22.10.2014 yildagi 293-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Taxiatosh IESda 230 — 280 MVt quvvatli ikkita bugʻ-gaz qurilmalarini qurish” investitssiya loyihasini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish quvvatlarini yanada rivojlantirish hamda respublika isteʼmolchilari va aholini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) Direktorlar kengashi tomonidan 2014-yil 15-iyulda Oʻzbekiston Respublikasiga “Taxiatosh IESda 230-280 MVt quvvati ikkita bugʻ-gaz qurilmalarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun 5 yil imtiyozli davr bilan 25 yil muddatda toʻladigan 300,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishi qoʻllab-quvvatlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” AJ OTB kreditidan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida 230 — 280 MVt quvvatli ikkita bugʻ-gaz qurilmalarini qurish” loyihasini amalga oshirish uchun masʼul ijro etuvchi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OTB qarzini soʻndirish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek, u boʻyicha foizlar, ustamalar, komissiyalar va boshqa xarajatlar toʻlovi “Oʻzbekenergo” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan OTB bilan qarz kelishuvini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekenergo” AJ va OTB oʻrtasidagi qayta qarz bitimini imzolashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisiga OTB bilan loyiha kelishuvini imzolashga vakolat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasida qarz kelishuvi va OTB kreditini Oʻzbekiston Respublikasi va “Oʻzbekenergo” AJ oʻrtasida qayta qarz berish kelishuvi boʻyicha huquqiy xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekenergo” AJ uch oy muddatda “Taxiatosh IESda 230 — 280 MVt quvvatli ikkita bugʻ-gaz qurilmalarini qurish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqsin va vakolatli ekspertiza organlari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimovga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293-son