31.01.2002 yildagi 41-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.06.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AFGʻONISTON HUDUDIGA TIJORAT YUKLARINI TRANSPORTDA TASHISHNI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil va temir yoʻl tarmogʻidan foydalangan holda Termiz—Hayraton koʻprigi orqali Afgʻonistonga tijorat yuklari yetkazib berish koʻlamini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2002-yil 1-fevraldan boshlab Afgʻonistonga Termiz stansiyasidan Hayraton stansiyasigacha olib oʻtiladigan tijorat yuklari uchun quyidagi imtiyozli stavkalar joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta vagon oʻtkazib berilganligi uchun — 180 AQSH dollari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta qirq tonnali konteyner oʻtkazib berilganligi uchun — 180 AQSH dollari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta yigirma tonnali konteyner oʻtkazib berilganligi uchun — 90 AQSH dollari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta yuk avtomobili oʻtishi uchun — 5 AQSH dollari
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Termiz stansiyasidan Hayraton stansiyasigacha Afgʻonistonga olib oʻtiladigan yuklarni tashishda koʻrsatiladigan xizmatlar va transport-ekspeditorlik xizmatlari 2002-yil 1-fevraldan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2002-yil 1-fevraldan boshlab xorijiy davlatlarning Afgʻonistonga maqsadli borayotgan TIF TNning 8704 va 8705 guruhiga kiruvchi yuk avtotransport vositalariga, shu jumladan qiyin yoʻllarda yuradigan avtomobillariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganlik va tranzit uchun yigʻimlarning amaldagi stavkalari 50 foizga pasaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, avtotransport vositasi haydovchisiga Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan beriladigan belgilangan namunadagi yoʻnalish varaqasi imtiyozli stavkani qoʻllash uchun asos boʻlib hisoblanadi. Yoʻnalish varaqasida boʻlish muddatlari va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan Afgʻoniston hududiga borishning Termiz—Hayraton oʻtish yoʻli oxirgi punkt hisoblangan harakat yoʻnalishi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afgʻonistonga borayotgan avtotransport vositalaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish va tranzit uchun toʻlov bevosita bojxona postlarida erkin muomaladagi valyutada undirilishi, mablagʻlar belgilangan tartibda Respublika yoʻl jamgʻarmasi valyuta hisob raqamiga oʻtkazilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afgʻonistonga boradigan yuklarni temir yoʻl transporti orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha tashiganlik uchun toʻlov amaldagi tariflarga muvofiq belgilangan tartibda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan undirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat yuklarini Afgʻonistonga tashishga doir transport-ekspeditorlik faoliyati ham mamlakatimizning, ham xorijning ixtisoslashtirilgan kompaniyalari tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 235-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 11-12-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasida oʻtkazish punktlari orqali Termiz—Hayraton koʻprigida transport vositalari va shaxslar harakatining chegara va bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi”ning amal qilishi tijorat yuklariga ham joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 31-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 24-modda, 11-12-son, 96-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)