va xulosa berish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ish oʻrinlari attestatsiyasi xodimlarning umumiy soni 100 kishidan kam boʻlgan tashkilotlarda oʻtkazilgan boʻlsa, davlat ekspertizasidan oʻtkazish hamda xulosa berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasida mazkur boshqarmaning oʻzi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarida Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi davlat inspeksiyalari davlat ekpertizasini oʻtkazuvchi organlarning ishchi organlari (bundan buyon matnda ishchi organ deb yuritiladi) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat ekpertizasini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan davlat ekspertizasini oʻtkazuvchi organga ariza bilan murojaat qilinadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya komissiyasini tashkil etish va attestatsiya boʻyicha ishlarni bajarish jadvalini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazilgan ish oʻrinlari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlchashlar protokollari bilan birgalikda mehnat sharoitlari xaritalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlari attestatsiyasi natijalari yigʻma vedomosti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlari attestatsiyasi natijalari boʻyicha belgilangan mehnat sharoitlari darajalarining yigʻma jadvali hamda shu munosabat bilan xodimlarga belgilanishi zarur boʻlgan kafolatlar va preferensiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlarini yaxshilash va sogʻlomlashtirish tadbirlari rejasi loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya komissiyasining yakuniy (oraliq-yakuniy) majlisi (majlislari) protokoli (protokollari) loyihasi (loyihalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan sinov laboratoriyasining akkreditatsiya attestati nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotning kadrlari tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda ish oʻrinlari attestatsiyasi materiallari davlat ekspertizasidan oʻtkazilmaydi va attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat ekspertizasi tegishli ariza kiritilgan sanadan boshlab 30 kalendar kun mobaynida amalga oshiriladi va bepul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekspertizasini ushbu Nizomning 2-bandida belgilangan uning asosiy maqsadlariga muvofiq oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan ish oʻrinlari attestatsiyasi materiallarini Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom hamda mazkur Nizom talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan tahlil va ekspertiza qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat ekspertizasini oʻtkazish jarayonida quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlari attestatsiyasi metodlari va xulosalarining Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlarining gigiyena normativlariga muvofiqligini baholash natijalariga asosan berilgan mehnat sharoitlari klasslarining (darajalarining) asosliligi, yaʼni ularning ruxsat etilgan yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyalar (REChK), ruxsat etilgan cheklangan darajani (REChD) tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarining jarohatlash xavfliligini baholash natijalariga asosan berilgan ish joyidagi mehnat sharoitlari shikastlash xavfliligi boʻyicha klasslarining (darajalarining) asosliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning YaTHV bilan taʼminlanganligini baholash natijalari, YaTHV bilan taʼminlanganlik darajasining tegishli qonun hujjatlarida belgilangan meʼyorlarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlari attestatsiyasi natijalariga koʻra belgilangan zararli va (yoki) xavfli sharoitlarda ishlash uchun imtiyoz va kompensatsiyalar, imtiyozli pensiya taʼminoti olish huquqi hamda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish zaruratining asosliligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Attestatsiyadan oʻtkazilgan ish oʻrinlari roʻyxatida aks ettirilgan ish oʻrinlari (kasblar, lavozimlar) nomlari Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxatlari hamda 2010-yil 20-avgustdagi 181-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilar va ishchi kasblarning asosiy lavozimlari klassifikatoridagi nomlar bilan aynan bir xilligi nuqtai nazaridan taqqoslanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha davlat ekspertizasini oʻtkazuvchi organ ijobiy xulosa beradi yoki kiritilgan attestatsiya materiallarini aniq normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda rad etish sabablarini koʻrsatib qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilot rad etish sabablarini bartaraf etib, yozma xabarni olgan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan keyin ish oʻrinlari attestatsiyasi materiallarini qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli. Bunda ish oʻrinlari attestatsiyasi materiallarini ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat ekspertizasidan oʻtkazish va xulosa berishni maqsadga muvofiq emas degan asos bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat ekspertizasi xulosalari blankalarining hisobini hamda Davlat ekspertizasi xulosalari reyestrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat ekspertizasi xulosalari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tegishli himoya darajasiga ega boʻlgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi (bundan buyon matnda Respublika markazi deb yuritiladi) tomonidan markazlashtirilgan tartibda tayyorlanadigan maxsus blankada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat ekspertizasi xulosasi blankalari ishchi organlarga Respublika markazi tomonidan har oyda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat ekspertizasi xulosasi rasmiylashtirilgan blankalar ishchi organ tomonidan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi Davlat ekspertizasi xulosasi blankalarini sarf qilish kitobida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat ekspertizasi xulosasi blankalarini sarf qilish kitobi raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan hamda ishchi organ rahbari tomonidan imzolangan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Toʻldirish paytida yoki boshqa sabablarga koʻra yaroqsiz holga kelgan davlat ekspertizasi xulosasi blankalari haqida ishchi organ tomonidan dalolatnoma tuzilishi hamda mazkur blankalar Respublika markaziga qaytarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ishchi organlar tomonidan har oyda berilgan davlat ekspertizasi xulosalari toʻgʻrisida Respublika markaziga axborot taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ishchi organlar tomonidan taqdim etilgan axborotlar asosida Respublika markazi tomonidan Davlat ekspertizasi xulosalari reyestri yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat ekspertizasi xulosalari reyestrida quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekspertizasi xulosasi berilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarida attestatsiya oʻtkazilgan tashkilot haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilot haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan davlat ekspertizasi xulosasi blankasining hisobga olish seriyasi va tartib raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat ekspertizasi xulosalari reyestridagi axborotlar umumiy foydalanish uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish hamda ular boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotga xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekspertizasi xulosasi blankalarini sarf qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KITOBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xulosa berilgan sana

Ish oʻrinlarida attestatsiya oʻtkazilgan tashkilot haqidagi maʼlumotlar

Attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilot haqidagi maʼlumotlar

Berilgan blankaning hisobga olish seriyasi va tartib raqami

nomi

yuqori turuvchi tashkilot

yuridik manzili

STIR

XXTUT

MXBT

attestatsiya oʻtkazilgan ish oʻrinlari soni

nomi

sinov laboratoriyasi akkreditatsiya attestatining raqami va sanasi

STIR

XXTUT

MXBT

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 44-son, 541-modda)